61-rasm. Chipor chayon (
Buthus eupeus)
ning tashqi tuzilishi. A-orqa
tomonidan va B-qorin tomonidan ko'rinishi: 1-boshko‘krak; 2-xeIitsera;
3-pedipalpa; 4-yurish oyoqlari; 5-telson; 6-zahar nayzasi; 7-XV-XIX-orqa
qorin segmentlari; 8-YIII-XIY oldingi qorin segmentlari; 9-anaI teshigi;
10-nafas olish teshiklari, 11-taroqsimon organlari; 12-jinsiy qopqoqchalari.
Bosh-ko‘krak qismi yelka tomonidan umumiy qalqon(karapaks)
bilan qoplangan. Uning yelka tomonida juft tepa ko'zlari, yon tomonida
esa bir necha juft nisbatan kichikroq ko'zchalari bo'ladi.
Bosh-ko'krakning oldingi qismida bir ju ft xelitseralari joylashgan.
Bular o'zgargan oyoqlardir. Ular uch bo'g'im dan iborat.
Birinchi
bo 'g 'im qisqa bo'Iib, qolgan ikki bo'g'im i qisqich hosil qiladi.
Uning
ichki
yuzasi
xitindan
iborat
“tishcha”larga egadir.
Xelitseralar yordamida chayon ovqatni maydalaydi. Keyin zahar bezlari
ishlab chiqariladigan zahar suyuqligi ta ’sirida chala suyuq holatga
aylantirilgan ovqatni so'rib oziqlanadi.
Bosh-ko'krak qismining ikkinchi ju ft o'simtasi-pedipalpalardir
(paypaslagich oyoq). Ularning har biri 6 ta bo'g'im dan tashkil topgan,
keyingi ikki bo'g'im i haqiqiy qisqichni hosil qiladi.
169
Pedipalpalar asosan
sezish vazifasini bajaradi, lekin ular ovqatni
(hasharotlami) tutish va ushlab og‘izga olib kelishda ishtirok etadi.
Chayonning yurish oyoqlari 4 juft. Bulaming tuzilishi va
bo‘g ‘imlarga ajralishi ham hasharotlaming oyoqlariga o ‘xshash bo‘lib,
dumg‘aza, ko‘st, son, boldir va panja qismlaridan iborat. Panjaning
uchidajufttim oqchalari b o iad i.
Chayon tanasining ikkinchi bo‘limi 12
ta segmentdan tashkil
topgan, qorin qismi va eng oxirgi segment telsondir. Qorin qismi o ‘z
navbatida yettita serbar segmentdan iborat. Oldingi qorin (mezasoma)ga
va 5 ta ensiz segmentdan tashkil topgan keyingi qorin (metasoma)ga
bo'linadi. Qorin tomonidan mezasomaning birinchi segmentida jinsiy
qopqoqchalari, ikkinchi segmentida esa taroqsimon o'sim talari bo'ladi.
Ulardan keyingi 4 ta segmentida nafas olish teshikchalari-stigmalar
joylashgan. Bu organlarning hammasi shakli o'zgargan va boshqa xii
vazifalami bajarishga moslashgan oyoqlar hisoblanadi.
Oldingi qorin qismining eng oxirgi
segmentida hech qanday
o'sim talar bo'lmaydi. Tananing eng oxirgi segmenti biroz bo'rtib
turadi. Unda zahar ishlab chiqaradigan bezlar bor. Ularning zahar
chiqaradigan yo'llari tananing eng orqa uchida joylashgan nayza yoki
nashtarining ichidan o'tadi. Chayonlar zaharidan o'zlarini himoya qilish
va
oziqlanish
maqsadida hasharotlami
ushlab
o'ldirish
uchun
foydalanadi.
Chayonlarning xelitsera va pedipalpasining asosiy bo'g'im i og'iz
organlari vazifasini bajaradi. Ichagining oldingi halqum bo'limi
muskulli so'ruvchi keng oshqozonni hosil qiladi. Oshqozon suyuq
oziqni so 'rib olish uchun xizmat qiladi. Oldingi ichakka bir juft so'lak
bezlari y o 'li ochiladi. O 'rta ichakning oldingi qismi uzun yon
o'sim talam i hosil qiladi.
Bu o'sim talar ichak hajmini va uning so'rish yuzasini kengaytiradi.
Ichak bo'shlig 'iga bir ju ft hazm qilish bezi-jigar y o 'li ochiladi. Jigar
hazm qilish fermentlari ishlab chiqarish va oziqni so'rish
vazifasini
bajaradi. Bundan tashqari jigar hujayralarida oziq ham hazm bo'ladi.
Chayonlar yirtqichlik qilib oziqlanadi. Nafas olish organlari vazifasini
o'pka bajaradi. Chayonlarning o'pka xaltachalari 4 ju ft bo'ladi.
Qon aylanish organlari yurak, yurakoldi bo'shlig'i, aorta va tana
bo'shlig'i-lakunlardan iborat. Chayonlarning yuragi qorin bo'limida
ichakning ustida joylashgan uzun naydan iborat.
Yurakning ikki yonida
7 juft tirqishsimon teshiklar-ostiylar ochiladi.
170
Chayon erkagining bir ju ft urug'donlari bor; lekin urg‘ochilarining
tuxumdonlari birga qo'shilgan, urug'lanish ichki bo‘lib, kuyikish
maxsus spermatoforlar orqali sodir bo'ladi. Ko'pchilik chayonlar tirik
tug'adi. Chayonlar embrioni qorin bo'limining oldingi qismidagi oltita
bo‘g ‘imlarida oyoqlari bo'ladi. Embrion rivojlanishining so'ngi
davrlarida birinchi juft qorinoyoqlari-jinsiy bezlaming qopqog'iga,
ikkinchi
jufti
esa
taroqsimon
o'simtalarga
aylanadi;
qolgan
qorinoyoqlari hisobidan o'pka hosil bo'ladi. Chayonlar o'zgarishsiz
rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: