Qoraqurtning urg‘ochisi 10-20 mm, erkagi esa 4-7
mm atrofida
bo'ladi. Urg'ochi qoraqurt tuproq ustidagi chuqurcha, kemiruvchilaming
ini, yirik toshlarning ostiga in quradi. Inining og'ziga tutqich to'rini
tortib qo'yadi. Issiq yoz mavsumida (iyun, iyul) qoraqurtlar pana joy
qidirishga tushadi. Qoraqurtlar bilan zaharlanish ana shunday migratsiya
davrida ko'proq sodir bo'ladi. Qoraqurt zahari tuyalar va otlarga ayniqsa
kuchli ta'sir ko'rsatib, ularni odatda o'lim ga olib keladi.
Qoraqurt zahari
odamlarga ham kuchli ta'sir qiladi, ba'zan halokatga olib kelishi
mumkin. Qoraqurt chaqqan odam qoraqurtga qarshi zardob
bilan
yemlanadi.
Erkak qoraqurtning qorin qismi cho'zinchoq bo'lib,
bosh-
ko'krakning eniga teng keladi. Erkak qoraqurtning oyoqlari uzun
bo'ladi. Uning paypaslagich oyoqlari (pedipalpalari) urg'ochilarinikiga
nisbatan ancha o'zgargan bo'lib, uchlari dumaloq shaklda va o'ziga xos
qo'shilish organ vazifasini bajaradi.
Urg'ochi qoraqurtlar voyaga yetganda o'zi to'qigan inda yashaydi.
Ulaming urug'lanishi iyun oyi va iyulning boshlarida bo'ladi.
Kopulyatsiya (qo'shilish) dan keyin erkaklarining ko'pini urg'ochilari
yeb qo'yish odatlari m alum , umuman erkaklari uig'ochilari bilan
qo'shilgandan keyin o'ladi. Urug'langan urg'ochilari yangi joylarga
к о 'chib o'tib, o'zlariga uya yasaydi. Bu yerda ular ko'p (100-700
tagacha) tuxum qo'yadi, tuxumlari pillaga o'ralgan bo'ladi. Ular iyul
oyidan sentyabrgacha uya qurib tuxum qo'yadi.
Bu vaqtda erkak
qoraqurtlar bo'lmaydi.
Yosh qoraqurtlar pillaga o'ralib qishlaydi. Aprel oyida birinchi
yoshdagi o'rgim chak avlodlari pilladan chiqib, o'rgim chak
ipini yozadi
va shamolda ipi uzilib, uyadan ajralib ketadi. Shuning natijasida ular
hamma joyga tarqaladi. Ular o'troq holda yashaydi
va birin-ketin yetti
marta lichinkalik davrini o'taydi. Bir davrdan ikkinchisiga o'tishda po'st
tashlaydi. Iyun oyida voyaga yetadi. Qoraqurt odamni ayrim fasllarda
chaqadi. Urg'ochi qoraqurtlar bir yerdan ikkinchi yerga ko'chganda
(may, iyun va iyul oylarida) chaqadi. Erkak qoraqurtning zahari kamroq
va ta'siri kuchsiz, qoraqurtning zahari o'zini himoya qilish maqsadida va
oziqlanish paytida ishlatiladi. Hech qachon odam va hayvonlarga hujum
qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: