Mavzuning qisqacha mazmuni. Mahsuldor hayvonlar va odamlarga
katta zarar keltiradigan tasmasimon chuvalchanglardan biri bu
exinokokkdir. Shakli tasmasimon boMib, uzunligi 2-6 mm atrofida,
tanasi skoleks va 3-4 ta bo‘g ‘imdan iborat. Skoleksida 4 ta so ‘rg‘ichi va
xartumi bor. Xartumi ikki qator bo‘lib joylashgan 28-40 tagacha xitinli
ilmoqchalar bilan qurollangan. Skoleksdan keyingi birinchi va ikkinchi
bo‘g ‘imlari germafrodit bo‘lib, unda 50 taga yaqin urug‘don, urug‘
tashuvchi naycha, jinsiy bursa, tuxumdon, melis tanachasi va qin
joylashgan. Oxirgi yetilgan bo‘g‘imi 400-800 ta tuxum bilan toMgan
boMadi. Voyaga yetgan tasmasimon exinokokk it va boshqa go‘shtxo‘r
hayvonlarning ichagida 6 oy, ba’zan 1 yilgacha yashashi mumkin.
Exinokokkning yetilgan oxirgi bo‘g ‘imiari asosiy xo‘jayini axlati bilan
tashqariga chiqariladi va bu bo‘g ‘imlar faol harakat qilib, 5-25 sm gacha
boMgan masofani bosib o‘tib yem-xashak hamda boshqa narsafarga o‘z
tuxumlarini sochadi (34-rasm).
Oraliq xo ‘jayinlari-qo‘y, echki, tuya va boshqa o‘txo‘r hayvonlar
yem-xashak orqali exinokokkning tuxumlarini o ‘zlariga yuqtiradi.
M azkur hayvonlar ichagida tuxumdan ajralgan 6 ilmoqli onkosfera tezda
ichakni teshib, qonga o'tadi va hayvonlarning o‘pkasi, jigari, buyragi va
boshqa organlariga borib joylashadi. Bu organlarda exinokokk pufagi
hosil boMadi. U juda sekin va uzoq o‘sib, tobora kattalashib boradi.
Exinokokkning pufakli shakli 10-30 yilgacha ham o'sishi mumkin.
Pufak ichida exinokokk lichinkasi taraqqiy etadi va bosh qismi
ichkarisiga qayrilgan ilmoqchali shakllar hosil boMadi.
Exinokokk
pufaklari
bilan
zararlangan
organlaming
hajmi
kattalashib, shakli o ‘zgarib ketadi. Exinokokk pufakchalari shakli
yong‘oqdek, olmadek, hatto yosh bola boshidek keladi. Agarda itlar
exinokokk bilan zararlangan chorva mollari o ‘pka va jigarini yesa, ular
92
ichagida exinokokk lichinkalari 2-3 oyda jinsiy voyaga yetadi va tashqi
muhitga yana exinokokk tuxumlarini chiqara boshlaydi.