285
Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish
madaniyati.
Hayotdagi etika kabi elektron pochtada ham etika mavjud. Ularning
ba'zilariga to‘xtalib o‘tamiz:
- Pochtangizni tez-tez o‘qib turing. Ko‘pchillik foydalanuvchilar o‘z
xatlarini faqatgina bo‘sh vaqtlaridagina o‘qiydilar. Bu korrespondentlarga nisbatan
bo‘lgan behurmatlikdir. Buning oqibatida siz juda ham muhim bo‘lgan axborotni
qo‘ldan boy berishingiz mumkin. Foydalanuvchi pochtasini har doim, o‘z vaqtida
o‘qib borishi lozim.
− Xatda albatta sarlavha (subject) ko‘rsatish zarurdir. Bu mijozlarni ortiqcha
ishlardan qutqaradi.
− Xatingizni oluvchini biling va hurmat qiling.
− Xatni xatosiz yozing. Grammatik va orfografik xatolar bilan yozilgan xat
jo‘natuvchi to‘g‘risida yaxshi taassurot qoldirmaydi.
− Qisqa yozing. Elektron pochtada yozayotgan xatingizni mazmunini qisqa
va aniq ko‘rsata biling. Xatingizdagi xatolar va fikrdan chiqib ketishlik birinchi
o‘rinda xatingizni emas, balki sizning o‘zingizni xarakterlaydi.
− O‘z xatingizni boshqa manzillarga ko‘chirishlikdan saqlaning. O‘z
xatingizni faqatgina shu xat tegishli bo‘lgan manzillarga jo‘nating.
Aks holda,
xatlarni ko‘p manzillarga jo‘natish hamkorlaringizda
yaxshi taassurot
uyg‘otmasligi mumkin.
− Kerak bo‘lmagan taqdirda o‘z xatingizga javob va so‘rovlar yo‘llamang.
Kerak bo‘lmagan taqdirda «iltimos javob bering» yoki «iltimos xatni tasdiqlang»
kabi so‘rovlarni yo‘llamang.
− So‘rovlarga to‘liq javob bering. So‘rovlarga javob berishda qisqa «ha»
yoki «yo‘q« kabi javob bermang. Bu hol xat oluvchida tushunmovchiliklarga olib
kelishi mumkin.
Elektron pedagogikada
Dostları ilə paylaş: