Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


shaxs, tarbiya, ta'lim, shakllanish



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   226
-.-

shaxs, tarbiya, ta'lim, shakllanish, 
rivojlanish, bilim, ko‘nikma, malaka, ma'lumot, pedagogik faoliyat, pedagogik 
jarayon
 
va boshqalardir. 
Pedagogika ta'lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi, ta'lim 
mazmuni va tarbiyaning kelgusidagi istiqbollari, yo‘llari va usullarini qo‘rsatib 
boradi. Pedagogika fanida umumiy kategoriyalar bilan bog‘langan asosiy 
tushunchalardan biri – 
shaxs 
tushunchasidir. 
Shaxs-
ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va 
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a'zosi. Jamiyatda o‘z mavqyeiga ega bo‘lgan, 
o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da'vogar, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan 
ijtimoiy voqyea-hodisaga adekvat baho bera oladigan, tafakkur faoliyatining 
ob'ektivligi bilan tavsiflanadigan insondir. Shaxs- “kadrlar tayyorlash tizimining 
bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni 
amalga oshiruvchi»
3
. Jamiyatsiz shaxs, shaxssiz jamiyat bo‘lmaganidek, insonning 
shaxs sifatida kamol topishi uchun biologik, psixologik, ijtimoiy omillar sabab 
bo‘ladi. 
4
Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod-o'zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., "Sharq",
1998 y, 41 bet


16 
Shaxsning axloqiy sifatlari – shaxsning aqliy jihatdan kamolotga yetishuvi 
uning aqliy, zehniy sifatlari, fazilatlari orqali namoyon bo‘ladi: bilag‘onlik, 
ob'ektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik va boshqalar hisoblanadi. 
Pedagogik muhit
– ta'lim –tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan 
shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-tahsil 
oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-ota-
ona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui. 
Ichki muhit – shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterning o‘ziga 
xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui, odatdagi ruhiy 
holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta'sirchanlik va voqyelikka munosabatlarning 
o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-birini to‘ldirishi va boyitishi. 
Ma'lumki, har qanday shaxs jamiyatda shakllanadi va rivojlanadi. 
 
Inson 
bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir qatorda u ijtimoiy 
rivojlanib ham boradi va kamolotning ma'lum bir bosqichida shaxsga aylanadi. 
Pedagogikada
“shakllanish” 
kategoriyasi muayyan insonda muayyan sifatlar, 
fazilatlar, xususiyatlarni singdirish jarayoni bilan belgilanadi. Masalan, boladagi 
badiiy adabiyot, tasviriy san'at, musiqaga bo‘lgan iqtidorni oldindan aniqlash 
asosida undagi qobiliyatlarni shakllantirish mumkin. 
Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin