Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Baqachanoqning ichki tuzilishi: 1-chig‘anoq cheti, 2-mantiya cheti



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

54-rasm. Baqachanoqning ichki tuzilishi: 1-chig‘anoq cheti, 2-mantiya cheti,
3-pedal nerv gangliyasi, 4-og‘zi, 5-oldingi tutashtirgich muskuli, 6-serebral nerv
gangliyasi, 7-oshqozoni (yorib ko'rsatilgan), 8-jigari, 9-ichagi (qisman yorilgan),
10-yurak oldi bo‘shlig‘I, 11-yurak qorinchasidan o ‘tgan orqa ichagi, 12-yurak oldi
bo‘lmasi, 13-yurak qorinchasi, 14-buyragi, 15-orqa tutashtirgich muskuli, 16-anal
teshigi, 17-kloaka sifoni, 18-jabra sifoni, 19-visseral nerv gangliyasi,
20-jabrasi, 21-jinsiy bezi.
Baliqiar terisi ostida gloxidiylar 1-2 oy davomida parazitlik qilib 
rivojlanadi va asta-sekin kichik baqachanoqqa aylanadi. Keyinchalik 
ular baliq terisini yorib, suv tubiga cho‘kadi va mustaqil hayot kechiradi. 
Gloxidiylar ayniqsa, baliqlarning jabra to‘qimalarida parazitlik qilib
ulaming nafas olishini qiyinlashtiradi va natijada, ko'plab baliqiar nobud 
bo'ladi.
Ma$hg‘ulotni o ‘tkazish tartibi:
1. Baqachanoqning chig'anoq 
tuzilishini o'rganing. Uning yillik halqalarini aniqlang. Anadonta 
tanasining oldingi va keyingi tomonlarini aniqlang. Chig'anoqning ustki 
ko'rinishming rasmini chizing.
2. 
Agar imkoniyati bo'lsa, tirik anadontani akvariumda kuzating. 
Muskulli oyoqning harakatiga diqqat qiling. Sifonlardan suvning kirish 
va chiqishini kuzating. Buning uchun akvariumdagi baqachanoqning 
orqa tomoniga birorta rangli eritma (tush, karmin) tomiziladi. Rangli
146


eritmaning kirish sifoni orqali kirib, chiqarish sifonidan chiqishiga 
e'tibor bering.
3. 
Baqachanoqning ichki tuzilishini o‘rganish uchun chig‘anoq 
pallalari orasiga issiq suv quyiladi. Keyin jarrohlik pichog‘ini 
baqachanoq chig‘anoq pallalari orasiga tiqib, ligament yaqinidagi 
oldingi va keyingi yopuvchi muskullarni kesing. Natijada pallalar 
ochiladi. Yorilgan baqachanoqni preparoval vannachaga qo‘yib, uni 
ustidan tanasi suvga ko‘milguncha suv quyiladi. Shundan so‘ng, qisqich 
bilan mantiya pardasining bir chetidan ushlab ko‘tariladi va uning 
ostidagi mantiya bo‘sh!ig‘i, jabra plastinkalari ko‘rinadi. Mantiya 
pardasining oxiridagi 
kirish 
va chiqarish sifonlarini 
kuzating. 
Baqachanoqning ichak, yurak va boshqa organlarini o‘rganish uchun 
oyoqning asos qismidan boshlab skalpel yordamida tana ikkiga 
ajratiladi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin