Umurtqasizlar zoologiyasidan


-mashg‘uIot. Sarkodalilarning asosiy tuzilish xususiyatlari



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

4-mashg‘uIot. Sarkodalilarning asosiy tuzilish xususiyatlari
1-ish. Oddiy amyobaning tuzilishi va ko‘payishi
Oddiy amyobaning sistematik o‘rni:
Kenja olam. Bir hujayrali hayvonlar-Protozoa
Tip. Sarkomastigoforalar-Sarcomastigophora
Kenja tip. Sarkodalilar-Sarcodina
Sinf. Ildizoyoqlilar-Rhizopoda
Turkum. Amyobalar-Amoebina
Vakil. Oddiy amyoba-Amoeba proteus
Dars maqsadi:
Sarkomastigoforalar tipining eng sodda tuzilishiga 
ega bo'lgan Oddiy amyoba, arsella va difflyugiyalaming tuzilishi hamda 
hayot kechirishi bilan tanishish.
Identiv o ‘quv maqsadlar:
1.1. Amyobaning harakatlanishini aytib bera oladi.
1.2. Amyobaning hujayra organoidlari vazifalarini izohlay biladi.
1.3. Amyobaning ko‘payishini tushuntira oladi.
1.4. Oddiy amyobalardan chig‘anoqli amyobalami farqlay oladi.
22


Kerakli preparatlar
va 
jiholar.
Amyoba 
tuzilishini 
va 
harakatlanishini aks ettiruvchi jadvailar, mikroskoplar, amyobaning 
bo‘yatgan tayyor mikropreparatlari, tirik amyobaiar mavjud bo‘lgan suv, 
buyum va qoplag‘ich oynalar, tomizgichlar, filtr qog‘ozining 
bo‘lakchaiari, arsella va difflyugiyalar mavjud bo‘lgan suv, mum yoki 
plastilin boMakchalari.
Ishning mazmunL
Oddiy amyobaiar koim ak suvlarda hayot 
kechiradi. U suv o‘tlari va bakteriyalar bilan oziqlanadi. Uning kattaligi
0,2-0,7 mm bo‘lib, protoplazma va yadrodan iborat (7-rasm).
7-rasm. Oddiy amyoba (Amoyeba proteus): 1-ektoplazma; 2-endoplazma;
3-qisqaruvchi vakuola; 4-ovqat hazm qiluvchi vakuolasi; 5-yadro.
Amyobaning sirtida qobiq bo‘lmaganligi uchun uning gavdasi 
doimo o‘zgarib turadi. Amyobalarda protoplazma ektoplazma (tiniq 
qavat) va endoplazma (suyuq va donador qavat)ga ajralgan. 
Endoplazmada yadro va har xil organoidlar bo‘ladi. Protoplazma doimo 
harakatlanib turadi, natijada amyoba tanasidan yolg‘on oyoq- 
psevdopodiyalar (protoplazmatik o'simta) chiqib turadi. Psevdopodiya 
harakatlanish organoidi vazifasini bajaradi. Psevdopodiya ovqatni 
ushlab, protoplazmaga uzatadi, hazm qilish vakuolasi ovqatni qamrab 
oladi va uning hazm bo‘lmagan qismini tashqariga chiqaradi. Amyoba 
jinssiz yo‘l bilan teng ikkiga bo‘linib ko‘payadi. Noqulay sharoitda 
amyoba sistaga o‘raladi.
Ishning bajarilishi.
Amyobaiar bor suyuqlikdan bir tomchi olib, 
buyum oynasiga tomizing va uning ustini qoplag'ich oyna bilan yoping.
Tayyorlangan preparatni mikroskop ostiga qo‘yib, amyobani toping. 
Yorug‘likni tartibga solish bilan amyobaning tashqi ko‘rinishini, tiniq 
protoplazmasini va undagi yolg‘on oyoqlarni kuzating.
23


Kuzatish davom ettirilsa, amyoba o‘z shaklini o‘zgartirib, sekin 
harakat qilayotganligini va yolg‘on oyoqlari yordamida ovqatni qamrab 
olayotganini ham ko‘rish mumkin. Mikroskopning katta obyektivi 
yordamida sirti oqish qavat (ektoplazma)ni va ichi donador qoramtir 
qavat (endoplazma)ni ko‘rasiz. Diqqat bilan qaralsa endoplazmada 
yadro va vakuolalami ham ko‘rish mumkin.
Oddiy amyobaning tuzilishini albomga chizib oling va 
bilimingizni nazorat qilish uchun quyidagi test topshiriqlariga javob 
bering. C=36.
1. Amyoba qanday nafas oladi? A-suvda erigan kislorod 
sitoplazmaga o‘tadi, B-karbonat angidrid sitoplazmaga o‘tadi, V- 
kislorod tashqi muhitga chiqadi, G-karbonat angidrid tashqi muhitga 
chiqadi.
2. Amyobalarda qisqaruvchi vakuola qanday vazifani bajaradi? A- 
hazm qilish, B-ortiqcha suvni chiqarib yuborish, V-zararli moddalami 
chiqarib yuborish, G-ta’sirlanish, D-harakatlanish, E-nafas olish.
3. Amyoba hujayrasida moddalar almashinuvi qanday sodir bo‘ladi? 
A-suv va kislorod hujayradan chiqarib yuboriladi, B-oziq moddalar, suv 
va kislorod sitoplazmaga o‘tadi, V-karbonat angidrid, suv, oziq 
moddalar hujayraga o‘tadi, G-karbonat angidrid, suv va keraksiz 
moddalar hujayradan chiqariladi.
4. Amyobaning ta’sirlanishi qanday namoyon bo‘ladi? A-tanasi 
yiriklashadi, B-tana shakli o'zgaradi, V-soxta oyoqlar hosil qiladi, G- 
soxta 
oyoqlarini 
tortib 
oladi, 
D-tanasi 
cho‘ziladi, 
E-tanasi 
yumaloqlanadi.
5. Amyobaning jinssiz ko‘payishida sodir bo‘ladigan jarayonlarni 
tartib bilan ko‘rsating: A-yadrolar bo'linayotgan hujayraning ikki 
tomoniga o‘tadi. B-sitoplazma ko'prigi uziladi, V-yadro cho‘ziladi, G- 
ikkita amyoba hosil bo‘ladi, D-yadro ikkiga ajraladi, E-hujayra ikkiga 
ajraladi.
6. Ildizoyoqlilami ularning ahamiyati bilan birga juftlab ko‘rsating. 
A-ichburug‘ amyobasi, B-foraminiferalar, V-nursimonlar: 1-chig‘anoqli 
ohaktosh konlarini hosil qiladi, 2-skeleti qoldig‘idan metallga ishlov 
beruvchi jilvir qog‘ozlar tayyorlanadi, 3-ichakda yara hosil qiladi.
7. Amyoba hujayrasi qismlari va ular funksiyasini juftlab ko‘rsating. 
A-sitoplazma, B-soxta oyoqlar, V-hazm qilish vakuoli, G-qisqaruvchi 
vakuol, D-yadro, E-hujayra membranasi: l-oziqni parchalab, hazm 
qiladi, 2-ko‘payishda ishtirok etadi, 3-tanada osmotik bosimni 
boshqaradi, almashinuv mahsulotlarini chiqaradi, nafas olishda
24


qatnashadi, 4-kislorod va suvni sitoplazmaga o‘tkazadi, 5-soxta oyoqlar 
hosil qiladi, 6-harakatlantiradi.
8. Amyobaning ko‘payishini tartib bilan ko‘rsating: A-ikkita yosh 
amyoba hosil boMadi, B-bo‘linish yana takrorlanadi, V-hujayrasi ikkiga 
boMinadi, G-hujayralar oziqlanib o‘sadi.
9. Amyoba hayot siklini tartib bilan ko‘rsating: A-qulay sharoitda 
sista qobig‘i yoriladi, B-noqulay sharoitda hujayrasi yumaloqlanadi, V- 
sista shamol orqali tarqaladi, G-sistadan amyoba chiqadi, D-sitoplazmasi 
qalin qobiq bilan o‘raladi, E-amyoba hayoti davom etadi, J-sista hosil 
boMadi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin