Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev



S. DADAYEV, Q. SAPAROV


O ' ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O lRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
S. DADAYEV, Q. SAPAROV
UMURTQASIZLAR ZOOLOGIYASIDAN
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
tomonidan o‘quv qo'llantna sifatida tavsiya etilgan
“NAVRO‘Z” nashriyoti 
TOSHKENT - 2018


К В К 45.11 (У)
S 28
UO‘K: 142.14.05
ISBN 978-9943-381-6-05
S. 
Dadayev, Q. Saparov. U m u rtq asizlar zoologiyasidan 
la b o ra to riy a m ash g ‘ulotlari. / Olquv qo'llanma / Т.: “NAVRO‘Z ”, 
2 0 1 8 .-2 2 0 b.
0 ‘quv qoilanm a oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichining 
biologiya yo‘nalishi talabalari uchun “Umurtqasizlar zoologiyasi” o‘quv 
predmeti bo'yicha tuzilgan o‘quv dasturiga mos holda yozilgan. 0 ‘quv 
qo‘llanmaning har bir laboratoriya mashg‘ulotida o‘rganiladigan 
ob’ektning sistematik holati, mashg‘ulotni o‘tkazish uchun kerakli 
materiallar va jihozlar, dars maqsadi, darsning identiv o‘quv maqsadi, 
ishning qisqacha mazmuni hamda mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bayon 
qilingan. Har bir mashg‘ulot yakunida talaba mavzuni mustaqil o‘qib, 
o‘z bilimini nazorat qilib borishi uchun savollar to‘plami yoki test 
topshiriqlari keltirilgan.
Taqrizchilar:
D.A.Azimov - Biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
A. Pazilov - Biologiya fanlari doktori, professor.
© “NAVRO‘Z” nashriyoti, 2018 
© S. Dadayev, Q. Saparov


K I R I S H
Zoologiya sohasidagi ma’lumotlar organik olamning kelib chiqishi 
va tarixiy rivojlanishini tushunib olishda hamda tabiatga nisbatan ilmiy- 
materialistik dunyoqarashning shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Hayvonlar 
ustida 
olib 
borilgan 
kuzatishlar 
va 
tajribalar 
organizmdagi biologik jarayonlarga ta’sir etish orqali uning faoliyatini 
boshqarish yo‘llarini ishlab chiqishga katta imkon beradi. Hayvonlar 
hayotini o‘rganish organik dunyodagi ekologik bog‘Ianishni tushunib 
olish hamda zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash usullarini 
ishlab chiqish; asalarichilik, ipakchilik, baliqchilik, parraridachilik va 
chorvachilikni yanada rivojlantirish, ovlanadigan, foydali va noyob 
hayvonlar sonini saqlab qolish va ko‘paytirishda muhim ahamiyatga 
ega.
Parazit va zararkunanda hayvonlami o'rganish, ular tarqalishining 
oldini olish va qarshi kurash choralarini ishlab chiqish uchun asos 
bo‘ladi. 
Tuproq hayvonlarini 
o‘rganish tuproq 
hosil 
bo‘lishi 
jarayonlarini tushunib olishga va tuproq unumdorligini oshirish 
usullarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Darhaqiqat, Respublikamizda oliy o ‘quv yurtlari bakalavriat 
bosqichining biologiya yo‘nalishi talabalariga boshqa fanlar qatori 
umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlarni o‘tish uchun 
o‘quv qo‘llanma yaratish shu kunning talabi hisoblanadi. Chunki hozirgi 
kunda 
Respublikamiz 
oliy 
o‘quv 
yurtlarida 
umurtqasizlar 
zoologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlar asosan o‘tgan asming 80-90 
yillarida o‘zbek va rus tillarida chop etilgan o‘quv qo‘llanmalar (K,. 
Самадов, М. Саидмуродова “Умурткасиз дайвонлар зоологиясидан 
практикум”, Т., 1984Й.; Е.Н. Фролова и др. “Практикум по зоологии 
беспозвоночных”, М., 1985г.; З.Н. Норбоев “Умурщасиз хдйвонлар 
зоологиясидан амалий машгулотлар” Т., 1991Й.; В.А. Mo'minov, 
X.S. Eshova, M.Sh. Raximov “Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy 
mashg‘ulotlar” T. 2005 y)) asosida o‘tilmoqda. Bu o‘quv qoMlanmalar 
ancha eskirgan va oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarida juda kam sonda 
qolgan bo‘lib, talabalarning foydalanishlari uchun yetarli emas. Shulami 
hisobga olib va asosan mahalliy materiallardan keng foydalangan holda 
ushbn o‘quv qo‘llanmani yozishni lozim topdik.
Mazkur 
“Umurtqasizlar 
zoologiyasi” 
o‘quv 
predmetidan 
laboratoriya mashg'ulotlar o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari 
bakalavriat bosqichining biologiya va biologiya o’qitish metodikasi 
ta’lim yo'nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, umurtqasizlar
з


zoologiyasi bo'yicha tuzilgan davlat ta’lim standartiga va o‘quv 
dasturiga mos holda yozilgan.
Ushbu o‘quv qoilanmada asosan Respublikamiz sharoitida 
uchraydigan umurtqasiz hayvonlar vakillarining sistematik holati, 
ularning morfologik va anatomik tuzilishi hamda rivojlanish jarayonlari 
to‘g‘risida 
kerakli 
ma’lumotlar 
keltirilgan. 
Shuningdek, 
o‘quv 
qoMlanmada laboratoriya mashg‘uIotlami 
bajarish uchun kerak 
bo‘ladigan materiallar va jihozlar, mashg‘ulotlami o‘tkazish tartibi 
hamda har bir mashg‘ulot yakunida talaba mavzuni mustaqil o‘qib o‘z 
bilimini nazorat qilib borishi uchun savollar to‘plami yoki test 
topshiriqlari keltirilgan. 0 ‘quv qoMlanma oxirida talabalar mustaqil 
o‘qib umurtqasizlar zoologiyasi o'quv predmeti bo‘yicha o‘z bilimlarini 
yanada oshirishlari uchun oxirgi yillarda chop etilgan ko‘plab o‘quv 
adabiyotlari manbalari keltirilgan.
Laboratoriya mashg‘ulotlarda talabalarda hayvonlarning morfologik 
va anatomik tuzilishi haqida tushuncha hosil qilishda faqat ho‘l va 
mikropreparatlami ko‘rsatib, jadvallardan foydalangan holda dars o ‘tish 
yetarli emasligini hisobga olib, mavzular bo‘yicha iloji boricha tirik 
hayvonlar asosida, ulaming tashqi va ichki tuzilishini mukammalroq 
tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Umurtqasizlar 
zoologiyasidan 
o‘tkaziladigan 
laboratoriya 
mashg‘ulotlaming eng zarur qismi o ‘rganiladigan ob’ektning rasmini 
chizishdir. Rasm chizishdan oldin hay von tuzili shining hamma 
qismlarini diqqat bilan sinchiklab o‘rganish lozim. Laboratoriya 
mashg‘ulotida hayvonlarning rasmini chizish uchun talabalar tomonidan 
alohida albom tutiladi.
Rasm chizishda rangli qalamlar yoki flomasterlar ishlatib, hay von 
organizmidagi turli organlami har xil rangga bo‘yash lozim.
Turli umurtqasiz havonlarning har xil organlari har xil rang bilan 
(masalan, ovqat hazm qilish organlari-jigar rang bilan, ayiruv organlari- 
yashil rang bilan, nerv sistemasi-sariq rang bilan, qon aylanish 
sistemasi-qizil rang bilan) bo‘yaladi.
Ushbu o'quv qo‘llanmani yozishda Z.N. Norboyev tomonidan chop 
etilgan “Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasidan amaliy mashg'ulotlar” Т., 
1991y. o ‘quv qo‘llanmasi asos qilib olindi.
0 ‘quv qoMlanmada albatta, ayrim kamchiliklar bo‘lishi mumkin. 
Shuning uchun mutaxassislarimiz tomonidan bildirilgan barcha istak va 
kamchiliklarni samimiyat bilan qabul qilamiz.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin