qirrasi, 4-yelka qirrasi, 5-chig‘anoq cho‘qqisi, 6-chig‘anoqni quruvchi tashqi paylar; B-baqachanoq lichinkasi-gloxidiy: 1-Iichinka chig‘anog‘i, 2-chig‘anoqni yopuvchi muskuli, 3-chig‘anoq tishchalari, 4-sezgir tukchalar to'plami, 5-bissus bezlari. Ovqat jigardan ajraladigan suyuqlik yordamida hazm bo‘ladi.
Ayirish sistemasining ishini buyrak bajaradi (54-rsam).
Baqachanoqning qon aylanish sistemasi ochiq, yurak tananing yelka
tomonidagi ikkilamchi tana bo‘shlig‘ining (selom) qoldig‘i-yurak oldi
xaltasining (perikardial bo‘shliq) ichida joylashgan.
Yurak ikkita yurak bo‘lmasi va bitta yurak qorinchasidan tashkil
topgan. Yurak qorinchasidan oldinga va orqa tomonlarga aortalar
chiqadi. Qon aortadan arteriyalarga o‘tadi. U kapillyar qon tomirlari
yordamida butun tanaga tarqaladi. Karbonat angidridga to‘yingan qon
esa lakunlardan o‘tib, venalar orqali jabraga keladi va oksidlanib,
yurakning boMmachalariga olib keladi. Undan yurak qorinchasiga o‘tadi
va aortalar orqali yana tanaga tarqaladi.
Tishsizlar ayrim jinsli, tashqi ko‘rinishidan erkagi urg‘ochisidan
farq qilmaydi. U rg‘ochi tishsiz yetilgan tuxumlarini jab ra yaproqchalari
oralig‘iga qo‘yadi. Erkaklari spermatozoidlarini esa suvga chiqaradi va
baqachanoqning kirish sifoni orqali urg‘ochisining tanasiga kiradi.
Tuxum jabra yaproqchalari orasida urug‘Ianib bir necha kundan so‘ng
gloxidiy deb ataluvchi lichinka chiqadi.
Lichinkaning ikki pallali chig‘anoq qirralari tishchali bo‘!adi.
Bunday lichinkalar erta bahorda ona organizmidan suvga chiqadi va
biroz harakatlanib, keyin chig‘anoqlari tishchalari va yopishqoq bissus
ipchalari yordamida turli baliqlarning jabrasiga va suzgich qanotlariga
145
ilashib, parazit holda hayot kechira boshlaydi. Natijada, zararlangan
baliqiar tanasida shishlar paydo bo‘ladi.