2- ish. Leyshmaniya tropicaning tuzilishi va rivojlanish sikli Teri leyshmaniyasining sistematik holati Tip. Sarkomastigoforalar-Sarcomastigophora Kenja tip. Xivchinlilar-Mastigophora Sinf. Hayvonsimon xivchinlilar-Zoomastigophorea Turkum. Kinetoplastidalar-Kinetoplastida Vakili. Teri leyshmaniyasi-Leishmania tropica Kerakli materiallar va jihozlar. Leyshmaniyalarning
mikropreparatlari,
mikroskop,
rangli
va
oq-qora
diapozitivlar,
dioproektor, leyshmaniyalami tuzilishi va rivojlanish sikli aks ettirilgan
jadvallar.
Mavzuning maqsadi: Leyshmaniyalarning tuzilishi va rivojlanish
siklini o‘rganish.
Identiv о ‘quv maqsadlari: 2.1. Leyshmaniyaning keltirib chiqaradigan kasalliklarini aytib bera
oladi.
2.2. Leyshmaniyaning odamlar ichki organlarida ko‘payishini
tushuntira oladi.
2.3. Leyshmaniyaning odamga yuqish jarayonini izohlay oladi.
M avzuning qisqacha mazmunL Leyshmaniya
(Leishmania) urug‘ining vakillari ham tripanosomalarga o'xshash tuzilgan, lekin ular
odam va hayvonlaming terisida hamda ichki organlarida parazitlik
qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganida, xivchin hosil qilmaydi va
harakatsiz boMadi.
Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm). Yumaloq, ovalsimon
hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti boMadi. Leyshmaniyalarning 2
ta turi odamlarda parazitlik qiladi. Ular odamlarga ikki xil yoM bilan
yuqadi: teri leyshmaniyasi-pendinka iskabtopar chivinning chaqishi
orqali, ichki leyshmaniya-kala-azar esa odamga it orqali yuqadi.
18
Tropik leyshmaniya
(Leishmania tropica) odamlarning yuz, qo‘l va
oyoqlari terisida parazitlik qiladi (6-rasm).