M u a l l i f l a r
1-mashg‘ulot. Mikroskopning tuzilishi va u bilan ishlash qoidalari
Kerakli jihozlar: biologik MBR-1, MBI-3 mikroskoplaming
tuzilishini aks ettiruvchi jadval, tomizg‘ichlar, buyum va qoplagich
oynalar, suv to‘ldiriIgan idishlar, mum yoki plastilin bo‘lakchalari, qo‘l
lupalari va binokulyarlar.
Biologik mikroskoplar optik yoritgich va mexanik sistemalardan
iborat (1-rasm).
1-rasm. Biologik mikroskopning tuzilishi: 1-okulyar; 2-tubus; 3-ob’ektivlar;
4-buyum stolchasi; 5-ko‘zgu; 6-makrovint; 7-mikrovint.
Mikroskopning optik qismiga okulyar, ob’ektivlar va ulami
birlashtiruvchi tubus kiradi. Har bir ob’ektiv metal 1 naychaga
joylashtirilgan linzalardan iborat, ular bir-biridan ma’lum masofada
o‘matilgan. Ulami katta qilib ko‘rsatish imkoniyati yon tomonida raqam
bilan ko‘rsatilgan. Masalan, 8X raqamli ob’ektiv 8 marta, 40x raqamlisi
esa 40 marta katta qilib ko‘rsatadi. Raqami 90x bo‘lgan ob’ektivni
immersion ob’ektiv deb ataladi. U bilan ishlayotganda tekshiriladigan
preparatning ustiga bir tomchi kedr moyi tomizilib, ob’ektivning pastki
uchi shu moyga botiriladi. Natijada tekshirilayotgan ob’ekt bilan linza
orasidagi havo o‘mida moy qavati paydo boiadi. Moy va linzaning
numi sindirish darajasi qariyb bir xil bo‘lganligi uchun ko'rilayotgan
ob’ektimiz aniq ko‘rinadi.
Okulyar linzalardan iborat bo‘lib, tubusning yuqori tomoniga
kiygizib ko‘yiladi. Uning katta qilib ko‘rsatish darajasi ustiga yozib
ko‘yilgan bo‘ladi. Raqam qancha katta bo‘Isa, okulyarning ko'rsatish
imkoniyati ham shuncha oshadi. Lekin okulyarning kattaligi ortishi bilan
ob’ektning ravshanligi xiralashadi. Shuning uchun har doim katta
okulyardan foydalanish tegishli natija beravermaydi. Tekshirilayotgan
ob’ektning necha marta kattalashtirilganligini bilish uchun ob’ektivdagi
raqamni okulyardagi raqamga ko'paytirish kerak.
Mikroskopning mexanik qismiga shtativ, buyum stolchasi, makro-
metrik (kremalera) va mikrometrik vintlar hamda revolverd kiradi.
Shtativning pastki qismi taqasimon bo‘lib, u mikorskopning stol ustida
turishiga yordam beradi. Shtativning yuqori qismi mikroskop dastasi
deyiladi va o‘ng qo‘l bilan ushlashga moslashtirilgan. Shtativga buyum
stolchasi biriktirilgan. Bu stolchaning markazida teshikchasi bo‘lib, u
ko‘zgu orqali tushadigan yorug‘likni ob’ektivga o‘tkazadi. Buyum
stolchasining ustida buyum oynasini qisib turadigan ikkita qisqich-
klemmalar bor. Ikkala yon tomonida esa ikkita vinti bo‘lib, bular
yordamida stolchani ob’ekt bilan birgalikda o‘ng yoki chap tomonga,
oldinga va orqaga siljitish mumkin.
Tubusni yuqoriga yoki pastga harakatlantirish uchun makrometrik
vintdan foydalaniladi. Makrometrik vint yoki kremalera fokus oralig‘ini
taxminan topishga va buyumning aksini ko'rishga imkon beradi.
Mikrometrik vint esa tubusni asta sekin harakatlantirib, fokusni
oralig‘ini aniqroq topish hamda tekshirilayotgan ob’ektning yuzasini va
ichki qismlarini ko‘rish maqsadida ishlatiladi. Buyum stolchasining
ostida mikroskopning yoritgich qismlari, ya’ni ko‘zgu, qondensor va
diafragmalar joylashgan.
Ko‘gu ikki tomanlama, bir tomoni tekis, ikkinchisi botiq bo‘lib,
yorug‘likni to‘plab beradi. Ko‘zgu shtativning pastki qismiga
harakatchan qilib o‘matilganligi uchun uni yorug‘lik manbaiga qarab
aylantirish mumkin. Kondensor ikkita linzadan iborat bo‘lib, ular
umumiy gardishga birlashgan. Kondensor ko‘zgudan tushayotgan numi
yig‘ib markazlashtirib o ‘tkazadi. Maxsus vint yordamida qondensorni
yuqoriga ko'tarib va pastga tushirib yorug‘likni oydinlashtirish yoki
xiralashtirish mumkin. Qondensoming ostida joylashgan diafragma
ayrim metall plastinkalardan iborat, ular doira shaklida bir-birini qoplab
turadi. Diafragma yopilganda plastinkalar markazida kichik teshikcha
hosil bo‘Iadi va yorugMik u orqali o‘tadi. Bu teshikchani diafragma
chetidagi dastak (richag) yordamida kattalashtirib yoki kichiklashtirib,
ob’ektni ravshan qilib ko‘rish mumkin.
Ish tartibi, 1. Mikroskopni stol ustida shtativ dastasini o‘zingizga
qaratib qo‘ying. Buyum stolchasi markazidagi teshikcha ustiga kichik
ob’ektivni qo‘ying. Keyin okulyarga chap ko‘z bilan qarang va
ko'zguning
botiq
tomonini
yorug‘lik
manbaiga
yo‘naltirib,
yorug‘likning tekis aks etishini kuzating. 2. Preparat shishasini buyum
stolchasiga shunday qo‘yingki, tekshirilayotgan ob’ekt stolcha
markazidagi teshikchaga to‘g‘ri bo‘lsin. So‘ngra kichik ob’ektiv
yordamida fokus oralig‘i to‘g ‘rilanadi. Buning uchun aw alo buyum
stolchasiga qarab turib, mikrometrik vint yordamida ob’ektiv qoplangich
oynasiga tegmaydigan qilib tushiriladi. Keyin okulyar orqali qarab,
mikrometrik vintni asta-sekin o‘zingiz tomonga buring va tubusni
yuqoriga ko‘taring. Natijada ob’ektning aksi ko‘rina boshlaydi. Keyin
mikrometrik vint bilan fokus oralig'ini yanada aniqroq to‘g‘rilab, ob’ekt
ravshanlashtiriladi.
Mikroskopda kuzatish uchun mayda hasharotlaming, tuban
qisqichbaqasimonlaming
tayyor
preparatlaridan
yoki
baqalar
saqlanadigan idishlardan olingan baqaning o‘lik epiteliy to‘qimasidan
tayyorlangan vaqtincha preparatlardan foydalanish mumkin. Aslida
sekin harakatlanuvchi ob’ektlarning bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Mikroskopning
katta
ob’ektivida
kuzatish
uchun
tubusni
ko‘tarmasdan (aks holda ob’ekt ko‘rinmay qoladi), revolverni burab,
zarur bo'lgan ob’ektiv qo‘uyiladi. So‘ngra okulyar orqali qarab turib,
mikrometrik vint bilan tubus pastga tushiriladi va fokus aniqlashtiriladi.
3. Qoplagich oynachaga mum yoki plastilindan oyoqchalar yasang.
Sutsimon oq planariya, gidra, dafniya va siklop kabi hayvonlarning
vaqtincha
preparatlarining
ustini
shu
oynacha
bilan
yopib,
mikroskopning kichik ob’ektivi orqali kuzating. 4. Jigar qurtining
bo'yalgan mikropreparatlarini binokulyar yordamida kuzating. 5.
Dafniya va sikloplar mavjud bo‘lgan suvdan biroz Petri shisha idishiga
solib,
uni
qo‘l
lupasi
yordamida
kuzating
va
suvdagi
qisqichbaqasimonlaming harakatiga e’tibor bering.
Mikroskop bilan birinchi marta ish boshlaganda quyidagi qoidalarga
amal qilish lozim:
1.
Mikroskop bilan ish boshlaganda oldin kondensor yuqoriga
ko‘tariladi, diafragma ochiladi va kichik (8X) ob’ektivni ob’ekt ustiga
keltiriladi.
2. 8х va 40х raqamli (quruq sistema) ob’ektivlar bilan ishlaganda
botiq ko‘zgudan, 90x raqamli (yogli sistema) ob’ektiv bilan ishlaganda
esa tekis ko‘zgudan foydalaniladi.
3. Preparatni o'rgana boshlaganda kichik (8X) ob’ektiv ishlatiladi.
Agar ob’ektning tuzilishini katta qilib ko‘rish zarur bo‘lsa, unda katta
ob’ektivga ko‘chiriladi.
4. Mikroskop tubusini pastga tushirganda, ob’ektiv preparatga
tegmasligi uchun, albatta buyum stolchasiga qarab turishi kerak, aks
holda ob’ektiv va o'rganilayotgan preparat sinishi yoki buzilishi
mumkin.
5. Mikroskop yordamida ob’ektlami tekshirganda chap ko‘z bilan
okulyarga, o‘ng ko‘z bilan esa qog‘ozga qarab ob’ektning rasmini
chizish kerak, ammo o‘ng ko‘zni yopish yaramaydi. Chap qo‘l bilan
mikrometrik vintni biroz aylantirib, preparatning turli chuqurlikdagi
satxini ko'rish mumkin.
6. Mikroskop bilan juda ehtiyot bo‘lib ishlash kerak, ayniqsa, uning
linzalaridan iborat bo‘lgan okulyar va ob’ektivlarini yumshoq oq toza
gazlamadan tayyorlangan ro'molcha bilan yoki maxsus mo‘yqalam bilan
tozalash maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |