J 34-rasm . Exinokokk (Echinococcus granulosus )n in g rivojlanish sikli sxemasi: A-asosiy xo'jayini - yirtqich sutemizuvchilar; B-yetilgan exinokokk, V-tashqi muhitga chiqarilgan, yetilgan bo‘g ‘imi, G-tuxumi, D-oraliq xo‘jayini - qishloq x o ‘jalik hayvonlari va odam, E-jigardagi exinokokk pufagi; J-fakuItativ oraliq x o ‘jayin-odam. Odamlar aksariyat hollarda itlarga yaqinlashganlarida, ularni
silaganda, boshqa go‘shtxo‘r hayvonlami ovlaganda, terisini shilganda
exinokokk tuxumini o ‘zlariga yuqtirib oladi.
Chunki kasallangan itlarning junida ko‘plab exinokokk tuxumlari
bo'ladi. Shuning uchun ham odamlar sanitariya-gigiena qoidalariga
rioya qilishlari kerak. Oraliq xo‘jayinlari-qo‘y, echki, tuya va boshqa
o‘txo‘r hayvonlar yem-xashak orqali exinokokkning tuxumlarini
o‘zlariga yuqtiradi.
Ishtti о ‘tkazish tartibi. Exinokokkning
mikropreparatini
mikroskopning kichik obyektivi orqali kuzating. Parazitning kattaligiga
e’tibor bering. Skoleksdagi yopishadigan 4 ta so‘rgMchini va
xartumchasidagi
ilmoqlarini toping. Proglottidalarining miqdorini
sanang. Taraqqiy yetgan birinchi va to‘rtinchi proglottidalarini
tekshiring. Exinokokk bilan kasallangan qo‘y yoki qoramol jigari va
o ‘pkasini suvli emal idishga solib exinokokk pufaklarini tashqi
ko‘rinishini hamda pufakni ehtiyotlik bilaitkesib, ichki tuzilishini dastali
lupa orqali kuzating va pufak ichida mavjud boMgan ikkilamchi qiz
93
pufakchalarga e ’tibor bering. Exinokokkning rivojlanish sikli sxemasini
albomga chizib oling.
4-ish. Serbar tasmasimon chuvalchangning tuzilishi va rivojlanish sikli
Serbar tasmasimon chuvalchangning sistematik o‘rni