Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


tushunchasi ishlatilmoqda.  Chat



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   227
-.-

 
tushunchasi ishlatilmoqda.
 Chat 
deganda real 
vaqt tizimida Internet tarmog‘i orqali xabarlarni tezkor almashish vositalari va 
ushbu muloqotni ta'minlab beruvchi dasturiy ta'minot tushuniladi. Forumlarga 
nisbatan chat tizimida muloqot qilish va xabarlar almashish real vaqt tizimida sodir 
bo‘ladi. 
Chat - bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali 
muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda matn yozishish orqali yangiliklar 


287 
bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi, yoki gaplashishadi. 
Chat tizimida barcha foydalanuvchilar o‘zaro yozuv ko‘rinishidagi xabarlarni 
almashish orqali muloqot qiladi. 
Internet orqali o‘zaro muloqot deganda ikki yoki undan ortiq 
foydalanuvchilarning bir vaqtni o‘zida, bir-birlari bilan internet tarmog‘i orqali 
aloqa o‘rnatilishi tushuniladi. Bunday muloqot jarayonida foydalanuvchilarning 
joylashuv o‘rni ahamiyatga ega emas, ya'ni foydalanuvchilar qaerda bo‘lishlaridan 
qat'iy nazar Internet tarmog‘i orqali muloqot o‘rnata oladilar. Bunday 
so‘zlashuvlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar bo‘lishi talab qilinadi. 
Bunday dasturlarga Skayp, Meyl Agent, Google Talk, ICQ dasturlari kiradi. 
Internet orqali so‘zlashuv jarayonida mikrofon va eshitish qurilmasini 
kompyuterga ulab keltirilgan dasturlar yordamida foydalanuvchilar so‘zlashib 
muloqot qilishlari mumkin. Bunda Internet orqali muloqot jarayoni 
foynalanuvchiga tezkorligi, arzonligi xamda sifatliligi bilan qulayliklar yaratib 
beradi. 
 
Internet orqali video muloqot deganda foydalanuvchilar bir birlarini 
kompyuter ekranida (on-layn tarzda) ko‘rib turadilar, ya'ni foydalanuvchilarning 
harakatli tasvirlari bir-birlariga uzatiladi. Bu video aloqani amalga oshirib beruvchi 
qurilma veb kamera deb nomlanadi. Internet orqali video muloqot jarayonida 
muloqotda qatnashayotgan barcha foydalanuvchilar bir birining gapini eshitibgina 
qolmay, balki bir-birlarini ko‘rib ham turishadi. 
 Veb kamera 
alohida qurilma bo‘lib, u kompyuter vositasiga ulanadi va 
Internet tarmog‘i orqali muloqotlarda ishlatiladi. 
Veb kameradan foydalanish va u orqali muloqot qilish uchun Internet 
tarmog‘i ulangan bo‘lishi hamda har bir foydalanuvchi kompyuterida veb kamera 
qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart. 
Veb kamera foydalanuvchilarga juda ham ko‘p qulayliklarni yaratib beradi,
ya'ni suhbat jarayonida foydalanuvchilar qaerda joylashganligidan qat'iy nazar bir-
birlarini ko‘rib turadilar. Internet tarmog‘i orqali video muloqotlar Skayp, Meyl 
Agent, Google Talk, ICQ

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin