O‘yinchoqlar bir necha turga bo‘linadi:
1.Hayotiy o‘yinchoqlar
-
qo‘g‘irchoqlar, hayvonlar oilasi, qo‘g‘irchoqlar
uyi, mebellar, idish-tovoqlar, mashinalar, qa yiqlar, kassa, tarozi, telefon,
tibbiyot va sartaroshlik asboblari, soat, kir yuvish mashinasi, gaz plita,
televizor, doska, bo‘r, musiqa asboblari, temiryo‘l va boshqalar.
2.Boladagi agressiya (g‘azab)ni chiqarib yuborishga
yordam beruvchi
o‘yinchoqlar
-
askarlar to‘plami, miltiq, pisto let, qilich, «yostiq»lar, yovvoyi
hayvonlar, rezina o‘yinchoqlar, arqon, bolg‘acha va boshqa asboblar.
150
3. Ijodiy fikrlashga, fantaziyani rivojlantirishga qaratilgan o‘yinchoqlar
- kubiklar, m
atryoshka, piramida, loto, lego, mozaika, stol o‘yinlari, qirqma
rasmlar, qo‘l ishi, tikuvchilik to‘plami, mato parchalari, rangli qog‘ozlar va h.k.
O‘yinchoq bolaning birgalashib o‘ynovchi hamrohiga aylanadi. Bola
atrofdagi hamm
a narsalardan o‘ziga eng ya
qin va qiziqarli hisoblangan
o‘yinchoqni yaxshi ko‘radi. Bu ajablanarli narsa emas. Agar biz bolaning
o‘yinchoq bilan o‘ynashiga nazar solsak, bola o‘yin vaqtida har qanday
o‘yinchoqni (qo‘g‘irchoqmi, otmi, ayiqmi baribir) xayoliy tarz
da tiriltirib,
uni
ng bilan gaplashib, birga o‘ynaydi. Mabodo o‘yinchoq bo‘lmasa, bola oddiy
bir cho‘pni ham biron narsaga otga yoki qo‘g‘irchoqqa aylantirib, zo‘r
ishtiyoq bilan bemalol o‘ynayveradi. Har qanday o‘yinchoq bolaning
hissiyotlarini qitiqlab, ehtiyojlarini qondirib, ijodiy kuchlarini ishga soladi va,
binobarin, yangi hissiyotlarini yangi qiziqish va talablarini yuzaga keltiradi.
Bu jihatdan o‘yinchoqning bola shaxsiy xislatlarini tarbiyalashdagi o‘rni
kattadir.
Bolalar o‘yinchog‘i katta yoshdagi kishilarning qanday o‘yinchoqni
yoqtirish-yoqtirmasligiga qarab hal qilinmaydi, balki bolaga qanday
o‘yinchoq yoqishi va zarurligi nuqtayi nazaridan hal qilinishi zarur. Muhimi
-
qaysi yoshdagi bolaga qanday o‘yinchoq kerakligini bilishdir. Bolalarga
hamm
a narsadan ko‘ra o‘yinchoq zarur. Bolalarga o‘yinchoq berishda
ularning yosh xususiyatlarini, taraqqiyot darajalarini, layoqatini va ayni
vaqtda, ularni ko‘proq nimalar qiziqtirishini hisobga olish kerak.
Bir yoshli bolalarning asosiy ehtiyojlari ona va uning mehri bo‘lgani
sababli ularga beriladigan o‘yinchoqlar ham yoqimli va
yumshoq bo‘lishi
lozim. Bu yoshda eng yaxshi o‘yinchoq bola tishlay oladigan o‘yinchoqdir.
O‘yinchoqlar asosan plastmassadan, yorqin rangda ovozli bo‘lishi bolaning
sensor taraqqiyotiga yordam beradi. 1 yoshli bolaga 3-4 halqali piramidalar,
turli kattalikdagi tarelkalar bir-birining ichiga kiradigan rangli kubiklar
berish foydalidir. Bunday o‘yinchoqlar bilan harakat qilish bola intellektini
o‘stiribgina qolmay unda quvonch va qoniqish hissini hosil
qiladi. Bola
o‘yinchoqni xuddi kattalardek taxlay olganidan quvonadi.
Bu yoshda tik turadigan qo‘g‘irchoq ham berish kerak.
Ikki yoshli bolaga katta rangli koptok, 7-8 tali piramida, yumshoq
o‘yinchoqlar berish kerak. Bola ularni o‘g‘ziga sololmaydi, lekin
ular bilan
osongina birga uxlaydi. Katta plastmassa mashina yoki quticha bola o‘ynab
bo‘lgach o‘z o‘yinchoqlarini solishi uchungina emas, bolada tartiblilik,
mustaqillik odatlarini hosil qilish uchun muhimdir. Bu yoshda bolaning
shaxsiy o‘ynash joyi, o‘yinchoqlar saqlanadigan joyi bo‘lishi lozim. Uch yoshli
bolaning o‘yinchoqlari qatoriga qurish, yasash o‘yinchoqlari, «Kinder
-
syurpriz» kabilarni berish mumkin. Bola kattalar bilan birga yasab, ulardan
turli shakllar hosil qilar ekan bolada analiz-sintez kabi tafakkur
151
operatsiyalari shakllanadi. Bu yoshdagi bolalar katta ayiq, kat
ta qo‘g‘irchoqni
talab qiladilar. Yana hayotiy o‘yinchoqlar asliga o‘xshash bo‘lishini talab
qiladilar. Masalan, limuzin mashinasi albatta qora bo‘lishi kerak.
Kichik guruh
bolalari hali hayot tajribalari kam bo‘lganligi uchun tashqi
muhit bilan yaxshi tanish bo‘lmaydilar. Ularga hali narsalarning rangini,
hajmini ajrata olishga o‘rgatuvchi o‘yinchoqlar zarur. Shuning uchun ularga
qo‘g‘irchoq, yumshoq o‘yinchoq bilan birga h
ar xil rangli matolar ham berishi
kerak. O‘z qo‘girchoqlarini har xil rangli matolarga o‘rab, o‘ynaydilar.
Bolalarga beriladigan qo‘g‘irchoq chiroyli va sinmaydigan bo‘lishi juda
muhimdir (ularga ko‘proq plastmassadan yoki rezinadan qilingan
qo‘g‘irchoq berish kerak. Ular qo‘g‘irchoqni kiyintiradilar,
е
chintiradilar,
cho‘miltiradilar va hokazo). Kichik guruh bolalari qo‘g‘irchoqlarni
yuvintirayotganlarida uning qanday materialdan qilinganiga ahamiyat
bermaydilar. Shuning uchun ularga pishiq yasalgan, tezda buzilmaydigan
qo‘g‘irchoqlarni berish kerak. Nozik qo‘g‘irchoqlarni katta guruh bolalariga
berish mumkin.
O‘g‘il bolalarga esa har xil rangdagi bir
-
birining ichiga sig‘adigan
quticha, piramida kabi o‘yinchoqlarni berish foydalidir. Kichik guruh
bolalariga
o‘ynash uchun fil, yo‘lbars, bo‘ri, jirafa kabi o‘yinchoq
-hayvonlarni
berish yaramaydi. Chunki bu yoshdagi bolalar hali bunday yovvoyi va
yirtqich hayvonlar bi
lan tanish emaslar. Ularga yaxshisi o‘zlari kundalik
hayotlarida kuzatgan va kuzatishlari mumki
n bo‘lgan tanish hayvonlarning
obrazlarini ifodalovchi o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiqdir. Masalan,
ot, qo‘y, it, sigir, echki, mushuk kabi.
O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalari o‘yinchoqlar bilan
o‘ynaganlarida ham guruh bo‘lib o‘ynashni yoqtir
adilar. Chunki ularni kichik
guruh bolalari kabi ayrim narsalar emas, balki atroflaridagi eng yaqin
odamlarning onasi, otasi, tarbiyachisi, mudira kabilarning qanday ishlar
bilan mashg‘ul bo‘layotganliklari ko‘proq qiziqtiradi. Binobarin, ular
o‘zlarining o‘yinlarida hattoki, o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydigan o‘yinlarida
ham kattalarning turli faoliyatlarini taqlidan takrorlaydilar. Shuning uchun
bu yoshdagi bolalarga mazmunlirolli o‘yinlarga, uy
-
ro‘zg‘or ishlariga, mehnat
qurollariga doir o‘yinchoqlarni beris
h maqsadga muvofiqdir. Bu yoshda
xayol taraqqiy eta boradi. Qalam -
sehrli cho‘pga, burglar
-
pulga, qog‘ozga
chizilgan naqsh -
qo‘g‘irchoqlar gilamiga aylanadi. Masalan, 4 yoshli bolalar
o‘yini kuzatilganda Habiba lego larni bir idishga solib qoshiq bilan
aralashtirib bo‘tqa tayyorlab, qog‘ozga chizib singlisini ovqatlantirgan.
Shuning uchun bu yoshdagi bolalar o‘yinchoq talab qilavermaydilar, balki o‘z
qo‘llari bilan o‘yinchoq yaratishni xohlaydilar. 5 yoshli bolalar katta hajmdagi
o‘yinchoqlarni o‘ynamay
qo‘yadilar. Hayvonlar to‘plami, oila qo‘g‘irchoqlari,
soldatchalar bilan turli ko‘rinishgadi o‘yinlarni o‘ylab topadilar. Bunday
152
o‘yinlar boladagi xayol, idrokning rivojlanayotganini, konkret tafakkurdan
ijodiy fikrlashga o‘tayotganini ko‘rsatadi, bolanin
g emotsional hayotini
boyitadi.
Tayyorlov guruhi bolalari qurish-
yasash, mayda bo‘laklardan turli
samolyot, kemalar, mashinalar hosil qilishni, turli stol o‘yinlarini, yig‘iladigan
robotlarni, ovozli, yig‘laydigan chaqaloq qo‘g‘irchoqlarni, tikish va to‘qi
sh
asboblarini talab qiladilar. O‘z qo‘llari bilan birorta narsa yasab kimgadir
sovg‘a qilishni istaydilar. Shuning uchun bolaning narsa yasashga bo‘lgan har
qanday istagini qondirish, ehtiyoji va qiziqishini quvvatlash lozim. Bu yoshda
o‘yinchoqlar magazini ikkinchi darajali bo‘lib qoladi. Bolalar endi ko‘proq
o‘quv qurollariga qiziqadilar. Demak, bu vaqtda avvalgi o‘yinchoqlar bolaga
kerak bo‘lmay qoladi. Lekin hech qachon bola o‘ynamay qo‘ygan
o‘yinchoqlarni bolaning ko‘z o‘ngida axlatga tashlab yubor
ish kerak emas.
Chun
ki, har bir o‘yinchoq bolaning xotirasi, his
-
tuyg‘ulari, tashvish
-u
quvonchlari bilan bog‘liq. Yaxshisi uni kimgadir yoki maktabgacha ta’lim
muassasasiga berib yuborish mumkin. Maktab yoshiga kelib bolalar
o‘yinchoqlarsiz ham o‘yinlar
tashkil qila oladilar.
Umuman maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida ularning
taraqqiyotlari uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘yinchoqlar
masalasiga tarbiyachilar ham, ota-
onalar ham jiddiy e’tibor bilan qarashlari
kerak.
31
Dostları ilə paylaş: |