13-mas hg‘ulot. So‘rg‘ichlilarning asosiy tuzilish xususiyatlari va ko‘payishi 1-ish. J ig a r q u rtin in g tuzilishi va rivojlanish sikli
O ddiy jig a r q u rtin in g sistem atik o‘rn i
Tip. Y assi chuvalchanglar-PIathelm inthes
Sinf. So‘r g ‘ichlilar-T rem ato da
T u rk u m . Fatsioiidalar-F asciolida
Vakil. O ddiy jig a r qurti-F asciola hepatica
Mashg‘ulot uchun kerakli materiallar va jihozlar. Jigar qurtining
ovqat hazm qilish, ayirish va jinsiy organlari tuzilshi bo‘yicha
tayyoriangan preparatlar, tirik jigar qurti, fiksatsiya qilingan jigar qurti,
qo‘l lupalari, binokulyar, mikroskop, qisqichlar, preparoval ninalar,
buyum va qoplang'ich oynalar, Petri shisha idishlari, jig ar qurtining
tuzilishi va rivojlanish sikli aks ettirilgan rangli jadvallar.
Mavzuning maqsadi Odam va chorva mollari jigarida, o‘t
yo‘llarida parazitlik qiluvchi oddiy jigar qurtining o‘ziga xos tuzilishi va
parazitlikka moslashish belgilari hamda rivojlanish siklini o‘rganish.
Identiv о *quv maqsadlari: 1.1. Jigar qurtini tashqi tuzilishini aytib bera oladi.
1.2. Jigar qurtini ovqat hazm qilish sistemasini tushuntira oladi.
1.3. Jigar qurtining ko‘payishi va rivojlanish siklini izohlay oladi.
Ishning mazmuni: Respublikamizda mahsuldor hayvonlar va
odamlarda jig ar qurtlarining asosan 2 ta turi, ya’ni oddiy jigar qurti
(Fasciola hepatica) va gigant jigar qurti (Fasciola gigantica) parazitlik
qiladi. Oddiy jig ar qurti odatda mayda va yirik shoxli mollarda, ba’zan
boshqa hayvonlar va odamlaming jigarida hamda o‘t yo'llarida
parazitlik qiladi (25-rasm).
Oddiy jigar qurti bargsimon shaklda bo‘lib, voyaga yetganlarining
tanasi uzunligi 2-3,6 sm, eni esa 5-12 mm keladi. Bunday fatsiolalaming
rangi kulrang va biroz qo‘ng‘ir bo‘Isa, jigar to ‘qimalarida parazitlik
qiluvchi yosh trematodalar oq, sutsimon ko‘rinishga ega va ular
tanasining uzunligi odatda 18-19 mm dan oshmaydi.
Jigar qurtlari biogelmint bo‘lib, ular asosiy va oraliq xo‘jayinlar
ishtirokida rivojlanadi. Bunda rivojlanishning boshlang‘ich davrini
o ‘tish uchun oraliq xo ‘jayin, parazitning to‘liq rivojlanishi uchun esa
asosiy x o ‘jayin bo‘lishi kerak.
Chuchuk suvlarda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalardan-kichik
chuchuk suv shillig‘i