14
tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi va bu normativ hujjatlarda jamiyatda kamol
topayotgan yosh avlod tarbiyasiga, o‘qituvchi kasbini egallagan shaxslarga katta
e'tibor qaratildi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
Har bir fanning
mazmun
va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga xizmat
qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo‘ladi. Xuddi
shuningdek pedagogika fanining ham asosiy tushunchalari
-kategoriyalari
mavjud.
Kategoriya-
(yunoncha: kategoria- «ko‘rsatma», «dalil», «tushuncha»)
pedagogikada ta'lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohiyat-
mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta'lim
va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik
va boshqa
munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish
jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi.
Kategoriyalar orqali inson borliqni va tevarak atrofni, ijtimoiy hayotda sodir
bo‘layotgan voqyea-hodisalarni o‘rganadi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta'minlash, ta'lim va
tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning
umumiy mohiyatini
yoritadi. Eng muhim katego-riyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya,
ta'lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma'lumot,
shakllantirish, rivojlantirish.
Shulardan biri va asosiysi sifatida «
pedagogika
» atamasidir. («Peys»-
bola va «agogein - yetaklamoq degan ma'noni bildiruvchi yunoncha:
«paydogogos» so‘zlaridan paydo bo‘lgan). Bugungi kunda «pedagog» so‘zi keng
qamrovli , yangicha ma'no kasb etadi.
Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri «
didaktika
»
kategoriyasidir. Miloddan oldingi 3-2 asrlarda qadimgi Yunonistondagi
Fanning mohiyatini ochib beruvchi, uni taraqqiy ettiruvchi
eng muhim,
asosiy tushunchalar
kategoriyalar
deb
ataladi.
15
maktablarda ta'lim beruvchi kishini «didaskal» deb atashgan. «Didaktika»-
yunoncha «didaktikos” so‘zidan kelib chiqib, «o‘qitish», «o‘rgatish», «bilim
berish» ma'nolarini anglatadi. Qadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan
«didasko», o‘qituvchi o‘rnida «didaskal», o‘quvchiga nisbatan «didaskale»
atamalarini ishlatishgan. Ammo «didaktika» termini o‘zining dastlabki ma'nosidan
ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va mazmuni ancha boyigan
va kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining
faoliyatini emas, shu bilan birga
o‘quvchining faoliyatini, ta'limiy texnologiyalar, ta'lim
metodlarini ham qamrab
oladi.
Pedagogikaning asosiy kategoriyalari:
Dostları ilə paylaş: