Umumiy va tarixiy geologiya


KURS ISHINI TARTIB BILAN JOYLASHTIRISH



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix26.05.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#59687
1   2   3   4   5   6   7   8
КУРС ИШИ ВАРИАНТЛАР ВА УСЛУБИЙ КЎРСАТМА 1

3.KURS ISHINI TARTIB BILAN JOYLASHTIRISH 
(KOMPANOVKA) 
1. Kurs ishining muqovasi 1-ilovada keltirilgan namuna tartibida 
yoziladi. 
2.Mundarija (2-ilova). Unda kurs ishida ta’kidlangan barcha bob va 
bo‘limlar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar (agar mavjud bo‘lsa) 
keltiriladi.
3. Kirish qismi, unda ish muallifi kurs ishi mavzusini aks ettiradi. 
Mavzu bayonining o‘zi shakllantiriladi, uning mazmuni oydinlashtiriladi, 
boshqa masalalar bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi va h.z. Kirish kurs ishining 
tuzilishini tushuntirish va ish hajmini ko‘rsatish bilan yakunlanadi (qancha 
bet, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar). 
4.Kurs ishining asosiy qismi - bob, yangi sahifadan boshlanadi. Har 
bir bob muammoning bir tomonini ochib berishga, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
ayrim masalalarni yoritishga bag‘ishlangan bo‘ladi. Har bir bob yangi 
sahifadan boshlanadi. Kichik bo‘limlar alohida sahifada yozilmaydi, lekin 
oldingi va keyingi matndan bo‘sh qator bilan ajratiladi. 
5. 
Ishning 
yakuniy 
qismida 
xulosada 
(odatda 
1-2 
bet) 
umumlashtiruvchi xulosa chiqarish kerak. 
6.Butun ishning oxirida kursni yozishda foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yxati alifbo tartibida keltiriladi. Internet-resurslardan ham foydalanish 
ta’qiqlanmaydi (biz tayyor kurs ishlari haqida gapirmayapmiz, faqat kurs 
ishingizni yozish uchun kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan materiallar - ilmiy 
maqolalar, chizmalar, fotosuratlar va boshqalar). 
 
4.FOYDALANILGAN ADABIYOTLARNI 
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI 
O‘quv adabiyotlari muallifi 3 va undan kam bo‘lganda: 
Xolbayev B.M. Geologiya /B.M.Xolbayev. –Qarshi: “Intellekt 
nashriyoti, 2021. -207 b. 
Yusupov G.U., Xolbayev B.M. Geologiya va gidrogeologiya 
asoslari/G.U.Yusupov, B.M.Xolbayev. – T.: “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 
2003. -363 b. 



O‘quv adabiyotlari muallifi 3 va undan ko‘p bo‘lganda: 
Историческая геология /сост.:Н.В.Короновский [и др.] под ред. 
Н.В.Короновский. –М.:Издательский центр “Академия”, 2011. -464 с. 
Ko‘p tomli nashrlar: 
Волков Ю.В. Об изменении климата в кембрии, ордовике и 
силуре /Ю.В.Волков. –М.: Мир, 2021. –Т.1: Теоритические 
представления. -229 с. 
Jurnaldagi maqolalar: 
Ilmiy to‘plamdagi maqolalar, tezislar 
Холбаев Б.М. Геолого-гидрогеологическое обоснование нижней 
части Кашкадарьинской области /Б.М.Холбаев, Ф.О.Джураев 
//Фундаментальные и прикладные проблемы геологии и геофизики в 
системе современного естественно-научного знания: сб. науч. Тр.-
Воронеж. 2021. С.-102-109. 
Internet - resurslar 
Трегуб А.И. Карта новейшей тектоники территории Воронежс-
кого кристаллического массива [Электронный ресурс] //сайт Вестник 
ВГУ, 2006. http://www.vestnik.vsu.ru/pdf/heologia/2006/01/tregub_rus.pdf 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin