Umurtqasizlar zoologiyasidan


-mashg‘ulot. Parazit xivchinlilarning asosiy tuzilish xususiyatlari



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

3-mashg‘ulot. Parazit xivchinlilarning asosiy tuzilish xususiyatlari
1-ish. Afrika uyqu kasailigi qo‘zg‘atuvchisi-Trypanosoma
gambiense ning tuzilishi va rivojlanish sikii
Tripanosoma gambiense ning sistematik o‘rni
Tip. Sarkomastigoforalar-Sarcomastigophora
Kenja tip. Xivchinlilar-Mastigophora
Sinf. Hayvonsimon xivchinlilar-Zoomastigophorea
Turkum. Kinetoplastidalar-Kinetoplastida
15


Vakil. Afrika uyqu kasalligi qo‘zg‘atuvchisi-Trypanosoma
gambiense
Kerakli 
materiallar va jihozlar.
Tripanosomalar 
bo‘yicha 
tayyorlangan 
mikropreparatlar, rangli va 
oq-qora diapozitivlar, 
dioproektor, mikroskop, tripanosomalaming tuzilishi va rivojlanish sikli 
aks ettirilgan rangli jadvallar.
Mavzuning maqsadi.
Parazit xivchinlilardan-tripanosomalarning 
tuzilishi va rivojlanish siklini o'rganish.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
1.1. Tayyor mikropreparatlardan foydalana biladi.
1.2. Tripanosomaning yadrosini, xivchinini va toMqinsimon 
pardasini farqlay oladi.
1.3. Parazit xivchinlilaming keltiradigan kasalliklarini izohlay oladi.
Mavzuning 
qisqacha mazmunL
Tripanosomalar 
urug‘ining
vakillari odam va umurtqali hayvonlar qonida, orqa miya suyuqligida va 
boshqa organlarda parazitlik qiladi, qonga zaharli moddalar ajratib og‘ir 
kasalliklarni 
keltirib 
chiqaradi. 
Ular 
asosan 
rangsiz 
bo‘ladi. 
Tripanosomalaming shakli dukka yoki tasmaga o‘xshash yassi, uzunligi
15-40 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan 1 ta xivchini tanasining 
yonidan orqaga qarab yo‘naladi. Xivchin yupqa to‘lqinlanuvchi 
membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi, ya’ni 
kinetoplast endoplazmada xivchinning asosida joylashgan bo‘ladi.
Tripanosomalardan Afrika uyqu kasalligining qo‘zg‘atuvchisi- 
Trypanosoma 
gambiense,
chagas 
kassaligi 
qo‘zg‘atuvchisi- 
Trypanosoma cruzi
va uyqu kasalligining rodeziya qo‘zg‘atuvchisi- 
Trypanosoma rhodesiense
yaxshi o‘rganilgan (5-rasm).
Tripanosomalar bilan asosan Afrika, Janubiy va Markaziy Amerika, 
Osiyo va Yevropa mamlakatlarida odam va mahsuldor hayvonlar 
kasallanadi.
Trypanosoma gambiense
Afrikada tarqalgan juda og‘ir “uyqu 
kasalligi” deb atalgan hastalikni qo‘zg‘atuvchi parazitdir.
XX-asming birinchi yarimida shu kasallikdan 1 mln. dan ortiq kishi 
halok bo‘lgan. Kasallik tana haroratining ko‘tarilishi bilan boshlanadi, 
so‘ngra asta-sekinlik bilan markaziy nerv sistemasining qattiq 
shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish va aksincha, uxlay 
olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o‘z vaqtida davollanmasa, o‘limga 
olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlaming qoniga, limfa bezlariga, 
keyinchalik esa, orqa miya suyuqligiga o'tadi.
16



Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin