Umumiy tilshunoslik kafedrasi


Qiyosiy tipologiya va til o‘qitish metodikasi



Yüklə 471,78 Kb.
səhifə20/103
tarix13.04.2022
ölçüsü471,78 Kb.
#55266
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
LTM ma\'ruza

Qiyosiy tipologiya va til o‘qitish metodikasi. J.B.Bo‘ronovning fikricha, turli tillar sistemvsini qiyoslab o‘rganish ham nazariy ham amaliy (metodik) nuqtai nazardan ahamiyatli hisoblanadi. Bunda qiyoslashning nazariy ahamiyati sifatida “har bir qiyoslanayotgan til sistemasining tipologik tahlili, struktural xusuisyati, asosiy sistema birliklarini ifoda va mazmun planida taksonomik xususiyatlarini aniqlash, har bir yarusni inventarizatsiya qilish hamda morfemalarga ajralishi bilan tanishtirish” masalalari qayd etilsa, amaliyotdagi o‘rni “qiyoslashdan olingan natijalarni o‘qitish jarayonida tatbiq qilinishi” bilan belgilanadi (Bo‘ronov, 1973, b. 257).

Ma’lumki, qiyosiy tipologiya turli tillar sistemasini ularning genetik munosabatlaridan qat’i nazar o‘rganadi. YA’ni, qardosh va qardosh bo‘lmagan tillar sistemasining xususiyatlarini qiyosiy tadqiq etadi. Natijada, turli til sistemalari birliklarining adekvat va adekvatsizlik qonuniyatlarini aniqlaydi. Va bunday qonuniyatlar til o‘qitish metodikasi tomonidan foydalaniladi. Bunda til o‘qituvchisi o‘rganilayotgan chet tili birliklarini ona tili sistemasidagi birliklar bilan qiyoslab o‘rgatadi. Zaruriy o‘rinlarda interferensiya va transpozitsiya (fasilitatsiya) masalalaridan unumli foydalanadi. Interferensiya – chet til o‘qitish va o‘rganish jarayonida bir til sistemasining ikkinchi til sistemasiga salbiy ta’sir etishidir. YA’ni, bunda asosan ona tili sistemasining o‘rganilayotgan til sistemasiga salbiy ta’siri e’tirof etiladi. Interferensiya turli nuqtai nazardan o‘rganilishi mumkin: lingvistika, lingvopsixologiya, metodika va tipologiya. Interferensiyaning tillararo va bir til sistemasidagi turlari farqlanadi. Til sathlariga ko‘ra, fonetika, leksika va grammatikada interferensiya hodisalari kuzatilishi mumkin (Bo‘ronov, 1973, b. 259).

J.B.Bo‘ronovning ta’kidlashicha, xorijiy til ona tili bilan qiyoslab o‘rgatilganda ona tili sistemasi o‘rganilayotgan til sistemasini o‘zlashtirishda ijobiy va salbiy ta’sir qilishi mumkin: hodisaning ijobiy tomoni “o‘quvchilarning ona-tili sohasidagi bilim va malakalari to‘g‘ri analogiyaga asoslanishi, o‘quvchilar analogiyadan foydalanib so‘z formalari, konstruksiya va gaplar tuzishlari, talaffuzni o‘rganishda artikulyasiya holatini qiyoslashlari mumkinligi, ona tilidagi struktural modellar chet tilida ham xuddi shunday modellar yasashga imkon berishi” bilan izohlansa, uning salbiy ta’siri “chet tili o‘qitish jarayonida, shu til sistemasiga ona tili sistemasining salbiy ta’sir etishi” bilan belgilanadi (Bo‘ronov, 1973, b. 259). Ilmiy adabiyotlarda xorijiy til o‘qitish va o‘rganish jarayonida ona tili sistemasining chet tili sistemasiga ijobiy ta’sir etishi transpozitsiya (fasilitatsiya) va salbiy ta’sir etishi interferensiya deb atalishi qayd etiladi.

J.B. Bo‘ronovning fikricha, metodika ma’lum grammatik kategoriyani o‘qitishda qiyosiy tipologiyaning xulosalaridan foydalanadi. Xususan, qiyoslangan tillarda aniqlangan izomorfik va allomorfik xususiyatlar til o‘qitish metodikasi uchun asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bunda professor J.B. Bo‘ronovning e’tiroficha, ingliz tilida perfekt, aniqlik va noaniqlik kategoriyalari mustaqil kategoriya hisoblansa, turkiy tillarda ushbu kategoriyalarni ifodalovchi maxsus morfologik shakllar mavjud emasligi allomorfik xususiyat bo‘lib, til o‘qitish jarayonida ma’lum qiyinchilikni keltirib chiqarishi mumkin (Bo‘ronov, 1983, b. 156). Endi e’tiborimizni aynan ushbu kategoriyalarni o‘qitishda metodika fanining qiyosiy tipologiya xulosalaridan qay holda foydalanishiga qaratamiz. Tipologik tahlil natijalariga ko‘ra, turkiy tillarda ushbu kategoriyalarni ifodalovchi maxsus morfologik shakllar bo‘lmasa-da, ular boshqa turli xil konstruksiyalar, strukturalar yoki til vositalari orqali ifodalanishi aniqlangan. Mazkur lingvistik vositalar orqali yuqoridagi kategoriyalar ifodalanishi til o‘qitish jarayonida tushuntiriladi.



Yüklə 471,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin