Universiteti umarov b. M., Norbekova b. Sh. Bolalar psixologiyasi


 L.S.Vigotiskiyning tarixiy madaniy konsepsiyasi haqida



Yüklə 2,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/184
tarix01.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#170981
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   184
Болалар психол Қўлланма 26 03 23 лотинча

3.1.1. L.S.Vigotiskiyning tarixiy madaniy konsepsiyasi haqida 
umumiy tushuncha 
L.S. Vigotskiy (1896-1934) eng mashhur rus psixologi va 
faylasuflaridan biridir. Olim o'z ilmiy qarashlarida ilgari surgan ko'plab 
g'oyalar bevosita bolalarning psixik taraqqiyotiga oiddir. L.S.Vigotskiyning 
oliy psixik funksiyalar shakllanishi haqidagi qonuni bolalar tarbiyasi va 
ta'limini amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. 
Psixolog ilmiy qiziqishlarining markazida bolaning ijtimoiy-madaniy 
taraqqiyoti masalasi turadi. L.S. Vigotskiyning izlanishlari oliy psixik 
funksiyalar, ya'ni ixtiyoriy xotira va diqqat, tafakkur, irodaviy harakatlami 
bevosita miyaning faoliyati bilan tushuntirib bo'lmasligini, ushbu 
funksiyalarning mohiyatini tushunish uchun ularning ildizlarini 
organizmdan tashqaridagi ijtimoiy muhitdan izlash lozimligini ko'rsatdi. 
Aynan L.S. Vigotskiyning ilmiy qarashlari ijtimoiy muhit ahamiyatini 
aniqlashtirishda muhim poydevor bo'lib xizmat qildi. 
3.1.2. L.S.Vigotiskiyning tarixiy madaniy konsepsiyasi oliy psixik, 
fuksiyalarning taraqqiyot manbaalari haqida 
L.S.Vigotskiyning fikricha, muhit oliy psixik funksiyalarning 
taraqqiyot manbaidir. Muhitning taraqqiyotdagi roli yosh o'tishi bilan 
o'zgarib boradi. Shuning uchun muhitni absolyut emas, nisbiy qabul qilish 
kerak. Insonda xulq-atvorning tug'ma shakllari mavjud bo'lmaydi. 
Odamning psixik taraqqiyoti faoliyatning tarixan shakllangan turlari va 
usullarini o'zlashtirish orqali kechadi. Miyaning morfofiziologik 
xususiyatlari va muloqot bola taraqqiyoti uchun sharoit sifatida xizmat 
qiladi. Taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi ta'limdir. 
L.S.Obuxovaning fikricha, L.S. Vigotskiyning katta xizmati shundaki, u 


35 
bolalar psixologiyasi faniga tarixiylik tamoyilini kiritgan. Ushbu tamoyilga 
ko'ra, psixik hodisalar harakatdagi narsa sifatida o'rganilishi lozim.
 
Tarixiy madaniy kontseptsiya - L.S. Vigotskiy tomonidan XXasrning 
20-30 yillarida ishlab chiqilgan inson psixik taraqqiyoti haqidagi 
nazariyadir. Kontseptsiyaning asosiy mazmuni quyidagilardan tashqil 
topgan: mehnat qurolarini ishlatishi tufayli odam tabiatdan ajralib chiqqan. 
Tabiatga ishlov berish uchun odam ushbu qurollardan foydalansa, o'z 
psixikasiga ta'sir ko'rsatish uchun u psixologik qurollarni qo'llaydi. 
Psixologik qurollar belgilardan iboratdir. Ushbu qurollar ixtiyoriy psixik 
funksiyalar - ixtiyoriy diqqat va xotira, mantiqiy fikrlash, irodaviy 
harakatlar va hokazolarning asosini tashqil etadi. Ixtiyorsiz psixik 
funksiyalarni L.S.Vigotskiy natural yoki tuban funksiyalar, deb atagan, 
ixtiyoriy psixik funksiyalar ijtimoiy kelib chiqishga ega, belgilar bilan 
vositalangan, odam tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladigan 
funksiyalardir. Ushu funksiyalr avval boshqa odamlar bilan hamkorlik 
shakli sifatida paydo bo'ladi, so'ngra individuallashib boradi. Psixologik 
qurol - belgilarni ega interiorizatsiya jarayonida amalga oshadi. 
Interiorizatsiya tufayli interpsixologik, munosabatlar intrapsixologik 
turdagi munosabatlarga aylanib boradi. Bu jarayon katta odamning tarixiy 
taraqqiyot davomida shakllangan madaniy belgilar - vositalar yordamida 
ta'sir ko'rsatishi bilan boshlanadi. Keyinchalik bola atrof olamga 
(o'yinchoqlarga, hayvonlarga, bolalarga, kattalarga) ushbu belgilar bilan 
ta'sir ko'rsata boshlaydi. Shundan keyingina unda o'z-o'ziga ta'sir 
ko'rsatish qobiliyati shakllanadi. 
Bolaning tarbiya yoki o'quv faoliyatida orqada qolishi psixologik 
qurollarni o'zlashtirmaganlik natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishda 
ketma-ketlikni buzishi xotirasining zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni 
amalga oshirish uchun zarur bo'lgan psixologik qurollarni egallamaganligi 
tufaylidir. Shunday qurol sifatida, bolaga kiyimlarni to'g'ri ketma-ketlikda 
kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin. 
Madaniy-tarixiy kontseptsiyanmg muhim g'oyalaridan biri 
rivojlanishning eng yaqin zonasi haqidagi nazariy qarashdan iborat. 
Rivojlanishning eng yaqin zonasi - bola rivojlanishining ayni vaqtdagi 
darajasi bilan kelajakda erishish mumkin bolgan taxminiy darajasi 
o'rtasidagi vaqtinchalik masofadan iborat. Bu zonaga 
е
tilmagan, ammo 
е
tilish jarayonida bolgan funksiyalar kiradi. Bolaning aktual rivojlanish 
darajasi uning bugungi kundagi taraqqiyot darajasini, bola rivojlanishining 
eng yaqin zonasi ertangi kunda bola o'z taraqqiyotida erishishi mumkin 
bo'lgan taraqqiyot darajasini ifodalaydi. Rivojlanishning eng yaqin zonasini 
bola katta odam yordami bilan bajara oladigan vazifalar darajasi belgilaydi. 


36 
Agar bola o'zi uchun qiyin bo'lgan vazifani katta odam yordami bilan bajara 
olsa, bu vazifa bola rivojlanishining eng yaqin zonasida joylashgan bo'ladi. 
L.S.Vigotskiyning fikricha, psixik taraqqiyotning harakatlantiruvchi 
kuchi ta'limdir. Ta'lim psixik taraqqiyotni o'z ortidan tortadi va uni 
tezlashtiradi. U kutilgan natijani berishi uchun taraqqiyotdan oldin bo'lishi, 
ya'ni rivojlanishning eng yaqin zonasiga mo'ljal olishi lozim. 

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin