35-rasm. Serbar tasmasimon chuvalchangning rivr g'nnish bosqichlari: 1-
serbar tasmasimon chuvalchangning voyaga yetgan shak*., 2-asosiy xo ‘jayinlari; 3-
parazit tuxumi; 4-koratsidi-y; 5-birinchi oraliq x o ‘jayint-siklop; 6-proserkoid
lichinkasi; 7-ikkinchi oraliq xo‘jayini-baliqlar; 8-pleroserkoid lichinkasi;
9-baliq muskulidagi pleroserkoidlar.
Asosiy xo‘jayini-odam, mushuk, it, tulki va boshqa yirtqich
hayvonlar.
Birinchi
oraliq
xo‘jayini
suvda
yashovchi
mayda
qisqichbaqasimonlar (siklop va diaptomuslar) va ikkinchi oraliq
xo‘jayini, ya’ni qo‘shimcha xo‘jayini chuchuk suv baliqlari hisoblanadi.
Bunda asosiy xo'jayinda yetilgan keng tamasimon chuvalchangning
tuxumlari axlat bilan birga tashqi muhitga chiqariladi. Bu tuxumlar faqat
95
suvda rivojlanadi. Oradan 3-5 hafta o‘tgach, tuxumdan usti kiprikchalar
bilan qoplangan koratsidiy chiqadi. Koratsidiy sharsimon bo‘lib, suvda
kipriklari yordamida suzib yuradi. Koratsidiylaming kiprikli epiteliysi
ostida 6 ilmoqli onkosfera bo‘ladi. Koratsidiylami siklop yutadi.
Sikloplar ichida koratsidiylar kipriklarini yo‘qotadi va onkosferalar
ichak devorini teshib tana bo‘shlig‘iga o ‘tadi. Bu joyda onkosfera
keyingi lichinkalik davri-proserkoidga aylanadi.
Proserkoidning bosh qismida 6 ilmoqli yumaloq kichkina o ‘simta
boMadi. Proserkoidning rivojlanishi 3 haftacha davom etadi. Keyinchalik
bunday lichinkalar bilan zararlangan sikloplarni cho‘rtan, nalim va ba’zi
losossimon baliqlar yutib yuboradi. Proserkoidlar baliq oshqozonidan
muskullari, jigari va boshqa organlariga o ‘tadi hamda keyingi
lichinkalik davri-pleroserkoidga aylanadi. Pleroserkoidning uzunligi 10-
15 mm bo‘lib, bosh qismida so‘rg‘ichlari-botriylari boMadi. Bu
lichinkalik davri yuqumli hisoblanadi.
Odamlar xom va chala pishirilgan pleroserkoidli baliq go'shtini
yoki ikrasini iste’mol qilganda, serbar tasmasimon chuvalchangni
o ‘zlariga
yuqtiradi.
Odam
organizmida
21-36
kundan
keyin
pleroserkoiddan 8-15, ba’zan 20 m uzunlikdagi jinsiy voyaga yetgan
keng tasmasimon chuvalchang yetishadi. Bu parazitning rivojlanishida
asosiy xo‘jayin va ikkita oraliq xo'jayindan tashqari, ayrim hollarda
rezervuar xo‘jayin ham ishtirok etishi mumkin. Bunday rezervuar
xo'jayinlar har xil yirtqich baliqlar boMib, ular pleroserkoid bilan
zararlangan mayda baliqlarni yutib yuboradi. Bunda mayda baliqlardagi
pleroserkoid yirtqich baliqlar muskullariga va boshqa organlariga
o‘mashadi va o ‘zining tiriklik holatini saqlab qoladi. Masalan, bitta
cho'rtan baliqda 250 tagacha pleroserkoid uchraganligi aniqlangan. Bir
kecha-kunduzda kasallangan odam yoki hayvon 21 mln tagacha parazit
tuxumini tashqariga chiqaradi.
Serbar tasmasimon chuvalchang keltirib chiqaradigan kasallik
difillobotrioz deb ataladi. Bu parazit odam ichagida 15 yilgacha va
undan ham ko'proq yashashi mumkin. Ular yirik boMganligi uchun ko‘p
oziq iste’mol qiladi. Difillobotrioz bilan kasallangan odamlarda bosh
og‘rishi va aylanishi, o'sish va rivojlanishdan orqada qolish, ish
qobiliyatining pasayishi, ich yurishining o ‘zgarishi, holsizlanish,
ishtahaning pasayishi, qayd qilish kabi holatlar kuzatiladi. Odamda
gemoglobin
va eritrositlar miqdori
kamayib
ketadi,
bu holat
kamqonlikni tug‘diradi.
96
|