University of business and science nodavlat oliy ta



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix26.06.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#135111
1   2
Abdurauf Fitratning “Oila” asari

 
 
 
 
 
 


Oila asari haqida
 
«Oila» asarida oilaviy xayotning islohotidan bahs yuritilib, 
adib najot yo‘llarini axtaradi. Fitratning oilaga nisbatan 
qarashlari zaminini Qur'onda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan 
fikr va g‘oyalar tashkil etadi. Shuning uchun xam bu kitob o‘z 
vaqtida taraqqiyparvar yoshlar tomonidan samimiy qarshi 
olingan. Oila asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni 
to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh 
qilish, uning rivojini tarqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas. 
Oxir oqibatda millat taqdiri uning oilasining xolatiga bog‘liq. Bu 
g‘oya Fitrat asarida o‘z ifodasini topgan: “Xar bir millatning 
saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va 
totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik anashu millat 
oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli 
intizomga tayansa, mamlakat va millat xam shuncha kuchli va 
muazzam bo‘ladi.” Oila, Fitratninng talqinida, uch muhim 
komponentdan iborat: 
1)Er. 
2)Xotin. 
3)Farzandlar. 
Anashu uch komponentning xar biri nozik, spesefik 
jihatlarga ega. Chunki, er va xotin uchun oila qurish asosiy 


muammo bo‘lishi bilan birga, bu masala o‘zining muxim 
qirralariga xam ega. Fitrat oilaning xuquqiy asoslarini yoritib, 
berishdan avval, masalaning g‘oyat muhim tomonlarini xam 
yodda saqlaydi. Xayotning farzandlar shaklida davom etishi, 
Fitrat nazarida, faqat oila emas, balki millatning xam kuch-
qudratini, sha'n-shavkatini bildiruvchi omildir: “Masalan, 
Belgiyaliklar va inglizlarni olib ko‘raylik, xar ikkala millat 
a'zolari ishchan va xarakatchandir. Lekin ko‘z oldimizga ularni 
keltirib, muxokama qilsak, ko‘ramizki, ingliz millati belgiya 
xalqidan yuz barobar ko‘proq kuch va shavkati e'tiborga egadir. 
Qizig‘i shundaki, ingliz va belgiyalik millatlar o‘rtasida ilmu-
amal va sa'y xarakatda farq yo‘q.Unda shavkatu shon va izzat 
bobida shuncha farq qaerdan? Bu savolning javobini xar ikkala 
millatning umumiy sonidan topsa bo‘ladi, ya'ni ingliz milatining 
axolisi 44 ming, belgiyaliklar esa 7,5 mingga yetadi. Shuning 
uchun xam ingliz millatining umumiy sa'y-xarakati va amali 
belgiyalikning sa'y-xarakati va amalidan bir necha marotaba 
unumlidir. Ingliz millatining kuchi va izzati, e'tibori xam ana shu 
sa'y va amallarinning natijasidir. Shundan kelib chiqib, Ovropa 
xukmdorlari o‘z millatlarining sonini ko‘paytirishga xarakat 
qiladilar. Ovropa olimi o‘z xalqining nufuziga putur yetsa,: “Ey! 
Mamlakatimizning sharafi va e'tibori qolmayapti, Millatimiz 


nest-nobud bo‘ladi. Sharafimizni, vatan va millatimizni himoya 
qilish uchun farzand yetishtiringiz,”- deya dod soladi”. 
Ko‘ramizki, oila va farzand masalasi erkak yo ayolning 
xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona xayotining 
davomi balki ayni paytda millatning xam, iqtidori, obro‘ va 
e'tiborini belgilaydigan zanjir xalqasidir. Millat esa vatan, 
mamlakatning yuragi, demak, millat son jihatidan qanchalik ko‘p 
bo‘lsa u yashayotgan vatanining xam kuch-kudrati shu qadar 
ziyod bulishi tabiiy. 
Oila masalasi: 
1) Millat. 
2) Mamlakat. 
3) Kishilik jamiyati, 
degan uchlikni ta'minlab turuvchi muxim bir xalqadir. 
Fitrat talqinida son, miqdor sifat degani emas, xalqning soni 
ko‘p bo‘lishi, ammo uni tashkil etuvchi kishilar ishyoqmas, 
tebsa-tabranmas kishilar xam bo‘lishi mumkin.O‘z saodati, 
kelajagi, yaxshi yashashi, osuda xayot egasi bo‘lishlik o‘sha 
millat kishisining xarakatchanligiga xam bog‘liqligini aytadi.” 
Qaysi millatning nomoyondalari g‘ayratli, shijoatli bo‘lsalar, 
qo‘l oyog‘i kuchli va chaqqon, xamma a'zolari sog‘ va faol izzat 


va e'tibor soxibi bo‘ladilar” deya ta'kidlab o‘tadi. Fitrat 
millatning sifati uning miqdori bilan xam bog‘liq tomonlarini 
anglatgan. Buning uchun qayg‘urgan xam. Oilada millatning 
qadri va sha'nini belgilovchi xarakatlar, avvalo er va xotinning 
iffat, diyonati bilan bog‘liq ekanini xayotiy misollar bilan 
anglatadi. 
Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o‘zlikni 
anglash haqidagi g‘oyalari asosan o‘zining “Oila yoki oila 
boshqarish tartiblari” nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914 
yilda yozilgan. “Oila” asari o‘sha davr shiddatini o‘zida 
mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli 
uslub bilan yozilgan. Sababi, o‘sha davr shiddati qaysidir 
ma'noda badiiy asarlarga ham ko‘chgandi. “Oila” asarida ham 
tanqidiy ruh, ham da'vat ruhi kuchli. Fitrat ona Turkistonni ozod 
ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, 
a'mol va erk o‘chog‘i bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir yangi oilani 
ana shu tartibda qurishga da'vat etadi. Har jihatdan sog‘lom 
bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka 
ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: “Bu dunyo 
kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, 
aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib 


chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat 
va na rohat bor…”, — deydi alam bilan Fitrat. 
Darhaqiqat, 
davlatimiz 
kelajagi 
ham, 
rivojlangan 
mamlakatlar orasida tutgan mavqei va salohiyati ham, 
dunyoqarashi, bilimi, aql-zakovati, Vatan, jamiyat va oila 
oldidagi burchi va mas'uliyatini teran anglashi, bugungi avlodga 
bog‘liqdir. Zero bilim va kasb-hunarga qiziqish, ota-onaga 
xurmat, do‘stga sadoqat, mehr-shafqat, halollik va poklik kabi 
axloqiy fazilatlar oilada shakllanadi va sayqal topadi.
Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” 
asari oilaning paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi o‘rni va 
ahamiyati, oilada amal qilinadigan ichki tartib va qoidalarga 
bag‘ishlangan. Ayniqsa, asarning “Uylanish yoki uylanmaslik 
xususida”, “Qalin (puli) va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi 
haqida”, “Er-xotinning qanday yashamoqliklari xususida”, 
“Oilaning maishati va idorasi” qismlarida bu masalalar xususida 
atroflicha fikr yuritilgan. 
Abdurauf Fitrat ushbu asarida har bir yangi oila uchun 
qo‘llanma vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan masalalarni 
yoritadi. U vatanparvarlik va millatparvarlik tamoyillaridan kelib 
chiqib, kitobning birinchi qismiga, ma'lum ma'noda me'yoriy 
dasturilamal tarzida tartib beradi. Undan har bir yangi oila 


qurmoqchi bo‘lgan turkistonlik kichik hajmdagi axloqiy-
maishiy, gigienik-salomatlik qomusi sifatida foydalanishi 
mumkin edi. Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, 
tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha bo‘lgan holatlarning 
axloqiy asoslari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tadi. Bu jihatlarni 
o‘sha davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak juda ijobiy jihat 
hisoblanadi. Chunki, bu davrda Turkistonda xali medisina 
unchalik rivojlanmagan, kishilarning turmush madaniyati ham u 
qadar yuqori emas edi. Fitrat ko‘plab xorijiy davlatlarda 
bo‘lganligi sababli, u yerdagi ijobiy, o‘rganish zarur bo‘lgan, 
turmush tarziga oid juda ko‘p tajriba ortirgan edi. 
Er-xotin va farzandlardan iborat, bir shaxs boshchiligida, 
birga yashovchilar, Fitratning fikricha, oilani tashkil etadi. 
Asarda har bir oila manfaatini ximoya qilish maqsadida turli 
qonunlar ishlab chiqilgani, ular «manzil tadbir» (ro‘zg‘or 
tebratish tadbiri) deb atalgani ta'kidlanadi. Shu ma'noda, 
muayyan mamlakat aholisi axloqsizlik oqibatida oilaviy 
munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l 
bersa, shu millatning saodati ham, hayoti ham shubha ostida 
qoladi. 
Oilada ayollarga munosabat haqida to‘xtalib, Fitrat quyidagi 
rivoyatni keltiradi: “Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy 
alayhissalom dedilar: “Eng komil mo‘minlar xushhulq va oilasi 


bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O‘z xotinlariga 
mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik”. Fitrat 
nazarida mamlakat taqdiri va istiqboli barkamol farzandlarni 
tarbiyalash bilangina belgilanmaydi. Mazkur asarda millatning 
ma'rifatparvarligi ayollarga bo‘lgan munosabatda ham yorqin 
namoyon bo‘lishi qayta-qayta ta'kidlangan. 
Kitobning ikkinchi qismi farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan. 
Fitrat ham tarbiyani an'anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jismoniy 
tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya 
uyg‘unligida haqiqiy inson kamol topadi, deb hisoblaydi muallif. 
Kitobning bu qismida Fitrat, ma'lum ma'noda, o‘ziga xos axloqiy 
tarbiya nazariyasini taqdim qiladi. U ixtiyor erkinligi 
muammosini mayl tushunchasi orqali o‘rtaga tashlaydi: baxt 
mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga mehr-muhabbat 
mayli va h.k. Bularning hammasida ham insonni jamiyat a'zosi 
sifatida, ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u 
izzat-nafs, ayniqsa, iroda masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. 
“Iroda va ixtiyor” sarlavhasi ostidagi kichik bobda Fitrat 
farzandni irodali qilib tarbiyalashga da'vat etadi, iroda 
tarbiyasining to‘rt banddan iborat qoida-bos-qichlarini taklif 
etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota-onaning zo‘ri emas, 
balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik muhim ekanini 
ta'kidlaydi. “Ota-onalarning haq-huquqlari” bobida ham 


balog‘atga yetgan farzandning erkinlik darajasi haqida fikr 
yuritiladi. 
Muallif millat taqdirini, uning baxt-saodatini jamiyatdagi 
oilaviy munosabatlar kamoli bilan bog‘laydi. Uning fikriga 
ko‘ra, dunyoda izzat va saodat tolibi bo‘lmagan birorta qavm 
yo‘q. Qaerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, 
mamlakat va millat ham shunchalik kuchli va mustahkam 
bo‘ladi. Fitrat millat kamchiligi sifatida iqtisodiy savodsizlikni 
keltiradi. Masalan, “Qalin (puli) va to‘y qanday bo‘lishi lozimligi 
haqida” deb nomlangan bobida bizning odamlar butun umr 
yiqqan mol-dunyosini bir kunlik to‘yga sarflashini, qaerdagi 
bemaza 
orzu-havaslarga 
berilib isrofgarchiliklarga yo‘l 
qo‘yishini qattiq tanqid qiladi. Mutafakkir to‘yni kichik davrada 
isrofgarchiliksiz o‘tkazib, undan qolgan mablag‘ni yoshlarni ilm 
olishlariga, sog‘liklarga sarflashlarini ta'kidlaydi. E'tibor berib 
qaraydigan bo‘lsak, Fitaratning ushbu fikrlari xali ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmagan. Sababi, bugun ham jamiyatimizda 
bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga ko‘p pul 
sarflayotgan kimsalar xali ham mavjud. Iqtisodiy savodsizlik 
ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishini ham muallif 
alohida ta'kidlaydi. Masalan, hamma pul to‘yga sarflangandan 
keyin yosh oilalar ro‘zg‘or tebratishga qiynaladi. Qarz-xavola 


qilib o‘tkazilgan to‘yni qarzlari to‘lanadimi yoki ro‘zg‘or 
tebratiladimi. Bu kabi muammolar bugun ham yo‘q emas. 
Umuman olganda, Fitratning “Oila” asari tom ma'noda yosh 
avlod uchun hayotiy qo‘llanma bo‘luvchi tarbiyaviy asardir. 
Lekin unda pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov 
uslubi ustun. Fitrat uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik 
bilan mustahkam bog‘liq. Turkiston va turkistonlikni ozod 
ko‘rish, ya'ni milliy mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga 
singdirib yuborilgan. Uni o‘qigan kishi nafaqat axloqiy fazilatlar 
nimalardan iborat va ularga qanday erishish kerakligini, balki 
milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nima-yu, uni qanday qilib qo‘lga 
kiritish mumkinligini anglab oladi. Shu bois mutafakkir-jadid 
Abdurauf Fitratning “Oila” asari Turkiston milliy Uyg‘onishida 
benihoya katta rol o‘ynadi, deyish mumkin. Ayni paytda u hozir 
ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan ajoyib axloqiy-ma'rifiy risola 
sifatida alohida e'tiborga molik. 
Fitratning axloqiy qarashlarining dolzarbligi shundaki u o‘z 
davrini axloqiy hayotini o‘zgartirmoqchi va insonlarni o‘z 
davrining milliy ozodlik g‘oyasiga chorlaydi. Uning bizga 
qoldirgan merosi chinakamiga bizning amaliy faoliyatimizga 
to‘g‘ri keladigan axloqiy ongimizni, o‘zimizni tutishimiz, xatti-
harakatlarimiz, muomala odoblarimizni yaxshilash va boyitishga 
katta xissa qo‘shadi. Fitratnig “Oila” asari o‘z davrining va 


bugungi kun insoniyatining ma'naviy dunyosini boyitishda katta 
rol o‘ynaydi. 
Xulosa 
Eʼtibor berib qaraydigan boʼlsak, Fitaratning ushbu fikrlari 
xali ham oʼz ahamiyatini yoʼqotmagan. Sababi, bugun ham 
jamiyatimizda bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga 
koʼp pul sarflayotgan kimsalar xali ham mavjud. Iqtisodiy 
savodsizlik koʼplab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishini 
ham muallif alohida taʼkidlaydi. Masalan, hamma pul toʼyga 
sarflangandan keyin yosh oilalar roʼzgʼor tebratishga qiynaladi. 
Qarz-xavola qilib oʼtkazilgan toʼyni qarzlari toʼlanadimi yoki 
roʼzgʼor tebratiladimi. Bu kabi muammolar bugun ham yoʼq 
emas. 


Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Abdurauf Fitrat: «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» 
Nashriyot: «Cho`lpon» nashriyoti 
2. Ziyonet 
3. Fayllar 
4. Internet saytlar 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin