Umurtqasizlar zoologiyasidan


-ish. Chig‘anoqIi amyobalardan-Arsella va Difflyugiyaning



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

2-ish. Chig‘anoqIi amyobalardan-Arsella va Difflyugiyaning
tuzilishi
Chig‘anoqli amyobalarning sistematik o‘rni
Tip. Sarkomastigoforalar-Sarcomastigophora
Kenja tip. Sarkodalilar-Sarcodina
Sinf. Ildizoyoqlilar-Rhizopoda
Turkum. Chig‘anoqIi amyobalar-Testacea
Vakillari. Arsella-Arcella vulgaris va Difflyugiya-Difflugia
pyriformis
Dars 
maqsadu
Chuchuk 
suvda 
yashovchi 
chig‘anoqli 
amyobalarning tuzilishi bilan tanishish. Chig'anoqli amyobalardan- 
arsella va difflyugiyaning oddiy amyobadan farqini o‘rganish.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
2.1. Chig'anoqli amyobalarning oziqlanish jarayonini aytib bera 
oladi.
2.2. Chig‘anoqli amyobalarni oddiy amyobadan farqini izohlay 
oladi.
Kerakli preparatlar va jihozlar.
Yalang‘och va chig‘anoqli 
amyobalarning tuzilishini tasvirlovchi jadvallar, mikroskop, buyum va 
qoplag'ich 
oynalar, 
chig'anoqli 
amyoba 
bor 
suyuqlik 
va 
mikropreparatlar.
Ishning mazjtnunL
Chig‘anoqli amyobalar faqat chuchuk suv 
havzalarida yashaydi. Ularni har qanday chuchuk suv havzasidan, 
botqoqliklardan topish mumkin. Ular ham xuddi yalang‘och amyobalar 
singari bentoslar kabi hayot kechiradi. Chig'anoqli amyobalar 
yalang‘och amyobalardan deyarli farq qilmaydi. Uning asosiy farqi 
shundaki, tanasi tashqi tomondan chig‘anoqlar bilan qoplangan. Bu 
chig‘anoqdan uning psevdopodiylari (yolg‘on oyoqlari) chiqib turadi.
25


Respublikamiz suv havzalarida chig‘anoqli amyobalardan-Arcella, 
Dif-flugia va boshqa avlod turlari uchraydi (8-rasm).
8-rasm. Chig'anoqli amyobaiar: A-Difflyugiya, B-Arsella,
D-Arse!laning orqa tomondan ko'rinishi
Arsellaning chig'anog'i sarg‘ish rangda, uning kattaligi 1 mm 
atrofida, shakli likopchaga o‘xshash bo‘lib, chig'anog'i organik 
moddalardan iborat. Protoplazmasida 2 ta yadrosi va bir necha 
qisqaruvchi vakuolalari bor.
Difflyugiyaning 
chig‘anog‘i 
noksimon 
shaklda 
og‘izchasi 
ingichkalashgan qismida joylashgan.
Difflyugiyaning chig‘anog‘i asosan organik moddadan iborat, bu 
moddani protoplazma ajratib chiqaradi. Chig‘anoq hosil bo‘lishda 
hayvon psevdopodiylari yordami bilan qum donachalarini qamrab oladi
bu qum donachalari endoplazmadan gavdaning sirtiga chiqib, organik 
qobiq tarkibiga qo‘shiladi, ya’ni chig‘anoqning organik asosi qum 
donachalarida 
to‘planadi. 
Chig‘anoqning 
og‘izchasidan 
faqat 
psevdopodiylari 
chiqib 
turadi 
va 
psevdopodiylari 
yordamida 
harakatlanadi, o‘ljasini tutadi. Ko'pchilik chig'anoqli amyobaiar oddiy 
ikkiga bo'linish yo‘li bilan ko'payadi.
Qattiq chig'anoqli amyobalarda bu bo'linish protoplazmatik o'simta 
(kurtak) hosil bo'lishdan boshlanadi. Kurtak sirtida chig'anoq hosil 
bo'ladi. Ikkita yosh individdan biri eski chig'anoqda qoladi, ikkinchisi 
esa yangi chig'anoq hosil qiladi.
Ishning bajarilishi.
Chig'anoqli amyobaiar bor suyuqlikdan bir 
tomchi olib, buyum oynasiga tomizing va uning ustini qoplag'ich oyna
26


bilan 
yoping. 
Tayyorlangan 
preparatni 
mikroskopning 
kichik 
obyektivida qarang.
Tayyor preparatdan ko‘rilayotgan chig‘anoqli amyobalardan arsella 
va difflyugiyani aniqiab, ulaming harakatini kuzating. So'ngra 
chig'anoq tagidagi psevdopodiya chiqadigan teshikni toping va 
amyobaning ana shu oyoqlariga tayanib qiladigan harakatiga e’tibor 
bering. Chig‘anoqli amyobalar vakillarini albomga chizib oling.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin