Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   226
-.-

 
Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi.
Pedagogika tarixi
mustaqil tarmoq sifatida, pedagogika fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks 
ettirdi. Bunda o‘tmishdagi ilg‘or pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi, 
rivojlanishi, ularning bugungi kundagi ahamiyati, mutafakkirlarning pedagogik 
merosidan foydalanish zaruriyati haqida fikr yuritiladi. 
Har bir yurtning fuqarolari bo‘lmish o‘qituvchi va murabbiylar, o‘sib 
kelayotgan yosh avlod o‘z ona yurti tarixini bilishlari, vatanparvar bo‘lishlari 
lozim. Ta'lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, 
o‘qituvchilik qilish mumkin emas.
Pedagogika tarixi
pedagogik ta'limotlar tarixi va tarbiyaning rivojlanish 
masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etib, insonparvar pedagogik 
g‘oyalarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi, ilg‘or pedagogik konsepsiyalar, 
qarashlar, ta'lim va tarbiya nazariyalari, qonuniyatlari, tamoyillarini tahlil qiladi, 
muhim umumiy xulosalar chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolar, 
ularning yechimini topishga oid g‘oyalarni aks ettiradi. 
Tarixiylik pedagogika fani rivojlanishining zaruriy tamoyillaridan biri 
hisoblanadi. Zero, o‘tmishdan qolgan ma'naviy merosni o‘rganish, ilg‘or 
tajribalarni ommalashtirish – kelajak uchun poydevor yaratish bilan barobardir. 
Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshi va kasbiy 
omilkorligini shakllantirishga qaratilgan 
maktabgacha ta'lim pedagogikasi
maktab pedagogikasi, yoshlar pedagogikasi, katta yoshdagilar pedagogikasi 
(androgogika), kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi
oliy maktab pedagogikasi, menejment pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi, harbiy 
pedagogika, iqtisodiy pedagogika, zamonaviy 
 pedagogik texnologiyalar
 
va boshqa tarmoq pedagogikalari vujudga keldi. 
Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha tarbiya maskanlari, umumiy va o‘rta 
maxsus ta'lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta'lim-tarbiya 
jarayonini, uning qonuniyatlarini o‘rganadi. 


21 
Bulardan tashqari 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin