jinsiy sistema naychalarini ko‘rish mumkin. Askaridaning ko‘ndalang
kesmasida ular bir necha marta takrorlanishi mumkin. Eng kichik mayda
embrion
hujayralari bilan toMgan doirasimon kesma-tuxumdon.
Ulaming bir uchi tuxumdon devoriga, ikkinchi uchi esa doiraning o‘rta
qismidagi dildiroq o‘zakka tiralgan bo‘ladi. Tuxum yo'llarida va
bachadonlarda har xil darajada rivojlangan tuxum hujayralari ko'rinadi.
Askaridaning ko‘p qavatli kutikulasini va uning ostida joylashgan
gipodermani ko‘rish uchun ko'ndalang kesma devorini mikroskopning
katta obyektivi orqali kuzating va uning rasmini chizing.
Askarida tuxumining shakli, tuzilishi va oMchami bilan tanishish
maqsadida, bachadonining qinga yaqin qismidan kichik bir bo‘lagini
qirqib olib, buyum yoki soat oynasiga qo‘ying va ustiga bir tomchi suv
tomizib shisha tayoqcha bilan ezing. Tayyor preparatni mikroskopning
kichik obyektivi orqali kuzating.
Dostları ilə paylaş: