Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə20/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

bosqich. Bo‘g‘inlarni qo‘shish. Eski maktabda bo‘g‘inlarni qo‘shish “abjad” bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 so‘zni “zeru zabar” bilan yozib bergan. Bolalar bu 8 ta so‘zni birin-ketin hijo usulida o‘qib yodlab olganlar. Masalan, abjad so‘zi alifga zabar qo‘yib, bega urishtirilsa ab, jimga zabar qo‘yib, dolga urishtirilsa jad, bularning ikkisidan abjad hosil bo‘lgan.

Abjaddan keyin eski maktab o‘quv kitobi bo‘lgan “Haftiyak”ka o‘tilgan. “Haftiyak”dagi suralar ham “Abjad”dagi kabi hijo usulida o‘qitilgan. Bolalar “Haftiyak”ning bir betini hijo usulida o‘qish uchun juda ko‘p vaqt va kuch sarflaganlar.
So‘zni hijo usulida o‘qishda avval so‘zdagi birinchi undosh harfning, keyin ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo‘yib hijo hosil qilingan. Shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-biriga qo‘shib, bu so‘z bir butunicha
aytilgan. So‘zni hijo usulida o‘qishda tovush emas, balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan. So‘zni tovush jihatidan tahlil qilishga oid hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo‘shilishi bolalarga tushunarli bo‘lmagan, bolalar so‘zdagi har bir harf ma’lum bir tovushni bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida o‘qishga o‘rgatish, birinchidan, mexanik ravishda bo‘lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan, ikkinchidan, bola o‘zi aytgan so‘zining ma’nosini tushunmay, maktabdordan eshitganini takrorlayvergan.
“Haftiyak”ning keyingi ayrim suralari so‘zni yaxlit “o‘qish” usulida olib borilgan, aniqrog‘i bola o‘qimagan, eshitganini to‘tiqush kabi yodlagan. Natijada bolalar maktabxonada o‘qiganlarini o‘zi o‘qib yurgan kitobidan “o‘qib bergan”, ammo ularning qo‘liga maktabda o‘qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o‘qiy olmagan; eski maktabda 6-10 yil muntazam o‘qigan bolalarning juda ko‘p deganda 4-5 foizigina o‘qish va yozish ko‘nikmasini hosil qilgan.
Turkistonda ochilgan rus-tuzem maktablari savod o‘rgatishda ma’lum darajada ijobiy o‘rin tutdi. Rus-tuzem maktablarinnng o‘zbekcha sinflarida o‘zbekcha xat-savod o‘rgatish metodi 1900 yildan boshlab asta-sekin isloh qilindi: hijo metodidan tovush metodiga o‘tildi. 1900 yillardan rus-tuzem maktabi o‘zbekcha sinflarining peshqadam muallimlari tovush metodi asosida tuzilgan tatarcha alifbedan foydalana boshladilar. Bu kitobning tili va mazmuni o‘zbekcha sinflarga mos kelmas edi. 1902 yilda Saidrasul Saidazizovning tovush metodi talabiga muvofiq tuzilgan ona tili alifbesi “Ustodi avval” nashr etildi. “Ustodi avval” nashr qilingandan keyin o‘zbekcha xat-savod o‘rgatishda yangi davr boshlandi. Tovush metodi savod o‘rgatishning eski usulidan tamomila farq qilib, o‘qitishni osonlashtirdi, ta’limni bola tushunadigan, anglaydigan ta’limga, ya’ni faol ta’limga aylantirdi.
“Ustodi avval” 3 bo‘limdan iborat edi: 1-bo‘lim, hozirgi atama bilan ataganimizda, alifbe davridir. Muallif bu bo‘limda arab alfavitidagi harflarni alfavit tartibida emas, balki harf orqali ifodalangan tovushning talaffuzi oson-qiyinligini harflarning yozilishi sodda yoki murakkabligini e’tiborga olgan holda tizib chiqqan. Muallif har bir harfning yozuvda bir necha xil shaklda kelishi xat-savod o‘rgatishni qiyinlashtirishini hisobga olgan; alifbe davrining boshida deyarli har doim bir xil shaklda qo‘llanadigan harflarni bergan. U shakli yozilish o‘rniga qarab turlicha bo‘ladigan harflarning so‘z boshida, so‘z o‘rtasida, so‘z oxirida va alohida yozilish shaklini berib, ularga mos misollar keltirgan. Masalan, q harfini tanitish uchun qor, uyqu, oq so‘zlarini, g‘ harfini tanitish uchun g‘or, uyg‘oq, tog‘ so‘zlarini tanlagan. Muallif soddadan murakkabga tamoyiliga amal qilib, alifbe davrini asta-sekin murakkablashtira borgan. Kitobning alifbe qismiga, asosan, o‘zbek tilining lug‘at tarkibidagi so‘zlar tanlab olingan.
“Ustodi avval”ning 2-bo‘limi alifbedan keyingi davrdir. Bu bo‘limda hikoya, masal va 50 maqola berilgan. Ularning ayrimlarida bilim olish targ‘ib qilinsa, boshqalari tarbiyaviy mazmunda bo‘lgan.
S. Saidazizov kitobining 3-bo‘limini “Alifboi qur’on” deb atagan va o‘z oldiga bolalarga “qur’on”ni tushunib olishga o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ygan.
Umuman, tovush metodi Markaziy Osiyoga ikki manbadan yoyilgan:

  1. Rus-tuzem maktablari ruscha sinflarida xat-savod tovush metodi bilan o‘rgatilar edi. O‘zbekcha sinf muallimlari tovush metodi oson va qulayligini amalda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rganlar va asta-sekin tovush metodini o‘z sinflariga tatbiq eta boshlaganlar.

  2. XIX asrning oxiridan boshlab Rossiyadan Markaziy Osiyoga kelgan tatar muallimlari, ya’ni jadidlar tovush metodida xat-savod o‘rgata boshlagan edilar, oradan ko‘p o‘tmay, bir qancha mahalliy muallimlar ular kabi yangi maktablar ochadilar va bolalarga xat savodni tovush metodi asosida o‘rgata boshlaydilar.

Shunday qilib, O‘rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o‘rnini egallay boshlagan.
Ma’lumki, tovush metodi bilan xat-savod o‘rgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solib, u sintetik tovush metodini qat’iy himoya qilgan.
Tovush metodi bilan savod o‘rgatilganda, so‘zning eng kichik bo‘lagi, ya’ni nutq tovushlari asos qilib olinadi. So‘zning ma’nosini o‘zgartira oluvchi har bir tovush yozuvda harf orqali ifodalanishi: so‘zda tovushlar almashinishi, ortishi yoki kamayishi natijasida boshqa bir
yangi so‘z hosil bo‘lishi mumkinligi bolalar ongiga etkaziladi. Keyingi yillarda ham xat-savod tovush metodida o‘rgatilmoqda. Atoqli metodistlar (S.P.Redazubov, A.I.Voskresenskaya, K. Qosimova, Y.Abdullaev, O. Sharafiddinov va boshq.) tovush metodida xat-savod o‘rgatishni takomillashtirdilar.
Arab alifbosida yozuvni o‘rgatish qiyin bo‘lgan. Bu alifbodagi harflar so‘zda qo‘llash o‘rniga qarab, har xil shaklda yozilgan, bu yozuvni o‘rganishni qiyinlashtirgan. Shuning uchun ko‘p maktablarda bolalarga o‘qish o‘rgatilib yozuv o‘rgatilmagan, chunki domla va otinoyilarning ko‘pchiligi o‘qishni bilib, yozishni bilmagan.
Eski maktabda yozish chiziqsiz tekis oq qog‘ozga dastlab yo‘g‘onroq savag‘ich qalamda o‘rgatilgan; bolalar yozishni ozroq o‘rganganlaridan keyin qamish qalamda ham yozishgan, ularga ruchkada yozishga ruxsat etilmagan.
Yozishni o‘rgatish alifbo tartibida harflarning alohida-alohida shaklini yozdirishdan boshlangan. Avval alifni yozish o‘rgatilgan, keyin o‘xshash shaklli harflar bandlarga bo‘linib, o‘xshash unsuri bo‘lmaganlari esa ayrim-ayrim yozdirilgan. Ba’zi domlalar ayrim harflarning elementlarini yozishni ham alohida mashq qildirganlar.
Shundan keyin harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta qilib yozish (bu

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin