Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Dars maqsadi
Kurakoyoqlilar turkumining xarakterli tuzilish 
xususiyatlari, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganish.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
2.1. Siklopning yashash sharoitini tushuntira oladi.
2.2. Siklopning tashqi tuzilishini aytib bera oladi.
2.3. Siklopning ko‘payishi va rivojlanishini bayon qiladi.
Ishning mazmunu
Sikloplar kurakoyoqli qisqichbaqasimonlar
turkumiga mansub. Uning tanasi 1-2 mm uzunlikda bo‘lib, yelka 
tomonidan qorin tomoniga qarab yassilangan (56-rasm).
56-rasm. U rg ‘ochi siklopning tuzilishi:
1-ko‘zi; 2-antennulasi; 3-antennasi;
4-murakkab bosh-ko‘kragi; 5-to‘rtta
erkin ko'krak bo‘g ‘ini; 6-qorindagi
jinsiy bo‘g ‘ini; 7-tuxum xaltasi;
8-ayri o'simtasi; 9-ichagi; 10-ko‘krak
muskullari; 1 1-tuxumdoni.
Sikloplar ham dafniyalar singari 
chuchuk suv havzalarida yashaydi.
Siklopning tanasi boshko‘krak va 
qorin 
qismlarga 
ajraladi.
Boshko‘krak 5 ta segmentdan, qorin 
qismi 
esa 
urg‘ochilarda 

ta, 
erkaklarda 5 ta segmentdan tashkil topgandir.
Qorin qismining oxirgi uchi ayricha (furka) bilan tugaydi. 
Boshko‘kragida ikki ju ft m o‘ylovi bor. Ularning birinchi jufti
152


(antennulasi) ikkinchi juft mo‘ylovlari -antennalariga nisbatan uzun 
bo'ladi. Urg'ochilarining antennulalari to‘g‘ri erkaklarida esa ularning 
uchi ilmoqsimon bo'ladi va juftlashish vaqtida urg'ochilarni ushlab 
turishga moslashgan.
Urg'ochilarining ikki yon tomonida urug'langan tuxumlariga ega 
bo'lgan ju ft tuxum xaltalari bo'ladi. Siklopning ko'krak qismda 4 juft 
ikki ayrichali oyoqlari bor. Bular suvda suzish uchun xizmat qiladi.
Sikloplarda jabra bo'lmaydi. Tanasini qoplab turgan xitin juda 
yupqa bo'lganligi uchun ular butun tana yuzasi bilan nafas oladi. Hatto 
ularning tana qoplag'ichi orqali ichagi va jinsiy bezlari ham ko'rinib 
turadi. Qon aylanish sistemasi juda sodda tuzilishga ega, yuragi 
bo'lmaydi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin