Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   226
-.-

 
 Ta'lim - 
bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib 
toptiradigan jarayon. Bunda
bilim
– bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar 
orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. U qonuniyat 
deb ham yuritiladi. Ya'ni bilim insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, 
jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va 
tushunchalarni o‘zlashtirish natijasidir. 
Bilimni hayotda ko‘p samara beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim bilan 
birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma 
va malaka mehnat faoliyatida, dunyoni o‘zlashtirishda zarur.
Ko‘nikma
– malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini 
nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi 
va o‘quvchi – talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida 
yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir. 
Malaka
– tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi 
harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq 
shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga 
erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lishdir.Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va 
6
Abdullaeva Sh.A. Pedagogika.-Toshkent: Fan, 2009.- 17-bet. 


18 
takrorlash orqali malakaga aylanadi. Turli malakalardan ishonchli, ijodiy 
foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy 
ta'limning mutloq ko‘rinishi mahorat bilan belgilanadi
.
 Mahorat
– bu murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning 
yuqori sifati va barqaror maromidir. 
Ta'lim jarayonida tahsil oluvchilar muayyan ma'lumotga ega bo‘ladilar. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin