Umurtqasizlar zoologiyasidan


Bolalar gijjasi, trixinella va rishtaning tuzilishi hamda



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Bolalar gijjasi, trixinella va rishtaning tuzilishi hamda
rivojlanish sikli haqidagi bilimingizni nazorat qilish uchun quyidagi
test topshiriqlariga javob bering. C=44
1. Bolalar gijjasiga xos belgilami ko‘rsating: A-uzunligi 5-12 mm, 
B-uzunligi 15-25 mm, V-tanasi kalta, G-tanasi o ‘rtacha uzunlikda, D- 
oshqozon va ingichka ichak paraziti, E-ingichka ichak oxiri va yo‘g‘on 
ichakda uchraydi, J-tanasi qilsimon, Z-tanasi duksimon, I-erkagida 
spikulasi juft, K-erkagida spikulasi toq, L-tuxumi 20-25 kunda yuqumli 
bo'ladi, M-tuxumi 4-6 soatda yuqumli holatga keladi, N-tuxumini anal 
teshigi atrofiga qo’yadi, O-tuxumi najas orqali tashqariga chiqadi.
2. Bolalar gijjasi odamga qanday yuqadi? A-oziq-ovqat orqali, B- 
yuvilmagan qo‘l orqali, V-itni silaganda, G-mushukni silaganda.
3. Bolalar gijjasining rivojlanish siklini odamga yuqishidan boshlab 
tartib bilan belgilang: A-urg‘ochi gijja kechasi orqa chiqaruv teshigi 
atrofiga chiqadi, B-tuxumlar yuvilmagan qo‘l orqali og‘izga tushadi, V- 
ichakda tuxumlardan lichinkalar rivojlanadi, G-gijja anal teshigi atrofiga 
tuxum qo'yadi, D-gijja ingichka ichakning oxirgi qismida va yo‘g‘on 
ichakda voyaga yetadi, E-tuxumlar og‘izdan ichakka tushadi.
4. Trixinella uchun xos belgilami ko‘rsating: A-juda mayda, 
uzunligi 0,5-2 mm, B-uzunligi 3-4 mm gacha boradi, V-og‘iz teshigi 
atrofida 3 ta labi bor, G-og‘iz teshigi atrofida lablari yo‘q, D-tanasining 
keyingi uchi oldingi uchiga nisbatan ancha yo ‘g‘onlashgan, E-tanasining 
oldingi uchi keyingi uchiga nisbatan yo‘g‘onlashgan, J-jinsiy organlari
108


juft, Z-jinsiy organlari toq, 1-xo‘jayin almashtirib rivojlanadi, K-xo‘jayin 
almashtirmasdan rivojlanadi.
5. Trixinellaning rivojlanish siklini odamga yuqishidan boshlab 
tartib bilan belgilang: A-voyaga yetgan trixinellalar ingichka ichakda 
qo‘shiladi, B-lichinkalar limfatik tomirlarga va qon tomirlariga o‘tib 
butun tanaga tarqaladi, V-erkaklari o ‘ladi, G-lichinkalar ko‘ndalang 
targ‘il muskul to‘qimalariga o ‘rnashib oladi, D-urg‘ochilari ichakning 
shiliq parda qavatida limfatik bezlarga kirib, tirik lichinka tug‘adi, E- 
lichinkalar muskul tolalari ichiga kirib, oziqlanadi, J-urg‘ochi trixinella 
ichak bo'shlig’iga qaytib chiqadi va nobud bo‘ladi, Z-lichinkalar muskul 
tolalari orasida spiral shaklida o‘raladi va atrofida kapsula hosil qiladi, I- 
kapsulali trixinella lichinkalari bilan zararlangan go'shtni odam iste’mol 
qilganda, oshqozon va ichakda kapsula erib, undan lichinkalar chiqadi, 
K-lichinkalar jinsiy voyaga yetadi.
6. Trixinella kimlarda parazitlik qiladi? A-odamda, B-otda, V- 
cho‘chqada, G-kalamushda, D-quyonda, E-qoramolda, J-mushukda, Z- 
qo‘yda, I-itda, K-echkida, L-tulkida, M-ayiqda, N-tuyada.
7. Trixinella odamga qanday yuqadi va qancha muddatda jinsiy 
voyaga yetadi? A-mol go‘shti orqali, B-mushuk va it orqali, V-cho‘chqa 
go‘shti orqali, G-ichak bo‘shlig’ida 1-2 kunda voyaga yetadi, D-ichak 
bo‘shlig‘ida 4-6 kunda voyaga yetadi.
8. Rishtaning rivojlanish jarayoni qanday kechishini belgilang: A- 
ayrim jinsli, B-germafrodit, V-jinsiy dimorfizm sezilmaydi, G-jinsiy 
dimorfizm yaqqol seziladi, D-rishtaning rivojlanish jarayoni bitta 
xo‘jayinda boradi, E-rishtaning rivojlanish jarayoni ikkita xo‘jayinda 
boradi, J-oraliq xo‘jayini-sikloplar, Z-oraliq xo‘jayini suv shilliqqurtlari, 
I-asosiy x o ‘jayini odam, maymun va yirtqich sutemizuvchilar, K-asosiy 
xo'jayini odam va chorva mollari.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin