Baqachanoq ichki tuzilishining rasmini chizing. Bilimingizni
nazorat qilish uchun quyidagi test topshiriqlariga javob bering.
C=50
1. Baqachanoq chig‘anog‘i uchun xos belgilarni ko‘rsating: A-
kosasimon, B-tuxumsimon, V-oldingi uchi cho‘ziq, G-orqa uchi cho‘ziq,
D-orqa uchi yumaloq, E-oldingi uchi yumaloq, J-pallaiari orqa
tomondan elastik pay orqali qo‘shilgan, Z-qorin tomondan maxsus
«tishlari» yordamida tutashgan, I-orqa tomondan chig‘anoq o ‘simtalari
orqali tutashgan, K-oldingi va keyingi qismida yopishuvchi muskullari
bor, L-og‘zi qopqoqcha bilan yopiladi.
2. Baqachanoq chig‘anog’ining ochilib-yopilishi va tuzilishiga xos
belgilami juftlab ko‘rsating: A-chig‘anoq pallalari ochiladi, B-chig‘anoq
pallalari yopiladi, V-chig‘anoq sirtqi qavati, G-chig‘anoq o ‘rta qavati,
D-ichki qavat: 1-ohakdan iborat, 2-sadafdan iborat, 3-chig‘anoq
muskullari qisqarganida. 4-chig‘anoq muskullari bo‘shashib, paylari
tortilganida, 5-muguzdan iborat.
3. Baqachanoq mantiyasi tuzilishi va funktsiyasi hamda ularga xos
belgilarni juftlab ko‘rsating: A-funktsiyasi, B-baqachanoq tanasi ikki
yonida, V-baqachanoq gavdasi orqa tomonida, G-mantiya ichki yuzasi,
D-mantiya bilan tanasi oralig‘ida: 1-kiprik bilan qoplangan, 2-gavdani
o ‘rab turadi, 3-burmaga o‘xshash osilib turadi, 4-kirish va chiqish
sifonini hosil qiladi, 5-mantiya bo‘shlig‘ini hosil qiladi.
4. Baqachanoq hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan? A -og‘iz
teshigi kipriklar bilan o‘ralgan, B-oshqozoni ikki bo‘lmali, V-halqumi
yumaloq oshqozonga ochiladi, G-o‘rta ichagi to‘g‘ri naychaga
147
o‘xshaydi,
D-oshqozoniga jigar
yo‘li
ochiladi,
E-oshqozoniga
oshqozonosti bezi yo‘li ochiladi, J-o‘rta ichak yurak oldi xaltasi ichidan
o‘tadi, Z-ichak chiqarish sifoniga ochiladi.
5.
Suv va oziq moddalarni baqachanoq organizmiga o ‘tishini tartib
bilan ko‘rsating: A-suv jabralar orqali o'tadi, B-suv bilan kislorod va
oziq moddalar kiradi, V-oziq zarralari paypaslagichlar yordamida
og‘izga o ’tadi, G-suv kirish sifoni orqali mantiya bo’shlig‘iga o’tadi, D-
suv va moddalar almashinuv mahsulotlari chiqarish sifonidan chiqib
ketadi, E-kislorod jabralari orqali qonga o‘tadi.
6.
Baqachanoq organlari va ularga xos tuzilish belgilarini juftlab
yozing: A-ayirish sistemasi, B-nerv sistemasi, V-jinsiy sistemasi, G-
yuragi, D-jabralari, E-hazm qilish sistemasi: 1-oyoqlari ikki yonida
joylashgan, plastinkasimon, 2-bir juft tasmasimon metanefridiylar yurak
oldi xaltasidan boshlanadi, 3-oshqozon, jigar va ichakdan iborat, 4-
oldingi yopuvchi, keyingi yopuvchi muskullar ostida va oyoq ustida
joylashgan tugunlardan iborat, 5-ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm
rivojlanmagan, 6-qorin va ikkita old bo’lmadan iborat.
7. Baqachanoq chig’anog’i qanday tuzilgan? A-ikki pallali, B-uch
pallali, V-pallalari orqa tomondan elastik paylar orqali tutashgan, G-
pallalari tishchalar orqali tutashgan, D-chig’anog’ ining oldingi va
keyingi tomonida pallalar o’rtasida yopuvchi muskullari bor, E-
muskullar pallalar ustida joylashgan.
8. Baqachanoq chig‘anog‘i qavatlari bilan ularga mos keladigan
nomlami juftlab yozing: A-tashqi, B-o‘rta, V-ichki: 1-sadaf, 2-muguz, 3-
ohak.
9. Chiqarish sifoniga qaysi organlar yo‘li ochiladi? A-jigar, B-ichak,
V-ayirish, G-jinsiy, D-qon tomirlari, E-oshqozon.
10. Baqachanoqning ko‘payish va rivojlanishini tuxumdan boshlab
tartib bilan ko‘rsating: A-baqachanoq lichinkalari mollyuska tanasidan
chiqadi, B-lichinkalar suv tubiga tushadi, V-tuxumdan gloxidiy lichinka
chiqadi, G-gloxidiy baliq terisiga yopishadi, D-urug‘langan tuxumini
jabralarga qo'yadi, E-lichinka yosh mollyuskaga aylanadi, J-lichinkalar
2 oygacha baliqiar terisi ostida parazitlik qiladi.
11. Baqachanoq nima bilan oziqlanadi? A-chuvalchanglar, B-sodda
bir hujayrali hayvonlar, V-balchiq, G-mayda qisqichbaqasimonlar, D-
hayvon murdalari, E-suv o ‘tlari.
148
23-m ashg‘uiot. Q isqichbaqasim onlar sinfi vakillari-
dafniya va sikioplarning tuzilishi ham da ko‘payishi
1-ish. D afniyaning tuzilishi va ko‘payishi
D afniyaning sistem atik o‘rn i
Tip. Bo‘g‘iraoyoqlilar-A rthropoda
K enja tip. J a b ra bilan nafas oluvchilar-B ranchiata
Sinf. Q isqichbaqasim onlar-C rustacea
K enja sinf. Jabrao yoq li qisqichbaqasim onlar-B ranchiapoda
T u rk u n i. Bargoyoqli qisqichbaqasim onlar-Phyllopoda
K enja tu rku m . Shoxdor mo‘ylov!i qisqichbaqalar-C ladocera
V akil. D afniya-D aphnia pulex
K erak li m ateriallar va jihozlar. Dafniyaning tashqi va ichki
tuzilishi aks ettirilgan rangli jadvallar, fiksirlangan va tirik dafniyalar,
dafniyalaming bo‘yalgan tayyor mikropreparatlari, mikroskoplar, qo‘l
lupalari, vannachalar, preparoval ninalar, tomizgichlar, buyum va
qoplag‘ich oynalari, mum yoki plastilin boiakchalari, Petri idishlari, suv
toMdirilgan stakanlar, flltr qog‘ozi bo‘lakchalari.
Dostları ilə paylaş: |