Umumta’lim maktablarining fizika kursida “metal o’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchilar qarshilikligining temperaturaga bog’liqligi” mavzusini o’qitishda pedagogik texnalogiyalardan foydalanish”


Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish



Yüklə 217,04 Kb.
səhifə5/10
tarix27.03.2023
ölçüsü217,04 Kb.
#90386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
metal o’tkazgichlarda xususiy o’tkazuvchilar

1.2.Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish.
Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiYatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro Yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Kompleks dastur).
Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin:
Umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish;
Fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
Ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiYa texnologiyalarini keng joriy qilish;
Pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiYatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash;
Oliy ta’lim muassasalarida fizika fanlarini o‘qitishning integrativ prinsiplarini joriy etish, Yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish;
Fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamini kengaytirish;
2021 — 2023-yillarda fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablarning fizika fani bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, mazkur qarorga 4-ilovada ko‘rsatilgan maktablarning fizika fani bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash 2021-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari, 2022-2023-yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloYatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa fanlar bo‘yicha sinf xonalari va laboratoriyalarini (fizika fanidan tashqari) mebel, o‘quv laboratoriyasi asbob-uskunalari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash maqsadida qo‘shimcha mablag‘larni ajratib borsin.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati zimmasiga — fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablari va fizika fani chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar tashkil etiladigan maktablar (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) uchun metodik ko‘mak ko‘rsatish, fizika fani bo‘yicha malaka oshirish kurslari uchun ta’lim dasturlari va multimedia materiallarini ishlab chiqish;
Oliy ta’lim muassasalari zimmasiga — o‘ziga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv jarayoni sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish, mahorat darslari, to‘garaklar va yozgi maktablarni tashkil etish yuzasidan javobgarlik yuklansin.



Yüklə 217,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin