Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Muhokama uchun savollar:
1. Chig‘anoqli amyobalarning tuzilishi va ko‘payishini izohlang.
2. Albomga Arcella vulgaris va Difflugia pyriformisning rasmini
chizing.
3- ish. Foraminiferalarning tuzilishi va rivojlanish sikli
Foraininiferalarning sistematik o‘rni
Tip. Sarkomastigoforalar-Sarcomastigophora
Kenja tip. Sarkodalilar-Sarcodina
Sinf. Ildizoyoqlilar-Rhizopoda
Turkum. Foraminiferalar-Foraminifera
Vakil. Foraminifera-Elphidium crispum
Dars maqsadu
Foraminiferalarning tuzilishi, hayot kechirishi va 
amaliy ahamiyati bilan tanishish. Foraminiferalarning tuzilishi, 
psevdopodiyalari, chig‘anoqlarning bir va ko‘p kamerali bo‘lishini 
aniqlash.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
3.1. Foraminiferalarning ko'payishi va ulaming ahamiyatini izohlay 
biladi.
3.2. Foraminiferalarning chig‘anoqlarini farqlay oladi.
Kerakli preparatlar
va 
jihozlar.
Binokulyarlar, dengiz tubidan 
olingan qum, 
preparoval (preparat tayyorlash uchun) ninalar, 
mikroskoplar, foraminifera chig'anoqlarining mikropreparatlari, mum 
yoki plastilin bo‘laklari, buyum va qoplag‘ich oynalar, har xil shakldagi 
foraminifera chig‘anoqlarining tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar.
Ishning mazmunL
Foraminiferalar dengiz va okeanlaming tubida 
qum zarralari orasida yashaydi, ba'zilari esa suvda suzib yuradi. 
Protop!azmatik tanasini qoplab turgan chig‘anog‘i turli shaklda bo‘lib, 
himoya vazifasini bajaradi. Foraminiferalarning turlariga qarab, 
chig‘anoqlari bir xonali va bir-biri bilan tutashgan ko‘p xonaii bo‘lishi 
mumkin. Lekin har bir ko‘p xonali foraminiferalar o'z hayotining, 
dastlabki davrini bitta xonadan iborat chig‘anoqda yashashdan
27


boshlaydi. Keyinchalik uning yonida boshqa xonalar hosil bo‘ladi. 
Ammo birinchi paydo bo‘lgan chig‘anoq xonasi keyingilariga nisbatan 
kichik bo‘ladi va u embrion xona deb ataladi. Hamma xonalar bir 
biridan ular orasidagi to‘siqlar bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham 
foraminiferaning protoplazmatik tanasi bir xonadan ikkinchisiga o‘tib 
turadi. Fofaminiferalaming chig‘anoq xonalari bir qator, ikki qator, ba'zi 
turlarida parallel, spiral shaklda buralgan, doirasimon yoki boshqacha 
shakllarda joylashgan. Ayrim foraminiferalaming chig'anoq devorida 
juda ko‘p mayda teshikchalar bo‘ladi. Bu teshik orqali soxta oyoqlar 
chiqib turadi. (9-rasm).

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin