Universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo


Payariq tumani dalalarida tarqalgan dorivor o’simliklarning botanik tavsifi



Yüklə 301,24 Kb.
səhifə3/3
tarix25.03.2017
ölçüsü301,24 Kb.
#12586
1   2   3

3.2. Payariq tumani dalalarida tarqalgan dorivor o’simliklarning botanik tavsifi
Burchoqdoshlar oilasi

Fabaceae


Achchiqmiya turkumi

Goyebelia

Oddiy achchiqmiya

Goebelia alopecuroides (L.) Bge


Achchiqmiya turlari Toshkent, Sirdaryo, Jizzaz, Samarqand, Farg’ona va Buxoro tumanlarining cho’l va yarimcho’lida, qirlarda, tog’ etaklarida, tepaliklarda, begona o’t sifatida bug’doyzorlarda va boshqa yerlarda o’sadi.

Achchiqmiya turlari ko’p yillik, oqish-yashil rangli, bo’yi 30-70 sm gacha yetadtgan o’simlik. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, asos qismidan boshlab shoxlangan. Bargchalari ellipssimon. Gullari och – sarg’ish rangli, shingilga to’plangan. Mevasi - qo’ng’ir rangli, to’g’nag’ichsimon, pishganda ochilmaydigan yo’g’on dukkak.

Aprel-may oylarida gullaydi, mevasi iyun-iyulda pishadi.
Gazandadoshlar oilasi

Urticaceae

Gazanda turkumi

Urtica l.

Ikki uyli gazanda

Urtica dioica L.


Ikki uyli gazanda ko’p yillik, ikki uyli, achituvchi tuklar bilan qoplangan o’t o’simlik. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, to’rt qirrali, oddiy yoki shoxlanuvchi, tuksiz yoki siyrak tukli, balandligi 60-120 sm. Bagrlari oddiy, tuxumsimon, arrasimon yirik tishli, bandli, ikala tomoni tukli, qarama-qarshi joylashgan. To’pguli uzun, soxta boshoqsimon. Guli bir jinsli, gulqo’rg’oni oddiy, changchi guli 4 bo’lakka qirqilgan, urug’chi guli 2 ta ichki va 2 ta tashqi bo’laklardan tashkil topgan. Mevasi – tuxumsimon yoki ellipssimon yong’oqcha (3.1-rasm).

May-sentyabr oylarida gullab, meva beradi.


Gulxayridoshlar oilasi

Malvaceae

Gulxayri turukumi

Althea.


Dorivor gulxayri

Althea afficinalis L.


Dorivor gulxayri ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi, asosan, yakka, tik o’suvchi, balandligi 70-150 sm oralig’ida, yulduzchasimon, tuklar bilan qoplangan. Kam shox, bargi oddiy, tuxumsimon, butun yoki 3-5 bo’lakli (ayniqsa, arman gulxayrisida), qalin tukli bo’lib, bandi ketma – ket o’rnashgan. Gullari binafsha, och binafsha, ba’zan oqish rangli, barg qo’ltig’ida to’p – to’p bo’lib o’rnashgan. Gul kosachasidan 1,5 – 2,5 marta uzun. Mevasi yumoloq, ko’p urug’li meva (3.2-rasm).

Iyun – avgustda gullab, iyun – sentyabr oylarida mevasi pishib yetiladi.


Ziradoshlar oilasi

Apiaceae


Arpabodiyon turkumi

Pimpinella l.

Oddiy (anissimon) arpabodiyon

Pimpinella anisum L.






3.1. Rasm Ikki uyli gazanda - Urtica dioica



3.2. Rasm Dorivor gulhayri - Althea afficinalis

Oddiy (anissimon) arpabodiyon bir yillik o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, balandligi 30-60 (70) sm, ko’p qirrali, yuqori qismi shoxlangan. Ildiz bo’g’izidagi va poyasining pastki qismidagi barglari butun, uzun bandli, yumaloq, buyraksimon, tuxumsimon yoki bo’lakli, yirik tishsimon qirrali, poyaning o’rta qismidagilari uzun bandli, uch bo’lakli, arrasimon qirrali, yuqori qismidagilari qinli, 2-5 bo’lakka patsimon qirqilgan yoki nashtarsimon, poyada ketma – ket o’rnashgan. Gullari mayda, ko’rimsiz, oq rangli, murakkab soyabonda o’rnashgan. Soyaboni 7-15 nurli. Mevasi – tuxumsimon yoki teskari noksimon qo’shaloq pista.

May – iyun oylarida gullab, mevasi iyun – iyulda pishib yetiladi.
Zupturumdoshlar oilasi

Plantaginaceae

Zupturum turkumi

Plantago l.

Katta zupturup

Plantago major L.


Katta zupturup ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi shakllanmagan. Ildiz bo’g’izida joylashgan to’pbarglari uzun, ingichka qanotchali, bandli, yaprog’i keng tuxumsimon, tekis qirrali. Gul o’qi bitta yoki bir nechta, tukli, uzunligi 10-40 sm. to’pguli boshoqsimon, uzunligi 4-25 sm. guli mayda, ko’rimsiz, gul bo’laklari 4 tadan. Gultoji och qo’ng’ir rangli ko’sak. (3.3 rasm)

May-sentyabr oylarida gullab, meva beradi.

Ituzumdoshlar oilasi

Solanaceae

Bangidevona turkumi

Datura L


Oddiy bangidevona

Datura stramonium





3.3. Rasm Katta zupturum - Plantago major L.

Oddiy bangidevona bo’yi 120sm ga yetadigan bir yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’sadi, ayrisimon shoxlangan. Barglari oddiy, tuxumsimon, chuqur o’yilgan, uzun bandli, ketma – ket o’rnashgan. Gullari yirik, oq, yakka – yakka o’rnashgan. Mevasi tuxumsimon, ko’r urug’li, qalin tikanlar bilan qoplangan, 4 chanoq bilan ochiladigan ko’sak. (3.4-rasm)


Ituzum turkumi

Solanum


Ituzum

Solanum nigrum L.


Ituzum bir yillik, bo’yi 25-75 sm gacha yetadigan o’t o’simlik. Bargi cho’ziq tuxumsimon yoki tuxumsimon bo’lib, poyada bandi bilan kema-ket joylashgan. Gullari oq, 3-8 tadan birlashgan bo’lib, soyabonsimon yoki shingilsimon-qalqonsimon to’pgulni tashkil etgan. Mevasi – dumaloq sershira, qora rangli ho’l meva.

Iyun oyidan kuzgacha gullaydi. Mevasi iyul oyidan boshlab kech kuzgacha pishadi.

Mingdevona turkumi

Hyoscyamus L.

Qora mingdevona

Hyoscyamus niger L


Qora mingdevona ikki yillik o’t o’simlik. Birinchi yili ildiz bo’g’izi (ildizoldi) to’pbarglari hosil bo’ladi. Ikkinchi yili poya o’sib chiqadi. Poyasi tik o’sadi, sershox balandligi 150sm ga yetadi, tukli. Eng pastki barglari cho’ziq – tuxumsimon, pastsimon bo’lingan, bandli, poyadagilari bandsiz, tuxumsimondan nashtarsimongacha, o’yilgan yoki patsimon bo’lingan.



3.4. Rasm. Oddiy bangidevona - Datura stramonium
Kosachasi voronkasimon, 5 bo’lakli, xira sariq rangli, kosachasidan 2 marta uzun. Mevasi ko’p urug’li, qalpoqchasi orqali ochiladigan ko’zachasimon ko’sakcha. (3.5-rasm)

May oyidan sentyabrgacha gullab, meva beradi (6 rasm).

Karamdoshlar oilasi

Brassicaceae

Xaltal turkumi

Brassica l.

Sarept xantali

Brassica Juncea (L.) Czern.

Sarept xantali bir yillik o’t o’simlik. Poyasi tuksiz, tik o’suvchi, shoxli, balandligi 40-100 sm. Pastki barglari bandli, patsimon qirqilgan, eng yuqorigisi deyarli bandsiz, poyada ketma – ket o’rnashgan, to’pguli shingilsimon. Kosacha va tojbarglari 4 tadan, gultoji sariq. Mevasi 2-5 sm uzunlikda, chiziqsimon, ingichka qo’zoq. Urug’i mayda, yumaloq.
Jag’-jag’ turkumi

Carsella medic.

Oddiy jag’-jag’

Carsella bursa-pastoris Medic.

Oddiy jag’-jag’ ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, oddiy yoki shoxlanuvchi, tukli, balandligi 10-30 sm. Ildizoldi barglari lirasimon, patsimon bo’lingan yoki patsimon qirqilgan, qisqa bardli, poyadagilari cho’ziq, bandsiz, patsimon bo’lingan, yuqoridagilari butun, ketma-ket joylashgan. Gullari poyaning yuqori qismida uzun bandlarda o’rnashib, shingilsimon to’pgul hosil qiladi. Gultoji va kosachasi 4 bo’lakli. Gullari




3.5. Rasm Qora mingdevona - Hyoscyamus niger L

oq rangli. Mevasi teskari yuraksimon-uchburchak, tuksiz qo’zoqchadan iborat (3.6-rasm).

Mart-may oylarida gullab, aprel-iyunda mevasi yetiladi.

Kavardoshlar oilasi

Capparidaceae

Kovul turkumi

Capparis l.

Tikanli kovul

Capparis spinosa L.

Tikanli kovul ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi ko’p, sershox, tikanli, yerda yotib o’suvchi, uzunligi 2,5 m. barglari yumaloq, teskari tuxumsimon yoki ellipssimon. Gullari barg qo’ltig’ida uzun bandlarda o’rnashgan. Gulqo’rg’on bo’laklari 4 tadan. Gultoji oq, to’kilishi oldidan och binafsha rangli. Mevasi teskari tuxumsimon yoki yumaloq-cho’ziq, ko’p urug’li ko’sak. (3.7 rasm)

May-iyunda gullab, mevasi iyul-avgustda pishib yetiladi.

Ko’knordoshlar oilasi

Papaveraceae

Qizg’aldoq turkumi

Roemeria

Qizg’aldoq

Roemeria refracta DC.

Qizg’aldoq bir yillik, bo’yi 8-50 sm gacha yetadigan o’t o’simlik. Poyasi asos qismidan boshlab tarmoqlanib shoxlangan, ba’zan shoxlanmagan bo’ladi, Ildizoldi va poyaning pastki qismidagi barglari bandli, ikki yoki uch marta chiziqsimon yoki tuxumsimon – chiziqsimon bo’laklarga patsimon ajralgan. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, uch bo’lakka qirqirgan. Gulg’unchasi tuxumsimon yoki dumaloq shaklli, tuksiz yoki siyrak dag’al tuklar bilan qoplangan. Gullari yirik, yakka-yakka joylashgan va qizil ranga





3.6. Rasm Oddiy jag’-jag’ - Carsella bursa-pastoris Medic




3.7. Rasm Tikanli kovul - Capparis spinosa L.

bo’yalgan. Gulbargining asos qismida qora dog’lar bo’ladi. Mevasi-ko’p urug’li, dukkak shaklli ko’sakcha.

Aprel-iyun oylarida gullaydi va mevasi pishadi.

O’simlik gullaganda gulbargi yig’iladi. Qizg’aldoq tarkibida alkaloidlar, organik kislotalar, vitamin S, qandlar, oshlovchi, bo’yoq va boshqa birikmalar bor.

Xalq tibbiyotida qizqaldoq gulbargi shirasini oftob urganda ichiladi va shuningdek og’rigan ko’z yuviladi. (3.8 rasm)
Ra’nodoshlar oilasi

Rosaceae


Beshbarg turkumi

Potentilla

Beshbarg

Potentilla repens L.

Beshbarg ko’p yillik, bo’yi 30-100 sm gacha yetadigan o’t o’simlik. Poyasi ingichka, sudralib o’suvchi, tuksiz va siyrak tukli, bo’g’inlaridan ildizlar o’sib chiqadi. Ildizoldi barglari uzun bandli, panjasimon, ko’pincha 5 ta bargchalardan iborat bo’lib, ketma-ket joylashgan. Bargchalari teskari tuxumsimon yoki cho’ziq-teskari tuxumsimon, arrasimon – tishsimon qirrali. Gullari sariq ranga bo’yalgan, yakka-yakka holda uzun bandli bilan barg qo’ltig’iga o’rnashgan. Mevasi – yig’ma pista. (3.9 rasm)

May - avgust oylarida gullaydi va mevasi pishadi.

O’simlik tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitamin S, oshlovchi va boshqa moddalar bor.

Abu Ali ibn Sino beshbarg ildizpoyasining qaynaimasini Tish og’riganda, quymich nervi shamollaganda, o’pka va me’da kasalliklarida ishlatgan. Quritilmagan ildizpoya shirasi bilan jigar kasalligini davolagan. O’simlik bargidan esa isitmalayotgan bemorlarni davolashda foydalangan.






3.8. Rasm. Qizg’aldoq - Roemeria refracta DC.




3.9. Rasm. Beshbarg - Potentilla repens L.

Xalq tibbiyotida ildizpoya yoki o’simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma qon to’xtatuvchi (ichak va me’dadan, to’qqandan so’ngi qon ketishda) dori sifatida hamda og’iz og’riganda og’izni chayishda, me’da-ichak kasalliklarida (ich ketganda) ishlatiladi.


Ro’yandoshlar oilasi

Rubiaceae

Ro’yan turkum

Rubiaceae

Rubia l.

Bo’yoqdor ro’yan

Rubia tinctorum L.
Bo’yoqdor ro’yan ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi,bir nechta, ko’p qirrali, bo’g’imli, yuqori qismi shoxli, ilmoqli dag’al tukli, balandligi 30-100 sm, barglari 4-6 tadan doira hosil qilib o’rnashgan, nashtarsimon, tuxumsimon, ilmoqli dag’al tukli. Gullari mayda, sarg’ish-yashil, barg qo’ltig’idagi yarim soyabonda o’rnashgan. Kosachasi yaxshi rivojlanmagan, gultoji voronkasimon. Mevasi 1-2 urug’li, sharsimon, yetilganda qora rangga kiruvchi ho’l meva.

Iyun-iyulda gullab, iyul-avgustda mevasi pishib yetiladi.

Tuyatovondoshlar oilasi

Zygophyllaceae

Temirtikan turkumi

Tribulus l.

Yerbag’ir temirtikan

Tribulus terrestris L.

Yerbag’ir temirtikan bo’yi 10-60 sm, ba’zan undan ham uzun bo’lgan yer bag’irlab o’sadigan bir yillik o’t o’simlik bir yillik o’t o’simlik. Poyasi asosidan (yerga yaqin qismidan) shoxlangan. Barglari murakkab – juft patsimon. Yaproqchalari 5-7 juft, nashtarsimon yoki cho’ziq. Gullari mayda, sariq, 5 bo’lakli, uzun bandli, barg qo’ltig’ida o’rnashgan. Mevasi 2-4 ta qattiq tikanli uchburchak – ponasimon yong’oqchadan iborat.

Aprel – may oylarida gullab, mevasi iyun – avgustda pishib yetiladi.

Torondoshlar oilasi

Polygonaceae

Otquloq turkumi

Rumex l.


Dorivor otquloq

Rumex confertus Willd.

Dorivor otquloq ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, bo’g’imli, yuqori qismi shoxlangan, balandligi 60-150 sm oralig’ida. Barglari oddiy, butun, ildizoldi va poyaning pastki qismidagisi uzun bandli, uchburchaksimon – tuxumsimon, yuqori qismidagilari tuxumsimon – nashtarsimon, qisqa bandli, ketma-ket o’rnashgan. To’p guli ro’vaksimon. Gullari mayda, ko’rimsiz, gulqo’rg’oni 6 bo’lakli. Mevasi tuxumsimon, uch qirrali, yong’oqcha. (3.10 rasm)

May-iyun oylarida gullab, iyulda meva beradi.


Qushtoron turkumi

Polygonium

Qushtoron

Polygonium aviculare l.


Qushtoron bir yillik o’simlik. Poyasi yerdan ko’tarilib yoki yotib o’sadi, bo’g’inli, balandligi 10-60 sm, shoxlanuvchi. Barglari har xil: keng ellipssimondan chiziqsimongacha. Gulqo’rg’oni oddiy, gullari 1-5 tadan barg



3.10. Rasm. Dorivor otquloq - Rumex confertus Willd

qo’ltiqlaridagi gulbandlarda o’rnashgan. Mevasi tuxumsimon-uchburchak shaklli, qora rangli yong’oqcha.

May-oktyabr oylarida gullab, meva beradi.
Sho’radoshlar oilasi

Chenopodiaceae

Olabuta turkumi

Atriplex


Olabuta

Atriplex tatarica L.

Olabuta sarg’ish-yashil rangli, hidi yoqimli, bir yillik, bo’yi 15-60 sm gacha yetadigan o’t o’simlik. Poyasi shoxlangan va bezli tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Bargi cho’ziq, patsimon bo’lakli, poyada bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari shingilsimon to’pgulni hosil qiladi. Mevasi-yong’oqcha.

Iyul - avgust oylarida gullaydi va mevasi pishadi.

Xushboy olabutaning yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, efir moyi, vitamin S, karotin va fitonsidlar bor.

Xalq tibbiyotida o’simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatma yoki damlama me’da, bosh og’riq (migren), nafas qisishi (astma) va shamollash kasalliklarida hamda yel haydovchi dori sifatida ishlatiladi.


Yalpizdoshlar (Labguldoshlar) oilasi

Lamiacyeas (Labiataye)

Arslonquyruq turkumi

Leonurus l.

Arslonquyruq

Leonurus leonurus l.


Arslonquyruq bo’yi 50 – 150 (200) sm bo’lgan ko’p yillik o’simlik. Poyalari bir nechta, tik o’suvchi, shoxlangan, to’rt qirrali. Barglari oddiy, bandli, tuxumsimon yoki ellipssimon, past va o’rta qismlaridagilari besh, yuqoridagilari uch bo’lakka qirqilgan, poyada qarama – qarshi joylashgan. To’pguli boshoqsimon. Gullari ikki labli, pushti va binafsha rangli. Mevasi 4 ta yong’oqchadan iborat. (3.11 rasm)

Iyun – iyul oylarida gullab, mevasi iyul – avgustda pishib yetiladi (7 rasm).


Yalpiz turkumi

Mentha L


Yalpiz

Mentha piperita L


Yalpiz turlari xushbo’y, ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi to’rt qirrali, tik o’suvchi, shoxlangan va tuklar bilan qoplangan. Bargi lansetsimon yoki cho’ziq arrasimon qirrali, o’tkir uchli, bandsiz yoki qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari poya uchida halqasimon to’pgulni tashkil etgan. Mevasi – tuxumsimon silliq, to’rtta yong’oqcha. (3.12 rasm)

Iyun - avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul-sentyabrda yetiladi.


Qoqio’tdoshlar oilasi

Asteraceae

Sachratqi turkumi

Cichorium

Sachratqi

Cichorium inthybus L.


Sachratqi O’zbekistoning deyarli hamma tumanlaridagi dalalarda, ekinzorlarda, bog’larda tog’ tumanlarda va boshqa yerlarda o’sadi.




3.11. Rasm. Arslonquyruq - Leonurus leonurus l.




3.12. Rasm. Yalpiz - Mentha piperita L

Sachratqi ko’p yillik, bo’yi 30-100 sm gacha yetadigan o’t o’simlik. Oyasi tik o’suvchi, shoxlangan. Ildizoldi to’pbarglari bandli, patsimon qirqilgan. Poyadagi barglari lansetsimon, yirik tishsimon qirrali (yuqori qismidagilari tekis qirrali) bo’lib, poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Gullari havo rang savatgacha to’plangan savatchaga to’plangan. Mevasi – sarg’ish – qo’ng’ir rangli, uchmali pista. (3.13 rasm)

Iyun oyidan boshlab kech kuzgacha gullaydi va mevasi pishadi.
Shuvoq turkumi

Artemisia l.

Achchiq shuvoq

Artemisia absinthium L.


Achchiq shuvoq ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi qisqa va qalin kumush rang tuklar bilan qoplangan, tik o’suvchi, yuqori qismi shoxlangan, balandligi 50-150 sm. Ildizoldi barglari uzun bandli, 3 karra patsimon ajralgan, poyaning o’rta qismlaridagi qisqa bandli, 2 karra patsimon ajralgan, yuqoridagilari bandsiz, patsimon yoki butun, barglari poyada ketma-ket joylashgan. To’pguli ro’vaksimon. Savatchasi sharsimon, eni 2-4 mm, 40-90 gulli, savatchadagi barcha gullari sariq rangda. Mevasi cho’ziqroq, qo’ng’ir rangli pistacha. (3.14 rasm)

May-iyun oylarida gullab, mevasi avgust-sentyabrda pishib yetiladi.


Qoraqiz turkumi

Bidens l.

Uch bo’lakli qoraqiz

Bidens tripartita L.


Uch bo’lakli qoraqiz bir yillik o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, deyarli asosidan shoxlangan, tuksiz yoki siyrak tukli, balandligi 20-60-(80) sm.




3.13. Rasm. Sachratqi - Cichorium inthybus L.





3.14. Rasm. Achchiq shuvoq - Artemisia absinthium L.

Bargi oddiy, uch bo’lakka chuqur qirqilgan, bo’lakchalari nashtarsimon, barg bandi qanotchasimon, qarama-qarshi o’rnashgan. Mevasi cho’ziq, teskari tuxumsimon pista. (3.15 rasm)

Iyun-iyulda gullab, iyul-avgustda mevasi yetiladi.
Qoqio’t turkumi

Taraxacum l.

Dorivor qoqio’t

Taraxacum officinale web.

Dorivor qoqio’t ko’p yillik o’t o’simlik. Poyasi yaxshi rivojlanmagan. Gul o’qi yo’g’on, uzunligi 15-50 sm, ichi kovak. Barglari ildiz oldida (bo’g’zida) joylashgan, qisqa bandli, nashtarsimon yoki cho’ziq-nashtarsimon, patsimon kesilgan, uzunligi 10-25 sm, tukli. Gullari savatchalarda o’rnashgan, savatchasi yirik, diametri 3-4 sm, gul o’qining uchida bittadan o’rnashgan. Gullari sariq rangli. Mevasi uchmali pista (3.16 rasm).

Aprel-may oylarida qiyg’os gullab, mevasi meva hosil qiladi. Ba’zan gullab, meva berish bahordan kuzgacha davom etadi.

Qo’ypechakdoshlar oilasi

Convolvulacyae

Qo’ypechak turkumi

Convolvulus

Qo’ypechak

Convolvulus arvensis L.


Qo’ypechak ko’p yillik, bo’yi 40-100 sm ga yetadigan o’t o’simlik. Poyasi ingichka, sudralib va chirmashib o’suvchi, ko’p qirrali. (3.17 rasm). Bargi nayzasimon bo’lib, poyasi uzun bandi bilan ketma-ket o’rnashgan. Gullari oq yoki pushti




3.15. Rasm. Uch bo’lakli qoraqiz - Bidens tripartita L.




3.16. Rasm. Dorivor qoqio’t - Taraxacum officinale



3.17. Rasm. Qo’ypechak - Convolvulus arvensis L.

rang, voronkasimon, barg qo’ltig’ida uzun bandi bilan joylashgan. Mevasi – keng tuxumsimon, ikki urug’li va ikki chanoqli ko’sak.

May - avgust oylarida gullaydi, mevasi iyun-sentyabrda yetiladi.

O’simlik tarkibida flavonoidlar, kofe kislota, karotin, vitamin S, smoralar va alkaloidlar bor.

Abu Ali ibn Sino qo’ypechak o’simligini astma, o’pka, jigar, taloq, ko’krak og’rig’i kasalliklarni davolashda hamda o’t haydovchi dori sifatida qo’llagan.

Xalq tibbiyotida quritilmagan barg shirasini mol yog’i bilan aralashtirib, o’pka va quloq kasalliklariga davo qilinadi. O’simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatma bilan yaralar, tananing urilab, ko’kargan yeri yuviladi. Bulardan tashqari, qaynatma temiratki va qo’tirga ham davo qilinadi. Barg poroshogi yaralar, jarohatlar ustiga sepiladi.



XULOSALAR
1. Payariq tumani dalalarida tarqalgan dorivor o’simliklarning 17 oila 25 turkum va 25 turga kirishini aniqlandi.
2. Eng ko’p tur Qoqio’tdoshlar (Asteraceae) oilasida (4 tur, 16%), keyingi keyingi o’rinda Ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasida (3 tur, 12%), uchinchi o’rinda Karamdoshlar (Brassicaceae) va Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilalarida (2 turdan, 8%). Hamma qolgan turkumlarda 1 turdan (4%) mavjud.
3. Dorivor o’simliklar hayotiy shakliga ko’ra bir yillik o’tlar (9 tur), ikki yillik o’tlar (1 tur), ko’p yillik o’tlar (15 tur) o’simliklar ekanligi o’rganildi.

TAVSIYALAR
“Payariq tumani dalalarida tarqalgan dorivor o’simliklar va ulardan foydalanish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bo’yicha olingan ma’lumotlar.


  1. Umumta’lim maktablarida, akademik lisey va kasb – hunar kollejlarda botanika darslarida qo’llanma tarjzida tavsiya etish mumkin.




  1. Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va ekologiya boshqarmasi xodimlari uchun targ’ibot va tashviqot ishlarida manba tariqasida foydalanishni tavsiya etish mumkin.




  1. Olingan ma’lumotlar “Yuksak o’simliklar sistematikasi, mahalliy o’simliklar, foydali o’simliklar, dorivor o’simliklar” fanlaridan leksiya va amaliyot darslarida foydalanishni tavsiya etish mumkin.



FOYDALANILGAN ADABAYOTLAR
1. Белолипов М.В., Гостелова Г.Г., Титова О.А. Мир растений Узбекистана Ташкент. Ўқитувчи 1997г, 171с.

2. Бурмистрова А.И., Никитина. Медоносные растения и их пыльца. Москва Росагропромиздат. 1990г, 25,60с.

3. Васильев А.Е. Ботаника. Морфология и анатомия растений. Москва. «Просвящение» 1988.с. 447-461.

4. Вульф Е.В., Мангиева О.Ф. Мировые ресурсы полезных растений Л; 1969г, 84с.

5. Закиров К.З. Флора и растительность бассейна реки Зарафшан г. I Ташкент. 1955г.

6. Закиров К.З. Флора и растительность бассейна реки Зарафшан г. II Ташкент. 1961г.

7. Короткова Е.Е., Хамидходжаева С.А. Атлас ареалов и ресурсов лекарственных растений ССР М. 1976г. 317с.

8. Кудрящов С.П. Флора Узбекистана Ташкент. Изд-ва. АН. Уз. ССР. 1961г. 500с.

9. Коровин Е.П. Растительний покров Средней Азии и Южного Казахстана. Ташкент. Изд-во АН Уз. ССР. 1961г. 2 т. 547 с.

10. Курсанов Л.И., Комарницкий Н.А. Ботаника “Cредная и высшая школа” Уз. ССР. Ташкент 1963г.

11. Ковалевская С.С. Определитель растений Средней Азии. Изд-во АН. Уз. ССР. 300с.

12. Лавренов В.К., Лавренова Г.В. Современная энциклопедия лекарст венных растений. Изд-во Дом «Нева» Санкт-Петербург Москва 2006. 250 с.

13. Мазнев Н.И. Лекарственные растения. Изд-во “Лада” 2006г. 950с.

14. Набиев М.М. Ботаника атлас - луғати Тошкент. “Фан” 1969 й. 250 б.

15. Пратов Ў.П., Набиев М.М. Ўзбекистон юксак ўсимликларининг замонавий тизими “Ўқитувчи” Тошкент 2007 й.

16. Хамидов А., Набиев М., Одилов Г. Ўзбекистон ўсимликларининг аниқлагичи. Тошкент “Ўқитувчи” 1987й. 200 б.

17. Ҳайдаров Ҳ.Қ., Хожиматов Қ.Х. Ўзбекистоннинг ўсимликлари. Тошкент “Ўқитувчи”. 1985й. 12-40 б.

18. Холматов Х.Х., Пратов У.П., Маҳсумов М.Н. Асоратсиз дори – дармонлар “Ўқитувчи” нашриёти. Тошкент 2006. 20 б.

19. Холматов Х.Х., Хабибов З.Х. Ўзбекистоннинг шифобахш ўсимликлари. “Медицина” нашриёти. Тошкент 1976. 145б.

20. Черепанов С.К. Сосудистые растения России и сопредельных государств (в пределах бывшего СССР). СПб, 1995. 991 с.

21. Илмий – оммабоп. Интернет журнал. http://www.iworld.ru

22. Россия кутубхоналари http://www.libs.ru

23. Очиқ электрон кутубхона http://orel.rsl.ru

24. Биология http://www.bio.msu.ru



25. Ўзбекистон Интернет тармоғи http://ziyonet.ru/
Yüklə 301,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin