Kerakli materiallar va jihozlar. Tirik va spirtda fiksirlangan
baqachanoqlar, baqachanoqning chig'anoqlari, baqachanoq lichinkasi-
gloxidiyning bo‘yalgan tayyor mikropreparatlari, mikroskopiar, qo‘l
lupalari, vannachalar, qisqichlar, skalpellar, qaychilar, preparoval
ninalar, baqachanoqning tuzilishi va rivojlanish sikli aks ettirilgan
jadvallar.
Mavzuning maqsadi Baqachanoqning tuzilishi, ko'payishi va
rivojlanishini o'rganish.
Identiv о ‘quv maqsadlari: 1. Baqachanoqning tashqi tuzilishini aytib bera oladi.
2. Baqachanoqning ichki tuzilishini izohlay biladi.
3. Plastinkajabralilar chig‘anog‘ining tuzilishini tushuntira biladi.
Mavzuning qisqacha mazntuni. Baqachanoqlar chuchuk suv
havzalarida ko‘p tarqalgan. Tanasi
cho'zinchoq ikkipaliali, bu
ikkipallalilarning yelka tomonida bir-biriga muskul yordamida birikkan
bo‘ladi.
Baqachanoq tanasining old tomonini balchiqqa tiqib, orqa tomonini
suvga chiqazib, suv oqadigan tomoniga qarab yotadi. Chig‘anoq
pallasining oldingi tomoni keng va dumaloq, orqa tomoni esa torroq
bo'ladi. Chig‘anoq uch qavatdan iborat bo‘lib, unftig pallalariga ikki
tomondan yupqa teri qavati-m antiya yondashgan (53-rasm).
Mantiya bilan tana orasida mantiya bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi.
Tanasining orqa tomonidagi chig‘anoq pallalari orasida mantiya ikkita
kalta nay-sifon hosil qiladi.
Gavdasining o ‘rta qismida katta toq oyog‘i joylashgan. U jabralari
yordamida nafas oladi. Mantiya bo‘shlig‘iga suv bilan ozuqa kiradi.
Oziq og‘iz parraklari yordamida og‘ziga keladi.
144
53-rasm. Baqachanoq (Anadonta sygnea )n in g tashqi k o ‘rinishi va gloxidiy lichinkasining tuzilishi: A-baqachanoq: l-oldingi qirrasi, 2-qorin qirrasi, 3-orqa