Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Foramnifera (Elphidium krispa) chiganoqlari va soxta oyoqlari



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

9-rasm. Foramnifera (Elphidium krispa) chiganoqlari va soxta oyoqlari
Agar bunday teshikchalar bo‘lmasa, oyoqchalari chig'anoqning 
oxirgi xonasidan chiqadi. Foraminiferalaming hamma turlarida 
chig‘anoq asosan ohakdan (СаСОз) iborat. Shuning uchun dengiz ostida 
chig'anoq qoldiqlaridan qalin ohak cho‘kmalar hosil boMadi va 
keyinchalik bunday joylarda ohaktosh, bo‘r qatlamlari vujudga keladi. 
Foraminiferalar jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko'payadi (10-rasm).
Elfidium
mikrosferik (embrion chig‘anog‘i juda kichik avlod) 
bo‘linish yo‘li bilan juda ko‘p yadrolar hosil qiladi. Keyin uning 
protoplazmasi ham yadrolaming soniga baravar bo‘lakchalarga ajraladi. 
Natijada bir yadroli mayda individlar paydo boMadi.
Oddiy ikkiga bo‘linishda farq qilib, buni sxizogoniya deyiladi. Bu 
individlar hosil bo‘lgandan keyin faqat jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.
28


!
i

Ularning yadrosi ham ko‘p marta boMinadi, protoplazmasi ham 

yadrolaming soniga muvofiq ravishda ajraladi. Lekin bu individlarda 
soxta oyoqchaiar emas, xivchinlar boMadi.
10-rasm. Foramnifera (Elphidium krispa) ning nasi almashinib ko‘payishi: A-
zigota, B-mikrosferik individ, D-mikrosferik individni ko‘p marta boMinishi, E, F-
makrosferik individ hosil boMishi, G-makrosferik individdan gametalar
hosil boMishi, H-gametalar kopulyatsiyasi.
Bular mikro va makrogametalardir. Bu ikkala gametaning 
qo‘shilishi natijasida zigota hosil boMadi. Zigota xivchinlarini yo‘qotib, 
faqat jinssiz ko‘payadigan mikrosferik individga aylanadi. Demak 
foraminiferalar jinssiz shizogoniya yoMi bilan va 
jinsiy xivchinli 
izogametalar hosil boMish yoMi bilan ko‘payadi. Bu ikkala ко‘pay ish 
usuli gallanib turish xususiyatiga egadir.
Ish tartibL
1. Quritilgan dengiz qumidan Petri idishiga solib bir xil 
qalinlikda yoying. Keyin binokulyar yordamida ustki qismidan 
yoritilgan holatda kuzating. Agar qum zarralari orasida foraminifera 
chig‘anoqlarini ajratish qiyin boMsa, binokulyarning ko‘zgusi orqali 
Petri idishining ostki qismidan ham yoritish mumkin.
29


2. Preparoval nina yordamida foraminifera chig‘anoqlarini buyum 
oynasi ustiga bir tomchi suvga qo‘yib, “oyoqchali” qoplag‘ich oynacha 
bilan yopib, mikroskopning kichik va katta obyektivlari orqali kuzating. 
Qum zarralari orasida foraminifera chig‘anoqlarini preparoval nina bilan 
terib olish uchun uning uchini mumga, plastilinga yoki vaqti-vaqti bilan 
suvga botirilsa chig‘anoqlar unga oson yopishadi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin