306
Pedagogik mahorat – izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat
hamma o‘qituvchilar uchun
qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir
o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan
jarayondir.
V.A Suxomlinskiy o‘zining «Chin insonni qanday tarbiyalash kerak» asarida
«O‘qituvchining mehnatini biror narsa bilan qiyoslab ham,
taqqoslab ham
bo‘lmaydi. To‘quvchi bir soatdan keyinroq o‘z ishining hosilini ko‘radi, po‘lat
erituvchi bir necha soatdan so‘ng olovdagi metal oqimidan shodlanadi. yer
haydovchi, don sepuvchi g‘allakor bir necha oydan keyin dalada o‘stirgan
boshoqlari va bir siqim donidan zavqlanadi. O‘qituvchi esa o‘z ijodining mahsulini
ko‘rish uchun yillab mehnat qilishi kerak. O‘qituvchi pedagogik jarayonning har
bir daqiqasida o‘zining o‘ttizta yoki qirqta tarbiyalanuvchisining barchasini ko‘rib
turishi, u shu daqiqada nimalar o‘ylayotganligini, qanday g‘am-alamlar uni
tashvishlantirayotganligini bilishi kerak
43
”, -degan fikrlarni bayon etadi.
Pedagogik mahorat bolalar haqidagi ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etish va
uning mazmuni, metodlari haqidagi keng bilimlarni qamrab oladi. Bu bilimlar
umumiy pedagogik madaniyatni tashkil etadi, o‘qituvchi - tarbiyachi bu
madaniyatni egallamas ekan o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘lishga erisha
olmaydi. Zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi
kifoya
qilmaydi. Bolalarni kuzatish, ular rivojlanishidagi muhim o‘zgarishlarni fan,
meditsina sohasidagi asosiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ularning rivojlanish yo‘llari
va usullarini aniqlash, turli vositalar, tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish usullarining o‘zaro
bir - biriga o‘tish dialektikasini chuqur tahlil qilish, pedagogik izlanish va
yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi,
harakteri,
o‘quvchilar bilan muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda
bularning ta'lim-tarbiya jarayoniga ta'siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Lekin, tajribali
pedagog o‘zining xatti-harakati o‘quvchilarga qanday ta'sir ko‘rsatatganligiga
43
Suxomlinskiy V. A. Kak vospitat nastoyaщego cheloveka?. Polnoe sobranie sochineniy. T.4-ыy. Izd.7. –
Moskva: Znanie, 2002.- 675-s.
307
ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar kiritib, takomillashtirib boradi.
Demak, pedagogik mahorat tushunchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir
necha qismlardan tashkil topar ekan. Bunday holda pedagogik mahorat «pedagogik
tizim» sifatida tasavvur qilinadi va u quyidagicha ta'riflanadi: «Pedagogik mahorat
- o‘qituvchi tomonidan o‘z kasbiy-pedagogik faoliyatini mustaqil ravishda yuqori
saviyada tashkil etishi, rivojlanayotgan bola shaxsiga insonparvarlik pedagogikasi
asosida yondashish hislatlarining mavjudligi, yuqori darajadagi ma'naviy-axloqiy
sifatlarga egaligi bilan tavsiflanadi va pedagogning o‘z faoliyati mohirligining eng
baland cho‘qqisiga erishganligini bildiradi
44
». Bundan ko‘rinib turibdiki,
pedagogik mahorat- pedagogik faoliyatning barcha turlarini eng qulay va
samarali
holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti va har tomonlama rivojlantirish
maqsadlariga yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va
ularda ijtimoiy zarur mehnatga moyillik uyg‘otishdir.
Dostları ilə paylaş: