-masalaning bayoni: Dasturga ko‘ra, bu sinfda fe’llarda shaxs-son haqida tushuncha beriladi. O‘quvchilarda o‘zbek tilida III shaxs: so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shaxs) mavjudligi haqidagi dastlabki ко'nikma „Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi" va „Kishilik olmoshiari" mavzulari o‘rganilayotganda hosil qilingan. „Fe’llarda shaxs-son" mavzusi shu ko‘nikmaga asoslangan holda tushuntiriladi.
Suhbat asosida kishilik olmoshiari III shaxsni, birlik va ko‘plikni bildirishi eslatilgach, o‘quvchilarga men olmoshini qatnashtirib gap tuzish topshiriladi. Ular tuzgan gap o‘qituvchi rahbarligida tahlil qilinadi '(Men kitobni o‘qidim). O‘quvchilar men I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi ekanini aytadilar; o‘qidim fe’lini so‘z tarkibiga ko‘ra tahlil qilib, о‘qi-o‘zak, -di- o‘tgan zamon qo‘shimchasi, -m ham qo‘shimcha ekanini aniqlaydilar. O‘qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: ish-harakat so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shaxs) tomonidan bajarilishi mumkin; ikkinchidan, ish-harakat yakka (bir) yoki bir necha shaxs tomonidan bajarilishi ham mumkin. Fe’llarga qo‘shilib, ish-harakatni bajargan shaxsni va sonni (ko‘plik va birlikni) ham bildiradigan qo‘shimchalar bor. Masalan, o‘qidim fe’lidagi -m qo‘shimchasi shunday ma’noni bildiradi, u shaxs-son qo‘shimchasidir. Chunki -m o‘qish harakatini bajargan shaxsni (I shaxsni) va sonini (bir kishi bajarganini) bildiryapti, ya’ni ham shaxsni, ham sonni ifodalayapti. O‘qituvchi (xattaxtaga yozilgan gap-lami ko‘rsatib) „Nuqtalar o‘rniga gapning mazmuniga mos bo‘lgan fe’llaming shaxs-son qo‘shimchasini topib qo‘yib, gaplarni o‘qish" vazifasini beradi. Mashq o‘qituvchi rahbarligida birgalikda bajariladi.
Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe’llar shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi. Shaxs-son qo‘shimchalari zamon qo‘shimchalaridan keyin qo‘shiladi. Fe’llarda shaxs-son haqidagi ko‘nikmani shakllantirish uchun mazmunga mos shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘yish, berilgan fe’llarni hozirgi, o‘tgan, kelasi zamonda shaxs-son qo‘shimchasi bilan tuslash, fe’llami so‘z turkumi jihatdan tahlil qilish mashqlaridan foydalaniladi.
Bu sinfda fe’llarning yozilishi haqida ham ko‘nikma hosil qilinadi. Mavzuni tushuntirish uchun fe’llar ko‘proq bo‘lgan matn tanlanib, matnni o‘qish, so‘roq berib fe’llarni topish va qanday yozilganini aytish topshiriladi. O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida vazifani bajaradilar.