mm. Yosh urg‘ochi qoraqurt qornining orqa qismida qizil dog‘lari
bo‘ladi. Qoraqurt toshlar ostiga yoki tuproq yuzasidagi chuqurchaga
to1 rmi qurib, unga tushgan chigirtka, temirchak, qo‘ng‘iz va boshqa
hasharotlar bilan oziqlanadi. Qorqurtning urg‘ochisi maxsus to ‘rdan oq-
sarg‘ish rangdagi 5-10 ta pilla yasaydi va ulaming ichiga tuxum qo‘yadi.
Tuxumlardan kelgusi yil bahorda mayda qoraqurtchalar chiqib, har
tomonga tarqaladi. Ular 2,5-3 oyda voyaga yetadi.
Qoraqurt asosan loy, botqoq yoki qumoq b o ig an dashtlarda, shuvoq
o ‘tli joylarda, bo‘z va haydalmagan cho‘ldagi quruq yerlarda, jarliklar va
tog' yon bag’irlarida ko‘p uchraydi. Urg'ochi qoraqurt tuproq ustidagi
chuqurchalar va yirik toshlaming ostiga in quradi. Inining og'ziga
tutqich to‘r tortib qo‘yadi. Issiq yoz mavsumida (iyun, iyul) qoraqurtlar
pana joy qidirishga tushadi. Qoraqurtlar bilan zaharlanish ana shunday
migratsiya davrida ko‘proq sodir boMadi. Qoraqurt zahari tuyalar va
otlarga ayniqsa kuchli ta'sir ko‘rsatib, ulami odatda o ‘iimga olib keladi.
Qoraqurt zahari odamga ham kuchli ta'sir qiladi, ba'zan halok qilishi
mumkin. Qoraqurt chaqqan odam qoraqurtga qarshi zardob bilan
emlanadi.
Tanasi
bosh-ko‘krak
va
qorin qismlariga bolinadi,
lekin
segmentlarga ajralmaydi. Bosh-ko‘krakda bir juft xelitseralari, bir juft
paypaslagich oyoqlari va to ‘rt juft yurish oyoqlari mavjud.
Zahar
bezlari
xelitserasining asosida joylashgan. U rg'ochi qoraqurtning tanasi bosh-
ko‘krak va duxobaga o‘xshash qora yumaloq qorin qismidan iborat.
Qorin qismining ustida atrofi oq hoshiya bilan o‘rab olingan qizil
dog‘lari bo‘ladi (60-rasm).
Dostları ilə paylaş: