Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Qoraqurt: A-urg‘ochisi, B- erkagi



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

60-rasm. Qoraqurt: A-urg‘ochisi, B- erkagi.
165


Qoraqurtning urg‘ochisi 10-20 mm, erkagi esa 4-7 mm atrofida 
bo'ladi. Urg'ochi qoraqurt tuproq ustidagi chuqurcha, kemiruvchilaming 
ini, yirik toshlarning ostiga in quradi. Inining og'ziga tutqich to'rini 
tortib qo'yadi. Issiq yoz mavsumida (iyun, iyul) qoraqurtlar pana joy 
qidirishga tushadi. Qoraqurtlar bilan zaharlanish ana shunday migratsiya 
davrida ko'proq sodir bo'ladi. Qoraqurt zahari tuyalar va otlarga ayniqsa 
kuchli ta'sir ko'rsatib, ularni odatda o'lim ga olib keladi. Qoraqurt zahari 
odamlarga ham kuchli ta'sir qiladi, ba'zan halokatga olib kelishi 
mumkin. Qoraqurt chaqqan odam qoraqurtga qarshi zardob bilan 
yemlanadi.
Erkak qoraqurtning qorin qismi cho'zinchoq bo'lib, bosh- 
ko'krakning eniga teng keladi. Erkak qoraqurtning oyoqlari uzun 
bo'ladi. Uning paypaslagich oyoqlari (pedipalpalari) urg'ochilarinikiga 
nisbatan ancha o'zgargan bo'lib, uchlari dumaloq shaklda va o'ziga xos 
qo'shilish organ vazifasini bajaradi.
Urg'ochi qoraqurtlar voyaga yetganda o'zi to'qigan inda yashaydi. 
Ulaming urug'lanishi iyun oyi va iyulning boshlarida bo'ladi. 
Kopulyatsiya (qo'shilish) dan keyin erkaklarining ko'pini urg'ochilari 
yeb qo'yish odatlari m alum , umuman erkaklari uig'ochilari bilan 
qo'shilgandan keyin o'ladi. Urug'langan urg'ochilari yangi joylarga 
к о 'chib o'tib, o'zlariga uya yasaydi. Bu yerda ular ko'p (100-700 
tagacha) tuxum qo'yadi, tuxumlari pillaga o'ralgan bo'ladi. Ular iyul 
oyidan sentyabrgacha uya qurib tuxum qo'yadi. Bu vaqtda erkak 
qoraqurtlar bo'lmaydi.
Yosh qoraqurtlar pillaga o'ralib qishlaydi. Aprel oyida birinchi 
yoshdagi o'rgim chak avlodlari pilladan chiqib, o'rgim chak ipini yozadi 
va shamolda ipi uzilib, uyadan ajralib ketadi. Shuning natijasida ular 
hamma joyga tarqaladi. Ular o'troq holda yashaydi va birin-ketin yetti 
marta lichinkalik davrini o'taydi. Bir davrdan ikkinchisiga o'tishda po'st 
tashlaydi. Iyun oyida voyaga yetadi. Qoraqurt odamni ayrim fasllarda 
chaqadi. Urg'ochi qoraqurtlar bir yerdan ikkinchi yerga ko'chganda 
(may, iyun va iyul oylarida) chaqadi. Erkak qoraqurtning zahari kamroq 
va ta'siri kuchsiz, qoraqurtning zahari o'zini himoya qilish maqsadida va 
oziqlanish paytida ishlatiladi. Hech qachon odam va hayvonlarga hujum 
qilmaydi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin