39-rasm. Rishtaning rivojlanish sikli sxemasi: 1-asosiy x o ‘jayini-odam terisi
ostida parazitlik qilayotgan jinsiy yetuk rishta; 2-odam organizmidan suvga
tushayotgan rishta lichinkalari; 3-rishta lichinkasi bilan zararlangan siklop; 4,5-
rishta lichinkasi bilan zararlangan siklopni suv bilan yutayotgan odam va it.
Rishtaning asosiy x o‘jayini odam, ayrim hollarda esa maymun, it,
mushuk, tulki, chiyabo‘ri, qoplon va boshqa yirtqich sutemizuvchilar
hisoblanadi. Jinsiy voyaga yetgan parazit asosiy xo‘jayinlarining
terisi
ostidagi biriktiruvchi to'qim asida va ko'pincha oyoq terisi ostida
parazitlik qiladi. Oraliq xo‘jayini esa suvda yashovchi mayda
qisqichbaqasimonlardan-sikloplar
hisoblanadi.
Rishtaning
erkagi
urg‘ochisini otalantirgach halok bo‘ladi, urg‘ochisi urug‘langandan
so‘ng lichinkalar tug‘ish uchun odamning qo‘l-oyoqlari
terisi ostiga
ko'chadi va m a’lum vaqtdan keyin terida shishlar paydo boiad i. Bunday
shishlar suvga tekkanda (qo‘l-oyoqlarni yuvganda yoki cho‘milganda)
yoriladi va ulardan parazitning lichinkalari suvga tushadi.
Suvda rishta lichinkalarini sikloplar oziq sifatida yutib yuboradi.
Siklop tanasida lichinka rivojlanib 12-14 kundan keyin yuqumli
(invazion) holatga aylanadi. Odam va boshqa asosiy xo'jayinlar suv
orqali zararlangan sikloplami yutib yuboradi va rishtani o ‘ziariga
yuqtiradi. Asosiy xo‘jayin ichagida sikloplar hazm sekretlari ta’sirida
107
hazm boMadi, undan chiqqan lichinkalar ichak devorini teshib qon
aylanish sistemasiga o ‘tadi va organizm bo‘ylab migratsiya qiladi.
Migratsiya
davri tugallangach, rishtaning Iichinkasi bemorning teri osti
yog‘ qavatiga joylashib oladi va bir yildan keyin jinsiy voyaga yetadi,
ya’ni odam zararlangandan 8-12
oydan keyin terida, ayniqsa, oyoq
terisida qizg‘ish rangli pufakchalar paydo b o ia d i va bu pufakchalar
yoriladi. Shundan so‘ng urg‘ochi rishtalar yana teri ostiga ko‘chib,
yuqorida bayon etilgan hayot siklini takrorlaydi.
Rishta keltirib chiqaradigan kasallik drakunkulyoz deb ataladi.
Agarda rishta kasallangan odam terisi ostida o‘lsa, odam organizmiga
parazitning zaharli moddalari so ‘riladi
va natijada badanda har xil
toshmalar (eshak yemiga o'xshash) paydo b o iad i va badan qichishadi,
bosh aylanadi,
nafas olish qiyinlashadi, bemor oriqlab ketadi. B a’zan
esa, bo‘g‘imlarning yallig‘lanishi, ko'ngil aynish va qusish hollari ham
ro‘y beradi. Rishtaning rivojlanish sikli sxemasini chizib oling.
Dostları ilə paylaş: