Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm . Bolalar gijjasining tuzilishi: A-urg‘ochisi



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

38-rasm . Bolalar gijjasining tuzilishi: A-urg‘ochisi;
B-erkagi: 1-og‘zi; 2-kutikula o ‘simtasi; 3-qizilo‘nga-
chi; 4-buIbusi; 5-ichagi; 6-jinsiy teshigi; 7-bachadoni;
8-tuxum y o ‘li; 9-tuxumdoni; 10-anal teshigi; 11-erka-
gining urug‘doni; 12-unig‘ o ’tuvchi kanali.
Parazit anal teshigi atrofiga chiqib o‘zidan 
suyuqlik 
chiqarib, 
tuxum 
qo'yayotganida 
mexanik va toksik-allergik ta ’siri natijasida, perianal sohasini qichitadi. 
Natijada bola juda bezovtalanadi va beixtiyor qashinadi. Urg‘ochi gijja 
tuxum qo‘yib bo‘lgandan keyin burishib o ‘ladi. Qo‘yilgan tuxum 4-6 
soatdan keyin yuqumli holatga keladi. Bu parazitning urg‘ochisi 25-30 
kun yashaydi. Erkagi urg‘ochisini otalantirgach o ‘ladi.
Gijja bilan kasallangan bola kam uxlaydi, asabiylashadi, injiq 
b o iad i, ishtahasi yo'qoladi, ko‘ngli ayniydi, qorni og‘riydi va boshi 
aylanadi. Tuxumdan lichinka chiqib o'sib rivojlanadi va 2-4 haftadan
105


keyin jinsiy voyaga yetadi. Gijja tuxumi kiyimda va polda uzoq vaqt 
saqlanadi. Gijja pashshalar, suvaraklar va boshqa hasharotlar orqali ham 
tarqalishi mumkin.
Enterobiozning oldini olish uchun bolalami yoshligidan shaxsiy 
gigiena qoidalariga qat’iy rioya qilishni, timoqlarini kalta qilib olib 
turishni va kiyimlarini dazmollab kiyishga o ‘rgatish lozim. Bolalar 
gijjasini tushirish uchun yarim stakandan kuniga 2 mahal 2-3 hafta 
davomida qizil sabzini suvini ichirish tavsiya etiladi.
M ashg‘ulotni o'tkazish tartibi.
4-6 % li formalin eritmasida 
fiksatsiya qilingan bolalar gijjasini soat oynasiga yoki suvli Petri shisha 
idishga soling va tashqi ko‘rinishini lupa yoki binokulyar orqali qarab 
o‘rganing. Bolalar gijjasi tanasi duksimon ekanligiga, og‘iz, muskuldor 
labini, erkak va urg‘ochisining tuzilishidagi farqlarni kuzating. 
Nematodaning ichki tuzilishini mikroskopning kichik ob’ektivi orqali 
ko‘rib o'rganing. Bunda urg‘ochi va erkak parazitning ovqat hazm qilish 
va jinsiy sistemasi tuzilishiga alohida e ’tibor bering. Bolalar gijjasi 
tuzilishi rasmini albomga chizing.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin