Identiv o ‘quv maqsadlari:
1.1. Aureliyaning tashqi tuzilishini tushuntirib bera oladi.
1.2. Meduzalarning ichki tuzilishini gapira oladi.
1.3. Aureliyaning ovqat hazm qilish sistemasini bayon qiladi.
1.4. Aureliyaning ko‘payishi va yashash tarzini izohlay oladi.
Ishning mazmuni.
Aureliya Qora, Barens, Oq va Uzoq Sharq
dengizlarida keng tarqalgan. Uning soyabonsimon
tanasi uncha katta
emas, diametri 20-30 sm gacha b o iad i. Soyabon chetida yuzlarcha kalta
paypaslagichlari, ularning oralig‘ida esa 8 ta qirg‘oq tanachalar-
ropaliyalar joylashgan. Ropaliyalarda yorug‘likni sezuvchi mayda
ko‘zchalar, muvozanat organi va hid sezuvchi
nerv hujayralari mavjud
(20-rasm).
Soyabon ostining markaz qismida 4 ta og‘iz oldi kurakchalari
(paypaslagichiar), ularning o‘rtasida esa to'rtburchak shakldagi og‘iz
joylashgan. OgMz oldidagi va soyabon atrofidagi paypaslagichiarining
hammasi otiluvchi hujayralarga ega. Og'izdan
keyin davom etadigan
qisqagina tomoq gastrovaskulyar sistemaning markaziy qismiga, ya'ni
oshqozonga borib qo‘shiladi. Oshqozon bir-biridan parda bilan ajralgan
4 ta xona hosil qiladi. Bularda juda ko‘p otiluvchi
va bezli hujayralarga
ega bo‘lgan gastral iplar bor.
Dostları ilə paylaş: