Universal Impact Factor: 7,1 issn: 2181-2454


CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)



Yüklə 435,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix30.09.2023
ölçüsü435,6 Kb.
#150872
1   2   3   4   5   6   7   8
boshlang-ich-sinf-onatili-darslarida-adabiy-materiallardan-foydalanish-usullari-pirls-xalqaro-baholash-dasturi-asosida

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) 
Google Scholar
 
Universal Impact Factor: 7,1
 
ISSN:2181-2454
 
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-1-357-363
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 360 E-mail: carjisor@carjis.org 
O„quvchi bu jarayonning faol ishtirokchisi bo„lib, matn ustida mushohada 
yuritadi va samarali o„qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo„llaydi. Har bir 
matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o„quvchiga matnni 
sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo„lishi mumkin. 
Bular an‟anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli 
ko„rinishdagi yozma matnlarni ham o„z ichiga oladi. 
Badiiy kitoblarni o„qishda o„quvchilar voqealar, voqea joylari, obrazlar, 
o„qibatlar, personajlar, asar muhiti, hissiyotlar va g„oyalar bilan yo„g„rilgan matnni 
o„qiydi va matndan huzurlanadi. Adabiyotni tushunish va uni qadrlash uchun, har bir 
o„quvchi matnda (asarda) sodir bo„ladigan voqealar, hissiyotlar, tildan foydalanish 
san‟ati hamda badiiy shakl haqida bilimni o„z hayolidan o„tkazishi kerak. Adabiyot 
yosh o„quvchilar uchun o„zlari hali boshidan kechirmagan holatlar va hissiyotlarni 
kashf etish imkoniyatini beradi. Badiiy asarda tasvirlangan voqealar, harakatlar va 
oqibatlar hayoliy bo„lsada, o„quvchiga ular real hayotda sodir bo„layotgandek 
tasavvur uyg„otadi va o„quvchiga ularni hayolan boshidan kechirish imkonini beradi. 
Matn (yoki badiiy asar) asarning hikoya qilib beruvchi yoki uning asosiy 
qahramonini kelajakda nima qilmoqchi ekanini bildirib turishi mumkin. Murakkabroq 
matnlar esa undanda ko„proq dunyoqarash yoki keskinliklarga ega bo„lishi mumkin. 
Matnning g„oyasi va undagi ma‟lumotlar to„g„ridan-to„g„ri yoki dialoglar hamda 
voqealar ko„rinishida tasvirlanadi. Badiiy tajriba orttirish tartibda bayon qiladi yoki 
asar voqealariga qaytish yoki vaqtni avvalga qaytarish orqali bayon qiladi. PIRLS 
xalqaro dasturida qo„llanilgan badiiy matnlarning asosiy shakli badiiy janrga mansub 
bo„ladi. Ishtirokchi mamlakatlardagi o„quv dasturlari va madaniy jihatdan yuzaga 
keladigan farqlaridan kelib chiqib, PIRLS xalqaro dasturi doirasida ayrim badiiy 
matnlarni topshiriq sifatida tanlab olish qo„shimcha murakkablik tug„diradi. Misol 
uchun, sher‟iy matnlarni tarjima qilish o„quvchilar uchun qiyinlik tug„dirgani bois, 
ularni topshiriqlarga qo„yilmaydi. 
Axborot beruvchi matnlar qator vazifalardan kelib chiqib yoziladi va o„qiladi. 
Binobarin, axborot beruvchi matnlarning asosiy vazifasi ma‟lumot berishdan iborat 
bo„lgani sababli, odatda yozuvchilar o„zlari yoritmoqchi bo„lgan mavzuga turli 
maqsad bilan yondashadi. Ko„pgina axborot beruvchi matnlarda faktlar biror 
topshiriqni bajarish bosqichlari yoki biografik tafsilotlar kabi to„g„ridan-to„g„ri bayon 
etiladi. Shunga qaramasdan, ayrim axborot beruvchi matnlar subyektiv xususiyatga 
ega. Misol uchun, mualliflar izohlovchi mulohazalar, undash xususiyatli insholar 
yoki puxta o„ylab chiqilgan mulohazalar orqali izohlar va faktlarni o„quvchiga 
yetkazib berishi mumkin. O„quvchi o„z dunyoqarashini shakllantirish uchun mazkur 
matnlarga tanqidiy yondashishi kerak. O„quvchi matnlarning maqsad va vazifalarini 
yaxshiroq tushunishi uchun undagi ma‟lumotlar boshqacha tartibda, ya‟ni uning 
mazmuni, tuzilishi va shakli o„zgartirilgan holda taqdim etilishi mumkin. 
Boshlang„ich sinf o„quvchilari turli mavzularni qamrab olgan axborot beruvchi 



Yüklə 435,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin