oldingi uchi ju da tor naysimon, keyingi tomoni esa piyozboshcha
shaklida kengaygan halqumga tutashgan. Bu piyozboshcha (bulbus)
o'simlik hujayralaridan shirani nematoda so'rib olayotgan paytida o'ziga
xos so'ravchi organi vazifasini bajaradi.
Bulbusning keyingi uchi ancha keng va uzun o'rta ichak bilan
tutashgan bo'Iib, bu ichakda ovqat hazm bo'ladi.
Orqa ichak qisqa va
ingichka bo'Iib, gavdaning eng keyingi uchida orqa chiqaruv teshigi
orqali tashqariga ochiladi (42-rasm).
42-rasm. Ildiz bo'rtma nem atodasining tuzilishi: A-urg'ochisi; B-erkagi: 1-
stileti; 2-halqumi; 3-halqum oldi bezi; 4-nerv halqasi; 5-ayiruv teshikchasi; 6-o'rta
ichak; 7-tuxumdoni; 8-tuxum yo'li; 9-bachadoni; 10-jinsiy teshigi 11-anal teshigi;
12-urug'doni; 13-urug'yo'li; 14-urug’ to'kuvchi kanali; 15-spikulasi.
Boshqa hamma nematodalar singari bo'rtma nematodalarning ham
nerv va ayiruv sistemalari birmuncha sodda tuzilgan. Nerv sistemasi
alohida nerv hujayralari va ulardan chiqqan nerv tolalaridan iborat.
Ayiruv organlar sistemasi teri ostida joylashgan naysimon kanallardan
iborat. Qon aylanish, nafas olish va ko'rish organlari rivojlanmagan.
Jinsiy organlar sistemasi tana bo'shlig'ida joylashgan juft uzun
naychalardan iborat bo'Iib, urg'ochisida
tuxumdon, tuxum yo'li va
bachadon deb ataladigan qismlarga bo'linadi. Urg'ochi bo'rtma
nematodaning jinsiy teshigi gavdasining keyingi qismida joylashgan.
Erkagining jinsiy organlar sistemasining yo'li orqa ichak bilan birga orqa
chiqaruv teshigi-kloakaga ochiladi. Kloaka ichida bir juft qo'shilish
organi vazifasini bajaradigan spikulalari joylashgan.
114
Yosh bo'rtma nematodalar voyaga yetguncha 4 ta lichinkalik
yoshini o'tadi. Birinchi yoshdagi lichinka tuxum po'sti ichida rivojlanadi
va shu yerda po'st tashlab ikkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Bu
lichinka tuxum po'stini yorib tashqariga chiqadi va bir necha kundan
keyin o'simliklami zararlay oladigan (invazion) davrga o'tadi. Keyin ular
stileti yordamida ildiz po'stlog'ini teshib, o'simlik to'qimasi ichiga kirib
oladi. Shundan keyin lichinkalaming ildiz hujayralari shirasini so'rib
parazitlik davri boshlanadi.
Faol ovqatlanish
natijasida parazit
lichinkalarining bo'yi tobora cho'zilib, eni esa yo'g'onlasha boshlaydi.
Ular yana ikki marta po'st tashlaydi va uchinchi hamda to'rtinchi
yoshdagi lichinkalik davrlariga o'tadi. Ulardan erkak va urg'ochi
nematodalar rivojlanadi.
Urg’ochi bo'rtma nematoda ildiz ichida harakatlanmay, o'troq hayot
kechirganligi sababli uning harakatlantiruvchi muskullari rivojlanmagan.
Tuxum qo'yishdan oldin urg'ochi nematoda jinsiy teshigi atrofiga biroz
yelimsimon suyuqlik ishlab chiqaradi va uning ichiga tuxumlarini
qo'yadi. Ana shu suyuqlik keyinchalik qotib,
tuxum xaltachasini hosil
qiladi. Binokulyar ostida bo'rtma nematoda bilan zararlangan ildizlami
petri shisha idishida qaralsa, ildizning po'stiga yopishgan tuxum
xaltachalari oqish yoki qo'ng'ir dog'lar shaklida bo'lib ko'zga tashlanadi.
Tuxumdan chiqqan ikkinchi yoshdagi lichinkalar tuxum xaltachasidan
tashqariga chiqib, yangi rivojlanayotgan ildizlami yoki yaproqdagi
o'simliklarning ildizlarini zararlashi mumkin.
Iqlim va tuproq sharoitiga
qarab bir yil davomida bo'rtma nematodaning bir necha (5-6) avlodi
rivojlanishi mumkin.
Ishni b ajarish ta rtib i: 1. Sabzovot va poliz ekintarining bo'rtma
nematodalari bilan zararlangan ildizini 1-2 mm uzunlikda qirqib, petri
shisha idishga qo'ying va ustiga suv soling. Bu kesmalami binokulyar
ostida kuzatib, undagi bo'rtmalaming tuzilishiga va ildiz po'stlog'ining
ustida joylashgan tuxum xaltachalariga e'tibor bering. Bo'rtma nematoda
bilan zararlangan ildizning bir qismini umumiy ko'rinishi rasmini
chizing.
2.
Preparoval ninalar yordamida, chap qo'ldagi nina bilan ildiz
bo'lagini bosib ushlab turing, o’ng qo'ldagi nina bilan asta-sekin ildiz
ustidagi tuxum xaltachalarini undan ajrating, xaltacha ostida urg'ochi
bo'rtma nematoda tanasining keyingi qismi oq donacha shaklida ko'rinib
turadi.
3. Urg'ochi bo'rtma nematodaning atrofidagi ildiz to'qimasini
jarrohlik pichog'i bilan bo'yiga kesing, keyin preparoval ninalar bilan uni
115
ikki bo'lakka ajrating. Natijada uning hujayralari orasidagi limon
shaklidagi urg'ochi bo'rtma
nematodani yoki II, III va IV yoshdagi
lichinkalami ko'rish mumkin.
4. Petri idishidagi tuxum xaltachalarini jarrohlik pichog'i yoki
ninaning uchi bilan maydalab, undagi tuxumlar va ikkinchi yoshdagi
lichinkalaming tuzilishiga e'tibor bering.
5. Ba'zan tuxum xaltachalarining yoki bo'rtmalarining atrofida
bo'rtma nematodaning erkagini ham uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: