Mashg‘ulotning qisqacha mazmunL
0 ‘tkir dumli nematoda yoki
bolalar gijjasi yer yuzida juda keng tarqalgan. Dunyo aholisining 80 %
boialar gijjasi va odam askaridasi bilan zararlangan. Juda mayda, ya’ni
urg‘ochisining uzunligi 10-12 mm, erkagining uzunligi esa 2-5 mm
bo‘ladi (38-rasm).
0 ‘tkir dumli nematoda deb aytilishiga sabab, urg‘ochisining tanasi
dum tomoniga qarab ingichkalashadi va o'tkirlashib boradi. Erkagi
tanasining keyingi uchi spiralsimon buralgan. Tanasining bosh tomoni
qavarib chiqqan va kengaygan kutikula-vezikula bilan o‘ralgan boiad i.
Erkagining askaridadan farqi-dum tomonida bitta spikulasining
borligidir. O g‘zi uchta iab bilan o'ralgan. QiziIo‘ngachi sharsimon
kengaygan-bulbus
bilan tugaydi.
Bulbusda
kutikulali
chaynash
plastinkalari bor.
Bolalar gijjasi odamlarni, ayniqsa, yosh
bolalar ingichka ichagining ikkinchi yarmida va
yo‘g ‘on ichagida parazitlik qiladi. Bolalar
gijjasi ham oraliq xo‘jayinsiz rivojlanadi.
UrugMangan urg'ochi
gijjalar tunda anal
teshigidan faol harakatlanib, anus atrofiga
chiqadi va bu yerda teri burmalariga 10-20
mingga
yaqin
tuxum
qo‘yadi.
Tuxum
qo‘yishdan oldin gijjalar suyuqlik ajratadi. Bu
suyuqlik yordamida tuxum teriga yopishadi.
Dostları ilə paylaş: