Metodning qo‘llanish bosqichlari. Dastlab o‘rganilayotgan til elementi yoki hodisasining sathlararo va sinflararo ifodalanish shakllari yoki usullari har bir tilda alohida ko‘rib chiqiladi. Tipologik operatsiyaning ikkinchi bosqichida tillararo ekvivalentlari va sathlararo korrespondensiyalari aniqlanadi va izomorfik va allomorfik xususiyatlari yoritiladi (Rasulova, SHukurova, 2017, b. 14).
U.Q. YUsupov ta’kidlashicha, chog‘ishtirma tilshunoslik qiyoslash ob’ekti sifatida tilning fonologik, leksik va grammatik birliklarini tanlaydi. Stilistika tilning alohida birligi bo‘lmasa-da, qiyoslash ob’ekti sifatida tadqiqotga tortilishi mumkin, ammo u tilning fonologik, leksik va grammatik birliklarining stilistik bo‘yoqdorligini o‘rganishda qiyoslash ob’ekti bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, stilistik vositalar (troplar) ham alohida ob’ekt sifatida qiyoslanishi mumkin (YUsupov, 2013, b. 9).
Savollar:
Lingvistik tipologiyaning assosiy vazifalariga nimalar kiradi?
Lingvistik tipologiyaning tadqiqot ob’ektiga ko‘ra qanday turlari bor?
Lingvistik tipologiyaning asosiy namoyondalari sifatida kimlarni bilasiz?
CHog‘ishtirma tilshunoslikning nazariy vazifalariga nimalar kiradi?
CHog‘ishtirma tilshunoslikning amaliy vazifalariga nimalar kiradi?
Markaziy Osiyoda chog‘ishtirma tilshunoslik bo‘yicha dastlabki ishlar qaysilar?
CHog‘ishtirma tilshunoslikning nazariy asoslari qaysi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan?
CHog‘ishtirma tilshunoslik qiyoslash ob’ekti sifatida tilning qaysi sath birliklarini tanlaydi?
Professor J.B.Bo‘ronovning fikricha, qiyosiy tipologiyaning yuzaga kelish sabablari nimalar?
Qiyosiy tipologiya qaysi lingvistik fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir?
Qiyosiy tipologiya va tarjima o‘rtasidagi bog‘liqlik nima?
Qiyosiy tipologiya va til o‘qitish metodikasi o‘rtasidagi bog‘liqlik nima?
Qiyosiy tipologiya va leksikografiya o‘rtasidagi bog‘liqlik nima?
Qiyosiy tipologiya va stilistika o‘rtasidagi bog‘liqlik nima?
Qiyosiy-tipologik tahlil metodining asosiy tamoyili nima?
Qiyosiy-tipologik metodning qo‘llanish bosqichlari qanday?
Dostları ilə paylaş: |