bachadoni qoramol tasmasimoni bachadonidan farq qih'b, 7-12
tagacha
yon shoxchalar chiqaradi va doimo tuxumlar bilan to1 lib turadi.
Eng oxirgi yetilgan proglottidalaming uzunligi 10-12 mm va eni 5
mm atrofida bo‘ladi. Bundan tashqari, cho‘chqa tasmasimonining
yetilgan bo ‘g‘imlari strobiladan birdaniga 5-7 talab uzilib, xo‘jayini
axlati bilan tashqariga chiqadi va bu bo‘g‘imlar harakatsiz bo‘ladi.
Cho‘chqa tasmasimoni lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni
lichinkasi kabi sistitserk deyiladi. Bu lichinka har xil to ‘qima va
organlarda maxsus po‘stlarga o ‘ralib parazitlik qiladi. Sistiserk no‘xat
kattaligidagi pufakcha bo‘lib, ichi tiniq suyuqlik bilan to‘lgan boiadi,
uning uchida 4 ta so‘rg‘ichi va xartumi, ilmoqchalar
bilan qurollangan
skoleksi joylashgan.
Cho‘chqa tasmasimonining asosiy xo‘jayini odam hisoblanadi.
Odamning ingichka ichagida voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang
parazitlik qiladi. Cho‘chqa, it, mushuk, tuya va quyonlar bu
chuvalchangning oraliq xo‘jayinlari hisoblanadi. Bunda cho‘chqa va
yuqorida aytilgan hayvonlar suv va har xil oziq-ovqatlar orqali
chuvalchangning
tuxumlari
bilan
zararlanadi.
Oraliq
xo‘jayin
organizmida tuxumdan
chiqqan 6 ilmoqli lichinka (onkosfera)
qon va
iimfa tomirlariga o ‘tib, muskul to ‘qimasi, miya, ko‘z va boshqa
organlarga borib o ‘mashib, maxsus po ‘stga o ‘raladi va 2-4 oydan keyin
ikkinchi lichinkalik davri-sistiserkka aylanadi. Sistiserk cho‘chqa
tanasida 3 yildan 6 yilgacha yashashi mumkin. Sistiserk finna deb ham
ataladi. Odamlar cho‘chqa tasmasimonini sistiserkli, ya’ni finnali
cho‘chqa go‘shtini yaxshi pishmagan holda iste’mol
qilishlari orqali
o'zlariga yuqtiradilar.
Shuni
ham aytib
o'tish joizki, ba’zan odamlar cho'chqa
tasmasimonining asosiy xo‘jayini b o iib g in a qolmay, balki oraliq
xo‘jayini ham bo‘lishlari mumkin. Bunda parazitning tuxumi odamga
oziq-ovqat,
suv orqali yuqishi, ayrim hollarda esa ushbu gijja bilan
kasallangan
odamlar
o‘qchiganida
ichagidagi
voyaga
yetgan
chuvalchanglarning tuxumga to‘ia proglottidalari, ya’ni bo‘g‘imlari
oshqozonga ko'tarilib, oshqozon ichiga mingiab tuxumlar ajralib
chiqishi mumkin. Shunday hollarda tuxumdan ajralgan lichinkalar-
onkosferalar odamlar ichagini teshib qonga o‘tgach, turli organlar-yurak,
muskullar, o ‘pka, ko ‘z va hatto bosh miyaga ham borib o ‘rnashishi
mumkin.
Bu yerda ular sistiserkka, ya’ni fmnaga aylanadi. Finnalaming
uyniqsu, ko'zga o ‘rnashib olishi xavflidir. Bunda odamlar ko‘r bo‘lib
(|oli.shlari
ham
mumkin. Miyaga o ‘mashib olsa, odamlar o'ladi. Ana
90
shunday o‘z-o‘zidan zararlanish holati autoinvaziya deyiladi. Shu
xususiyatiarini hisobga olganda, cho‘chqa tasmasimoni eng xavfli
tasmasimon chuvalchanglardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham har
bir odam, agarda ichagida cho‘chqa
tasmasimoni borligini sezsa, juda
ehtiyot bo‘Hshi, ozodalikka qattiq rioya qilishi, gijja tushirishda qayt
qildiradigan dori ichmasligi kerak.
Cho‘chqa tasmasimonining voyaga yetgan shakli qo‘zg‘atadigan
kasallik tenioz, lichinkalik davri vujudga keltiradigan kasallik esa
sistiserkoz deyiladi. Yuqorida ta ’kidlanganidek, odamlar ham tenioz va
ham sistiserkoz kasalliklariga yoiiqishlari mumkin. Cho‘chqalar esa
faqat sistiserkoz bilan kasallanadi. Cho‘chqa
sistiserkozi MDH da,
ayniqsa, Ukraina, Belorussiya, Ozarbayjon va Rossiyaning markaziy
qora tuprqq viloyatlarida keng tarqalgan. Bu kasallikning tarqalishini
asosiy manbai tenioz bilan kasallangan odamlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: