NAZORAT SAVOLLARI Gimnastika “kozyoli” uzunligi qancha?
Tayanib sakrashda keng tarqalgan xatolarni sanab o’ting.
Sportchi o‘z harakatlarini nazorat qilishi va boshqarish qobiliyatini yo‘qotmasligi uchun nimalarni amalga oshirishi zarur
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR N.Soatov, F.Nadjimov "Maktabda jismoniy tarbiya" 2015 yil.
Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014.
O.V.Goncharova. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. 4. L.A.Djalilova. Jismoniy tarbiya va sport tarixi.
MAVZU: TIRMASHIB CHIQISH.
Reja: 5 m li arqonga, qo‘llar yordamida (vaqt hisobiga) tirmashib chiqish
To‘xtab-to‘xtab tirmashib chiqish
Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy vazifasi harakat ko‘nikmalari va maxsus bilimlarini egallashdir. Jismoniy tarbiya jarayonida ham ta’lim ham tarbiya amalga oshiriladi. Bundan o‘rgatishning asosiy fani bo‘lib o‘zaro bog‘langan harakat tizimini o‘z ichiga oluvchi ratsional harakat faoliyatlari hisoblanadi. Biror bir harakatga o‘rgatish shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, fuksional imkoniyatlarini oshirish va rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash va h.k. lar bilan bog‘liqdir, hamda jismoniy sifatlarini oshirish sodir bo‘ladi. Harakat faoliyatlariga turli va konkret vazifalarni hal etgan holda o‘rgatiladi.Ko‘pgina holda quyidagilarga olib kelinadi:
1. Harakatning dastlabki maktabini ta’minlash, ya’ni harakat faoliyatini murakkab shakllari uchun dastlabki bazani yaratgan harakat apparatining asosiy bo‘ginlarida oddiy harakatlarni boshqarishga o‘rgatish. Masalan yuqori stardan chiqish.
2. "Yordamchi" mashqlar yangi yoki ayrim jismoniy sifatlar qobiliyatlarni rivojlanishiga ta’sir etuvchi vositalar sifatida foydalaniladigan harakatlarga o‘rgatish. Masalan: har-xil usulda balandlikka sakrash- plankasiz oyoqlarni har-xil ketma-ketli harakatlari
3. Kundalik hayotda, faoliyatning mehnat, sport va boshqa sohalarda zarur bo‘lgan asosiy harakat ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda takomillashtiruvning kerakli darajaga olib borish. Masalan: har-xil sport turlari.
Bu vazifalarning xarakteriga va o‘rganilayotgan harakat faoliyatlarining xususiyatlariga bog‘liq holda o‘qitish jarayoni bir qator xususiyatlariga egadir.
Ma’lumki, vazifalarning qiyinligiga qarab ularga sarf bo‘ladigan vaqtlar ham turlichadir. Masalan: bir-ikki bo‘g‘inli gimnastika harakatlariga o‘rgatish mu’lum holatlarda nisbatan tezroq bo‘ladi, lekin ularni o‘zlashtirish hamda murakkab harakat foliyatlarni yuqori darajaga oshirishga ba’zan yillab vaqtlar ketadi (misol: shest bilan sakrash). Ba’zi hollarda o‘rgatishning asosiy vazifalaridan foydalanilsa, (masalan, balandlikka sakrashda, depsinish) boshqa hollarda esa tayyorlov vazifasidan foydalaniladi, (masalan: tebranish va engashgan holda tayanch holatga o‘tish), ayrim hollarda yakuniy fazasidan o‘rgatish lozim (masalan, bolalarga sakrashda yumshoq qunishni o‘rgatish). Harakatlarga o‘rgatish umumiy didaktik prinsiplariga asoslanadi, bu prinsiplar jismoniy tarbiya sohasida o‘z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsus harakat ko‘nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
Harakat ko‘nikmalari va malakalari. Mashqlarni harakat ko‘nikmasi va harakat malakasi bo‘lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko‘nikma va malakalar harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi. Xarakat ko‘nikmalari. Kishida harakat tajribasi va bilimlari to‘planib, jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasi hal qilish imkoniyati yaratiladi. Biror harakat faoliyatida Qatnashishni amalga oshirish uchun kishi ilgari hosil qilgan ko‘nikmalar va malakalardan jismoniy va ma’naviy irodaviy sifatlarda ijodiy foydalana oladi. Keyinchalik esa, yangi ilgari tanish bo‘lmagan harakat faoliyatini bajarishga imkon yartadi. Bunda hamisha butun faoliyat davomida ma’lum darajada aqliy mehnat bilan ish ko‘rish talab qilinadi. Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat ko‘nikmalari - ya’ni harakat faoliyati jarayonida harakatlarni ongli ravishda avtomatlashmagan holda boshqarish qobiliyatidir. Jismoniy tarbiya jarayonida 2 xil ko‘rinishda bo‘lgan harakat ko‘nikmalari: a) yaxlit harakat faoliyatini amalga oshira olish. b) har xil murakkablikda - bo‘lgan alohida xarakatlarini bajara olish ko‘nikmalari hosil qilinadi.
A.) Birinchi ko‘rinishdagi ko‘nikma murakkab, o‘zgaruvchan sharoitlarda to‘satdan bo‘ladigan vazifalarni hal qilish zarurligi bilan bog‘liqdir. Bunday harakat faoliyati har doim ongli ravishda bajariladi, lekin avtomatlashmagan ravishda bajariladi va standart xarakterda bo‘la olmaydi. Bu ko‘nikmalar umumiy malakaga aylanmaydi. O‘rganilgan harakat va jismoniy sifatlarni chaqqon va ijodiy ravishda qo‘llanish bu har xil ko‘nikmalarga xos xususiyat bo‘lib qoladi.
B) Alohida harakatlarni bajara olish ko‘nikmalari, odatda malaka hosil qilishga olib keladi. O‘rganish jarayonida bu ko‘nikmalar harakat texnikasini dastlabki umumiy tarzda egallashdan tortib, mukammal ravishda egallagunga qadar rivojlanadi. Oddiy yoki murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyati bu harakatlarni bajarish uchun butun harakat aktini, bajarish diqqatini to‘la talab qilmagunga qadar ko‘nikma doirasi bo‘ladi.