297
pedagogik mahoratni, ko‘nikma va malakalarni, pedagogik texnika elementlarini
o‘zlashtirib, egallab borishlarini o‘rgatadi.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi pedagogika, psixologiya,
fiziologiya, axloqshunoslik, tarbiyaviy ishlar metodikasidan xabordor bo‘lishi
shart.
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda
o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb.
Mohir o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli
emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida
umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi.
O‘qituvchining yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Maktab
hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos
kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni,
puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish
ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim
to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va jamiyat talabidan kelib
chiqib, bugungi kunda o‘qituvchilar oldida mas'uliyatli vazifalar turibdi.
Dostları ilə paylaş: