4-ish. Qiysbiq bosh nematodaning tuzilishi va rivojlanish sikli
Qiyshiqbosh nematodaning sistem atiko‘rni
Tip. To‘garak chuvalchanglar-Nemathelminthes
Sinf. Nematodalar-Nematoda
Turkum. Rabditidalar-Rhabditida
Vakil. Qiyshiqbosh nematod-Ancylostoma duodenale
Kerakli materiallar va jihozlar.
Erkak va urg‘ochi qiyshiqbosh
nematodaning tayyor bo'yalgan mikropreparatlari va qiyshiqbosh
nematodaning tuzilishi hamda rivojlanish sikli aks ettirilgan rangli
jadvallar, mikroskoplar.
109
Mavzuning maqsadi.
Qiyshiqbosh nematodaning tuzilishi va
rivojlanish siklini o‘rganish.
Identiv о ‘quv maqsadlari;
3.1. Qiyshiqbosh nematodalar odamlarning qaysi organlarida
parazitlik qilishini izohlaydi.
3.2. Qiyshiqbosh nematodaning rivojlanish siklini bayon qi!a ojadi,
3.3. Odamlar egribosh nematoda lichinkalari bilan qanday
zararlanishini gapirib beradi.
Mavzuning
qisqacha
mazmuni.
Qiyshiqbosh
nematoda
odamlarning 12-barmoqli ichagida parazitlik qiladi. Parazitning bosh
qismi biroz egilgan bo‘lib, unda rivojlangan og‘iz kapsulasi bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida o ‘tkir plastinka yoki juda kichik ilmoqchalarga
o‘xshash tishlari bo‘lib, ular yordamida parazit o ‘z xo‘jayini ichagi
shilliq pardasiga yopishib qon so‘rib oziqlanadi. Qon so‘rgani uchun
ham parazitning rangi qizg‘ish bo‘ladi. Ayrim jinsli, urg'ochisining
uzunligi 10-18 mm, erkagining uzunligi esa 8-10 mm atrofida bo‘ladi.
Qiyshiqbosh
nematoda
ham
oraliq
xo‘jayinsiz
rivojlanadi,
urug‘lanishi ichki, urg‘ochisi bir kecha-kunduzda 10 mingga yaqin
urug‘langan tuxum qo‘yadi (40-rasm).
Tashqariga chiqqan tuxumdan qulay sharoitda (25-30°C) bir-ikki
kun ichida lichinka chiqadi. Bir haftada lichinka 2 marta tullab, yuqumli
davriga aylanadi. Bunday lichinkalar qish faslida tuproq harorati
pasayganda 1 m tuproq qatlamida pastga tushadi. Harorat ko‘tarilishi
bilan yana tuproq yuzasiga ko'tariladi va tuproqda 18 oygacha o‘z
hayotchanligini saqlaydi.
Odamlarning qiyshiqbosh nematoda bilan zararlanishi asosan, teri
orqali ro‘y beradi. Bunda odam go‘ng va har xil axlatlar tashlangan
joylarda, sholipoyalarda va polizlarda oyoqyalang yurganda parazit
lichinkasi teri orqali tanaga kiradi. Lichinkalar kirgan joylarda har xil
toshmalar paydo b o iib , teri usti qizarib shishadi va qichiydi. Odam
organizimiga kirgan lichinkalar terining mayda qon tomirlari orqali vena
qon tomiriga o ‘tadi va organizm bo‘ylab tarqaladi. Bunda lichinkalar
qon orqali o ‘pkaga, so ‘ngra halqumga o‘tadi. Bu yerda odam
lichinkalarni qayta yutib yuboradi, lichinkalar 12-barmoqli ichakka
borib o‘mashadi va tekinxo‘rlik qilib, jinsiy voyaga yetadi. Qiyshiqbosh
nematodalar ichak devorida yaralar hosil qiladi va xo‘jayini qonini
so‘rib oziqlanadi. Bunday odamlar ichagidan qon oqadi, natijada bemor
kamqon boMib qoladi. Shuningdek, kasallangan odamlarda qayd qilish,
ishtahaning bo‘lmasligi va ozib ketishi kabi holatlar ham kuzatiladi.
no
Odamlar qiyshiqbosh nematodalar bilan og‘iz orqali ham zararlanishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |